1. Kirish Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida



Yüklə 31,8 Kb.
tarix10.11.2022
ölçüsü31,8 Kb.
#68290
Aga


TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
REJA:
1.Kirish
2. Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida.
3. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi.
4. “Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari Sharq va G‘arb madaniyatlarining o‘zaro bir-biriga ta’siri.
5. Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati.
6.Xulosa


Jamiyat fanga ma’lum tizimlar orasida eng murakkabi bo‘lib, uni o‘rganish jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Jamiyat hayoti juda faol bo‘lib, har bir xalq o‘zining alohida, betakror tarixiga ega. Jamiyat hayotining barcha jarayonlari bir-biri bilan shu darajada uzviy bog‘liqki, ba’zan turli vaziyatlarda belgilovchi va belgilanuvchi jarayonlar o‘rin almashadi. Tarixiy jarayonda tasodiflar va sub’ektiv omil ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. Muayyan fanlardan farqli o‘laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini o‘rganishdan iborat. Falsafa, muayyan hodisalarning sabablari nimada, degan savolga javob topish vazifasini o‘z oldiga qo‘ymasa-da, tarix fanining metodologik asoslarini yaratadi, mazkur sabablarni aniqlashga nisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U dunyoqarashga doir o‘z mo‘ljallariga tayanadi, ijtimoiy va gumanitar fanlarning kategoriyalar apparatini ishlab chiqishda ishtirok etadi. O‘z kategoriyalarining ijtimoiy mazmunini yoritar ekan, falsafa shunga asoslanib, muayyan-tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni amalga oshiradi. Tarix falsafasining muammolaridan biri bu tarixiy jarayonning birligi muammosi va tarixni davriylashtirish tamoyillarini belgilashdir. Falsafaning vazifasi jamiyat hayotining asosiy negizlarini, uning tizim tashkil etadigan omillarini aniqlashdan iborat. Tarix falsafasida dunyoqarashga doir mo‘ljallarining rang-barangligi bilan ajralib turadigan ko‘plab oqimlar va yo‘nalishlar mavjud bo‘lgan. Shu sababli har bir faylasuf, odatda, o‘z mo‘ljallariga amal qiladi, nafaqat dunyoni, balki jamiyatni ham o‘ziga xos tarzda tushuntiradi. Madaniy-tarixiy tiplar g‘oyasi. XIX asrda madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi vujudga kelgan bo‘lsa-da, aslida bu haqdagi dastlabki qarashlar Forobiy ijodiga mansub. Forobiy insonlar jamiyatini ikki madaniy-tarixiy tiplarga ajratadi. Birinchisi to‘liq jamiyat bo‘lib, u o‘zida a) Yer yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat, b) Yerning muayyan qismida yashovchi bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o‘rta jamiyati v) muayyan qavm yoki dinga mansub bir shahar jamiyatini qamrab oladi. Ikkinchisi bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo‘lgan to‘liqsiz jamiyat25. Forobiy fikricha, «Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo‘lga kiritish mumkin. To‘liqsiz jamiyatlar 25 Farobiy. Fozil shahar aholisi. –Т.: «Шарқ», 2016 y. 82–83-b. 2 O’sha asar : 69-б. 7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 105 insonni takomillashtirishga qobil emaslar»2 . Forobiyning bu fikrlari Platon va Aristotelning jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u jamiyatdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan. Jamiyatni to‘liq va to‘liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to‘liq jamiyatning birinchi bosqichidir deb e’tirof etadi. Platon va Aristotel esa to‘liq jamiyatni shahar bilan chegaralaganlar va shahar insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt saodatning bosh markazi deb ta’kidlaganlar. Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr yuritib, uning xukmdori qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig‘i emas, balki butun madaniy dunyodir deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi. Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya. Hozirgi zamon jamiyati o‘ta murakkab va faol ijtimoiy tizimdir. Umuman olganda, uni quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan jamiyat sifatida tavsiflash mumkin: • u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang‘ich g‘oyani o‘zida mujassamlashtirmaydi, jamiyatning barcha a’zolari uchun muqarrar bo‘lgan olamshumul maqsadga ega bo‘lmaydi; • u o‘z hayotining barcha tomonlarini yagona markazdan nazorat qilmaydi; • unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va yagona markazga bo‘ysunish hisobiga emas, balki xulq-atvor umumiy qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi; • mazkur jamiyatning iqtisodiy asosi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik, markazlashtirishdan chiqarilgan bozor tizimi va raqobatdir; • uning individlari erkin va mustaqil bo‘lib, qonun bilan muhofaza etiladigan shaxsiy hayot sohasiga egadirlar, bu hayot doirasida ular o‘zlari istagan har qanday qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilishga haqlidirlar; • individlar shak-shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar va erkinliklarga, shu jumladan fikrlash va so‘z erkinligi, uyushmalar va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan boshqa joyga ko‘chib yurish erkinligi, o‘zi istiqomat qiladigan mamlakatni tanlash erkinligiga egadirlar; • bu ko‘ppartiyaviy jamiyat bo‘lib, unda siyosiy partiyalar hech qanday bevosita ommaviyhokimiyat vakolatlariga ega emaslar; • davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning vakillik organlari aholi tomonidan saylanadi; • hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-biridan ajratilgan. Zamonaviy jamiyatning umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy o‘rinni egallaydi: fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, ko‘ppartiyaviylik, demokratiya, hokimiyatning bo‘linishi, xususiy mulk, bozor, shaxs erkinligi va suvereniteti. Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan qonunlar bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui. Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona mafkura va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi.Kishilarning rang-barang manfaatlari, ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‘yobga chiqariladi, bunga erishish uchun ular davlat oldida hisobdor bo‘lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar. Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish ancha qiyin ish. Chunonchi, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25 mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat fuqarosi hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to‘g‘ri keladi. XIX asr fransuz sotsiologi A.de Tokvil Amerikada demokratiyani qo‘llab- quvvatlovchi ijtimoiy sharoitlar to‘g‘risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy tashkilotlar tuzishga bo‘lgan moyilligiga alohida e’tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqe va qiziqishlarga ega bo‘lgan amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar. Bular tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan, amerikaliklarning barchasi ishtirok etadigan birlashmalargina emas, balki boshqa xil turdagi minglab birlashmalar: diniy-ma’naviy 7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 106 uyushmalar, jiddiy va ahamiyatsiz, ochiq va berk, ko‘p kishilik va atigi bir nechta a’zodan iborat birlashmalardir... Shunday qilib, odamlar o‘zlarining umumiy xohish-istaklariga muvofiq bo‘lgan maqsadga bahamjihat erishish san’atida oliy barkamollikka erishdilar va jamoa harakatining mazkur usulini boshqalarga qaraganda ko‘proq qo‘llay boshladilar»26 Fuqarolik jamiyatiga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov quyidagicha ta’rif beradi: “Fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zo‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va birbirini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart”27 «Sivilizatsiya» (lot. «civilis» – «fuqarolik», «davlatga doir») atamasi har xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, sivilizatsiya – insoniyat rivojlanishida varvarlikdan keyin boshlangan va sinflar, davlat vujudga kelishi, urbanizatsiya va yozuv paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadigan tarixiy bosqich. Ibn Xaldun (1332–1406) o‘z davrida birinchi bo‘lib, sivilizatsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va tanazzuli haqida ilmiy asosslangan g‘oyalarni ilgari suradi. Jumladan madaniyatlar va davlatlarning paydo bo‘lishi, yashashi va inqirozi muayyan tarixiy qonuniyat ekanligini, unga tabiiy geografik va iqtisodiy omillar, turmush tarzi va dunyoqarashlar jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aytadi. I.A.Karimov, «Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali tar’sirining mahsulidir. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi»5 , deb ta’kidlaydi. Sivilizatsiyalarning tiplari. Noevropacha sivilizatsiyalar ancha kata guruhni tashkil etadi (A.Toynbi tasnifiga ko‘ra, bunday sivilizatsiyalar 21 ta). Bu sivilizatsiyalarning aksariyati betakror tarzda o‘ziga xos va ayni vaqtda, umumiy tipologik jihatlarga ega. Bular evropacha sivilizatsiyadan ancha oldin vujudga kelgan an’anaviy sivilizatsiyalardir. An’anaviy jamiyat juda sust rivojlanadi va mavjud hayot tarzini asrlar va hatto ming yilliklar osha saqlashga qodir. Noevropacha sivilizatsiyalarning xo‘jalik faoliyati qishloq xo‘jalikhunarmandchilik ishlab chiqarishi va texnologiyasining hukmronligiga asoslanadi. An’anaviy sivilizatsiyaning ma’naviy sohasida diniy-mifologik tasavvurlar hukm suradi, ilmiy bilimlarning dastlabki shakllari asosan mavjud faoliyat turlari uchun retseptura vazifasini bajaradi. Noevropacha sivilizatsiyalar evolyusiyasi siklliligi va o‘ziga xos institutlar va normalarga ega bo‘lgan davlat vaqti-vaqti bilan dam kuchayib, dam zaiflashib turishi bilan tavsiflanadi. Bunday jamiyat halokati sivilizatsiya tipini o‘zgartirmaydi, u ijtimoiy vorisiylik mexanizmlari yordamida avloddan-avlodga o‘tadi. Evropacha sivilizatsiya ijtimoiy va madaniy rivojlanishning alohida tipii bo‘lib, u Evropada taxminan XV–XVII asrlarda shakllangan. Uning o‘tmishdoshlari antik dunyo madaniyatlari va Evropa xristiancha an’anasidir. Uyg‘onish davrida bu ikki an’ana sintezi texnogen sivilizatsiyaning teran o‘ziga xosligini va uning texnika va texnologiya jadal sur’atlarda rivojlanishini, odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar tubdan o‘zgarishini ta’minlagan madaniyatini shakllantirdi. Uning zamirida huquqiy davlatning vujudga kelishi, shaxs o‘z tashabbuskorligi, faolligi va mustaqilligi bilan oliy qadriyat sifatida ijtimoiy hayot markazidan o‘rin olishi yotadi. Odamlar o‘rtasida muloqotning faollashuvi va samarali kommunikatsiya vositalari paydo bo‘lishi 26 А.де Токвиль. Избранные произведение. –М.: 2003 г. с. 45. 27 Karimov I.А. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari - Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. T. 6. – T.: O‘zbekiston, 1998. – 151-b. 5 Karimov I.А . Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. –T.: «Sharq», 1998 y. 21-b. 7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 107 texnogen sivili- zatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Madaniyatda ilmiy oqilonalikalohida o‘ziga xos qadriyat sifatida hukm suradi. Inson tabiatni faol va oqilona tarzda o‘zgartirishiga imkoniyat yaratgan qonunlarning kashf etilishi fanning ustunligini tasdiqlaydi. Unda yangilik va unumdorlik, biluvchi sub’ektning bilimi, erkinligi va mustaqilligini tinimsiz oshirish talablari shakllanadi. O.Toffler, D.Bell, K.Pekka ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini tasniflash uchun asos qilib olib, quyidagi sivilizatsiyalarni farqlaydilar: – ilk sivilizatsiya (arxaik, an’anaviy yoki ibtidoiy jamoa); – qishloq xo‘jalik-hunarmandchilik sivilizatsiyasi; – industrial (sanoatlashgan) sivilizatsiya; – hozirgi postindustrial yoki informatsion sivilizatsiya. Madaniyat, uning tuzilishi va ijtimoiy funksiyalari. «Madaniyat» atamasi arabcha – «madina» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «shahar», degan ma’noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki turga ajratib, birini – badaviy yoki sahroyi turmush, ikkinchisini – madaniy turmush, deb ataganlar. Tugab borayotgan Rim imperiyasida, keyinchalik esa, O‘rta asrlarda ham madaniyat tushunchasi shahardagi turmush tarzi va sivilizatsiya ne’matlari bilan bog‘langan. Markaziy Osiyoda madaniyat axloq ko‘rinishida shakllangan. SHu bois, eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha ham yurtimizda ma’naviy madaniyat, go‘zallikka intilish, san’atni qadrlash kabilar ustuvorlik qiladi. Uyg‘onish davrida madaniyat shaxsiy barkamollik belgisi sifatida qaralgan. Shu davrda madaniyatni ma’naviy faoliyatning turli sohalari: vujudga kelayotgan fan, axloq, san’at, falsafa, din bilan bog‘lash odati paydo bo‘lgan. Madaniyat xulq-atvor andozalari majmui sifatida, ma’naviy faoliyat antik an’anasining davomi sifatida e’tirof etilgan. Shu ma’noda madaniyat tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomaladan o‘rin olgan XVIII asrgacha amal qilgan. Ma’rifat davri faylasuflari madaniyatga inson faoliyatining alohida mustaqil va o‘ziga xos jabhasi sifatida qaraydilar. Ularning talqinida, jamiyat va shaxs hayotining barcha sohalarida aql, oqilonalik tamoyillarining qaror topishi madaniyatning eng muhim jihatidir. Aqlning vazifasi insoniyat oldiga umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarni qo‘yish va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘ziga bo‘ysundirishdan iborat. Ma’rifat davrida madaniyat deb hisoblash mumkin bo‘lgan narsalarni saralash mezonlari yaratildi. Madaniy faoliyat intellektual, ijodiy, samarali, novatorlik ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lishi, ya’ni nafaqat yaratishi, balki inson imkoniyatlari sohasini tinimsiz kengaytirishi lozim edi. Ammo, madaniyatning asl mohiyati, uning o‘ziga xosligi inson aqlining mutlaq erkinligi sifatidagi ma’naviy faoliyat doirasi bilangina cheklanardi. Madaniy faoliyat. Madaniyat – inson dunyosi, faqat unga xos faoliyat usuli bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida odamzod o‘zi yaratayotgan narsalarga ruh baxsh etadi, tabiatni, o‘zi yashaydigan muhitni insoniylashtiradi. Madaniy faoliyat ongli va qadriyatlarga qaratilgandir. Unda me’yorlarga rioya qilish va ularda nisbatan mustaqillik, maqsadga muvofiqlik va noutilitarlik o‘zining uyg‘un ifodasini topadi. Madaniy faoliyat umuminsoniy ideallar va qadriyatlarni etnik yoki mintaqaviy shaklda aks ettiradi. Madaniyat jabhasida inson faoliyati uning ehtiyojlari bilan belgilanadi, lekin faqat ularga bog‘liq bo‘lmaydi. Unda maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlar ham, ortiqcha unsurlar ham mavjud. Ortiqchalik tushunchasi, madaniyat hodisalarida, ularning ma’naviy mazmunini amalda gavdalantirish uchun talab etiladigan vositalarning zarur darajasidan ortiqroq elementlar mavjudligini anglatadi. Madaniyatda utilitar maqsadga muvofiqlik mezoni bilan o‘lchash mumkin bo‘lmagan muhim qadriyatlar yaratiladi. Garchi madaniyat biologik, fizik, ijtimoiy, texnik-iqtisodiy va boshqa shunga o‘xshash omillarga ta’sirchan bo‘lsa-da, ular madaniyatda o‘zining variativ – ko‘p ma’noli ifodasini topadi. Bu madaniyatda erkinlik hamda butunlay yangi predmetlilikni yaratish imkoniyatlari mavjudligidan dalolat beradi. Madaniyat funksiyalari. Ijtimoiy hodisa sifatida madaniyat ko‘p sonli funksiyalarni bajaradi. U insonning bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi, ijtimoiy tajribani avlodlarga qoldirish va boshqa 7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 108 xalqlar madaniyatini o‘zlashtirish vositasi sifatida informativ funksiyani bajaradi. Madaniyatning rivojlanishi u boshqa madaniyatlar bilan aloqa qilishini taqozo etadi. Madaniyat normativ funksiyani ham bajaradi: u muayyan sivilizatsiyada shakllangan me’yorlarni amalga joriy etadi, shuningdek, o‘z me’yorlari va qadriyatlarini yaratib, ularni inson hayoti va faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etadi. Ijtimoiy-madaniy jarayonda davlat hayoti qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi: ideokratik, teokratik yoki siyosiy davlat boshqa-boshqa madaniy mo‘ljallarga tayanadi. Davlat o‘z negizini mustahkamlaydigan me’yorlarning ustunligini ta’minlaydi va o‘ziga tahdid solishi mumkin bo‘lgan me’yorlarni siqib chiqaradi. O‘z navbatida, madaniyat ham ijtimoiy tajribani saralash, uni ramziy tizimlarda mustahkamlashni amalga oshiradi. Madaniyatning yana bir muhim funksiyasi insonni kamol toptirish hisoblanadi: individ madaniyatni o‘zlashtirish jarayonida shaxsga aylanadi. Madaniyat normativ tartibga solinadigan faoliyat sanalgani bois, u qadriyatlarni yaratish sohasi sifatida namoyon bo‘ladi. Madaniyat hodisalari ijtimoiy o‘zgarishlarni boshqaradi, ularni ijtimoiy muhim maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltiradi. Madaniyat qadriyatlari mazkur hamjamiyatda ijtimoiy mo‘ljal berish va tartibga solish funksiyasini bajaradi. Madaniyat ijtimoiy munosabatlar tizimiga xizmatlar ko‘rsatadi, bu erda yuz beruvchi o‘zgarishlar va siljishlarni belgilaydi va tayyorlaydi, inson xulqatvorini tartibga solishni ta’minlovchi maxsus mexanizmlarni yaratadi. Bu, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita tartibga solish bo‘lishi mumkin (huquq, axloq, taqiq). Bu, jamiyatning, u yoki bu qadriyatlari va talablarini aks ettiruvchi ba’zi bir harakatlarni bajarishni buyurish orqali amalga oshiriladigan bilvosita tartibga solish bo‘lishi ham mumkin. Tarixning mazmunini aniqlash borasidagi izlanishlar. Ma’lumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning, jamiyatning rivojlanish jarayonidagi o‘rnini, faqat u butun jamiyatning rivojlanish jarayoniga bog‘lab, ya’ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o‘rganilgan taqdirdagina tushunish mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo‘lgan savollar kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi qaysi yo‘nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu savollarning barchasiga falsafaning «Tarix falsafasi» degan nom olgan bo‘limi javob beradi. I.A.Karimov (1938-2016) tarix falsafasini tarixiy xotira bilan uyg‘un holda ko‘radi. Uning fikricha, «Inson uchun tarxidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir»28. Fikrining davomida u tarixiy xotirasi bor inson irodali inson, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi, deb ta’kidlaydi. Buning uchun har bir millat o‘zining tarixiy ildizlariga nazar solishi, u yoki bu mafkura ta’sirida xash-po‘shlangan tarixiy xotirani o‘z holicha, qayta tiklashga harakat qilishi lozim. «O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q»29 . Shundagina millat, xalq o‘z-o‘zini anglaydi. Tarixchilar millatga uning haqqoniy tarixini ko‘rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan, tarix xalq ma’naviyatining asosidir. Hozirgi zamon tarix falsafasida, tarixiy jarayon mantig‘i va yo‘nalishini tushuntirishga nisbatan ikki asosiy yondashuv: formatsion va sivilizatsion yondashuvlar mavjud. Formatsion yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiyiqtisodiy formatsiyalar olinma-ketin almashuvidan iborat yagona, chiziqli-hujumkor tabiiytarixiy jarayon sifatida talqin qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi ta’limotni Karl Marks o‘zining «Kapital», «Siyosiy iqtisod tanqidiga doir» kabi asarlarida ilgari surgan. Marks nazariyasining mohiyatini, uning bir qancha qoidalari orqali ifodalash mumkin: 28 Karimov I.А. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. –T.: «Sharq», 1998 y. 10-b. 29 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Т.: «Ma’naviyat», 2008 y. 4-b. 7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 109 1) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – sifat jihatidan aniq, yaxlit ijtimoiy tizim bo‘lib, uning muhim elementi odamlarning hayot faoliyati jarayonida ular o‘rtasida o‘rnatiladigan moddiy (iqtisodiy), ma’naviy (mafkuraviy) va boshqa aloqalar va munosabatlardir. Moddiy va ma’naviy munosabatlarning o‘zaro aloqasida moddiy munosabatlar etakchi rol o‘ynaydi. Ularning o‘zagini ishlab chiqarish munosabatlari tashkil qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy tizim faoliyatini belgilovchi asos hisoblanadi; 2) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya turli mamlakatlarda ular rivojlanishining muayyan bosqichida ijtimoiy hayotga xos bo‘lgan umumiy jihatlarni aks ettiradi. Kapitalizmni o‘rganish va turli mamlakatlardagi moddiy va ma’naviy munosabatlarni taqqoslash jarayonida bu munosabatlarning ko‘pgina tomonlari takrorlanishining va mazkur mamlakatlar ijtimoiy rivojlanishning bir bosqichi – kapitalistik bosqichda, degan xulosaga kelingan; 3) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichidir. Ko‘p sonli ijtimoiy aloqalar orasida ishlab chiqarish munosabatlarini farqlash, ularning bir necha turlari mavjudligini aniqlash imkonini ham bergan; turli ijtimoiy organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham, har xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham mumkinligi (ya’ni, har xil tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari) aniqlangan. Shunday qilib, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir tipi rivojlanish bosqichi, tarixiy davrni, bu ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va o‘zgarishi esa jamiyat rivojlanishining mohiyatini belgilaydi, degan xulosaga kelingan. Bu qoidalardan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – bu jamiyatning muayyan tarixiy tipi, ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida amal qiladigan yaxlit ijtimoiy tizim, degan to‘xtamga kelish mumkin. «Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni davriylashtirish imkonini bergan. U jami formatsiyalarning besh tipini farqlagan: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, kommunizm. Jahon tarixiy jarayoni bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga yuksalishdan iborat bo‘lgan chiziqli jarayon sifatida tavsiflagan. XIX asrda ishlab chiqilgan formatsion yondashuv o‘zini oqlamadi. Bunda tarixiy ri vojlanish jarayonini tushuntirishga nisbatan Marksning yondashuvi emas, balki uni dogmaga aylantirish va mutlaqlashtirish shakllandi. Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar ekanlar, uning quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan, tarixning har qanday bosqichida jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o‘rinli bo‘lmaydi. Ikkinchidan, bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga tabiiy yuksalish haqidagi monistik tasavvur inson erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil yo‘llarini tanlashga o‘rin qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib boruvchi chiziq bo‘ylab formatsion rivojlanishning tor doirasiga sig‘maydi. Mazkur yondashuv amalga tatbiq etilganda har bir xalq va sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi va betakrorligi yo‘qoladi, ular ayni holda kelajak barkamol jamiyatining sharti sifatidagina amal qiladi. SHunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan iborat bo‘lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi, ayniqsa, bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. SHu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan o‘zgacha, nochiziq yondashuv bilan to‘ldirish talab etiladi. Sivilizatsionyondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir. Falsafani tushunishga nisbatan sivilizatsion yondashuv XIX–XX asrlarda vujudga kelgan. U, asosan, ko‘p sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g‘oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi. Mazkur yondashuv asoschilaridan biri, tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy (1822–1885) bo‘lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo‘lgan, faoliyatning to‘rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar «asosi» – diniy, madaniy, siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon 7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 110 bo‘luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniytarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo‘ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi. Jahon tarixining mazmunini, Danilevskiy o‘zining alohida qonunlariga binoan rivojlanuvchi xalqlar madaniy-tarixiy tiplarining o‘z-o‘zini namoyon etish xususiyatlarini aniqlashdan iborat, deb bilgan.Danilevskiy madaniy-tarixiy tiplar rivojlanishining ayrim qonunlarini ta’riflagan: 1) bir tilda yoki o‘xshash tillarda so‘zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil etadi; 2) madaniy-tarixiy tip vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy mustaqillik talab etiladi; 3) sivilizatsiyaning muvaffaqiyatlari madaniy-tarixiy tipning turli elementlariga bog‘liq bo‘ladi; 4) sivilizatsiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, ularning ravnaq topish davri esa, qisqadir; 5) sivilizatsiyalar alohida va berk sharoitda rivojlanadi, lekin bu ular bir-biriga ta’sir ko‘rsatmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Danilevskiyning qarashlarini nemis mutafakkiri Osvald SHpengler (1880–1936) rivojlantirgan. U ham ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli evropotsentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. SHpengler falsafasida madaniyat asosiy kategoriya hisoblanadi. Faylasuf madaniyat deganda o‘ziga o‘xshash boshqa «organizmlar»dan ajralib turadigan alohida «organizm»ni tushungan. Bundan yagona umuminsoniy madaniyat yo‘q va bo‘lishi mumkin emas degan xulosa kelib chiqqan. Shu sababli Shpengler jahon tarixining yaxlitligi va yagonaligini, unda «o‘zgarmas va umumiy» jihatlar mavjudligini rad etgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G‘arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. Shpengler fikriga ko‘ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo‘ladi, shundan so‘ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok bo‘ladi. Har bir madaniyat o‘z teran mazmuniga ega bo‘ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. Shpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab etishdan iborat, deb hisoblaydi. Lokal sivilizatsiyalar nazariyasining yana bir tarafdori, ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889–1975)dir. U Danilevskiy va Shpenglerning tarixning siklliligi haqidagi fikrmulohazalarini rivojlantirib, uni ayrim, o‘ziga xos va nisbatan berk sivilizatsiyalar tarixlarining yig‘indisi sifatida tushungan (dastlab, u, 23 sivilizatsiyani farqlagan, keyinchalik esa, ularni 13 tagacha qisqartirgan). Toynbi sivilizatsiyalarga «evolyusion tipdagi faol tuzilmalar» sifatida yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan o‘tgach, sivilizatsiya, odatda, halok bo‘ladi va uning o‘rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi. Toynbi, bu sivilizatsiyalarda oldinma-ketin yuz beruvchi ijtimoiy jarayonlarni o‘xshash, deb hisoblab, shunga asoslangan holda, yaqin kelajakda, dunyo miqyosida yuz beradigan voqealarni bashorat qilish imkonini beruvchi, ijtimoiy rivojlanish takroriyligining ayrim formal empirik qonunlarini keltirib chiqarishga harakat qilgan. U jahon tarixining mazmuni diniy evolyusiya hamda insoniyatning ma’naviy jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan. SHunday qilib, sivilizatsion yondashuv nuqtai nazaridan tarixiy jarayon hujumkor xususiyati «yuqori – quyi» ko‘rsatkichlari bilan emas, balki har bir sivilizatsiya o‘z rivojlanish va o‘z taqdirini o‘zi belgilash jarayonida insoniyat filogenetik yo‘lining barcha asosiy bosqichlaridan o‘tishi va o‘z tarixi va betakror individualligiga ega bo‘lgan noyob ijtimoiy tuzilma sifatida qaralishi bilan belgilanadigan izchil nochiziq jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Formatsion va sivilizatsion yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: 1) formatsion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi va asosiy e’tiborni uning dinamikasiga qaratadi; sivilizatsion yondashuv esa, jamiyatning bir qismini (ayrim sivilizatsiyani) o‘rganadi, jamiyatni esa, statik, deb e’tirof etadi; 2) formatsion yondashuv jamiyat hayotining iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizatsion yondashuv asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi. 7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 111 Tarix falsafasi rivojlanishining hozirgi bosqichida tarixning shunday bir talqini vujudga keladiki, unda mualliflar bu muqobil yondashuvlarning ijobiy g‘oyalaridan foydalanishga va ularning kamchiliklari o‘rnini to‘ldirishga harakat qiladilar. Mazkur yondashuv «monadaga doir yondashuv», degan nom olgan. Monadaga doir yondashuvning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u jahon tarixiy jarayoniga ko‘p sonli tarixiy individlar (sotsiumlar)dan iborat bo‘lgan yaxlitlik sifatida qaraydi. Bunda monadaga doir yondashuvning formatsion elementi tarixiy rivojlanishning ayni bir bosqichini boshdan kechirayotgan turli mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan jihatlarga, sivilizatsion element esa, ijtimoiy organizmlarning xususiyatlariga, ularning betakrorligiga e’tiborni qaratadi. Shunday qilib, monadaga doir yondashuv doirasida formatsion yondashuvning umumlashtiruvchi imkoniyatlari va sivilizatsion yondashuvning individuallashtiruvchi imkoniyatlari ularni qarama-qarshi qo‘yish asosida emas, balki ularning yagonaligi va bir-birini to‘ldirishini tan olish asosida hisobga olinadi va ro‘yobga chiqariladi. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, tarixning mazmuni muammosi tarix falsafasining aksariyat yo‘nalishlarida ko‘zga ko‘rinadigan o‘rinni egallaydi. Ayni vaqtda shunday konsepsiyalar ham paydo bo‘lganki, ularda tarixning mazmuni muammosi markaziy muammo hisoblanadi. Falsafa tarixida ildizlari ilk falsafiy tizimlarga borib taqaluvchi ancha kuchli qadriyatlarga doir an’anaga duch kelish mumkin. Qadimgi davrdayoq faylasuflarni qadriyatlar muammosi qiziqtirgan. Ammo o‘sha davrda qadriyat borliq bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo‘lgan xususiyatlar esa uning mazmuniga kiritilgan. Masalan, Zardusht, Moniy, Suqrot va Platon uchun yaxshilik va adolat kabi qadriyatlar haqiqiy borliqning bosh mezonlari hisoblangan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflar qadriyatlarni tasniflashga harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat va ziyo dunyosi mavjud, birinchi dunyoda adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik, ikkinchisida esa abadiy, engilmas doimiy qadriyatlar hukm suradi, deb hisoblaydi. Aristotel o‘ziga to‘q qadriyatlarni (ular jumlasiga faylasuf inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati insonning oqilligiga bog‘liq bo‘lgan nisbiy qadriyatlarni farqlaydi. Turli falsafiy davrlar va ularda mavjud bo‘lgan falsafiy maktablar qadriyatlar tushunchasining shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Masalan, O‘rta asrlarda G‘arbda ham, Sharqda ham qadriyatlar diniy xususiyat kasb etgan va ilohiy mohiyat bilan bog‘langan. Uyg‘onish davrida A.Navoiy, A.Jomiy, Rumiy, Leonardo da Vinchi ijodida insonparvarlik va hurfikrlilik qadriyatlari birinchi o‘ringa chiqqan. Jumladan A.Navoiyning odil jamiyat qurish haqidagi g‘oyasida umuminsoniy qadriyatlar tizimi, komil inson ta’limotida esa, eng etuk inson qiyofasiga xos shaxsiy qadriyatlar tizimi ifodalangan. YAngi davrda qadriyatlar haqidagi ta’limotga nisbatan yondashuvlar ratsionalizm nuqtai nazaridan tavsiflana boshlanganki, bu hol fanning rivojlanishi va yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi bilan izohlanadi. Bu davrda qadriyatlar va ularning mezonlari muammosi Rene Dekart, Benedikt (Barux) Spinoza, Klod Adrian Gelvetsiy, Pol Anri Golbax, A.Avloniy, A.Donish, Furqat, Muqimiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, A.Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida, «yaxshi xulqlar» – muhabbat, yaxshilik, adolat, haqiqat, shijoat, ibrat kabi ijobiy qadriyatlarni va razolat, g‘iybat, jaholat, adovat kabi «yomon xulqlar»ni farqlaydi. Keyinroq, XX asrda, o‘zbek faylasufi S.SHermuxamedov Avloniy g‘oyasini davom ettirib, insonga tabiat 36 ta ijobiy fazilat va 36 ta salbiy illat ato etganligini, ularning qay darajada namoyon bo‘lishini, inson o‘z hayotining qadriga etishida ko‘rinishini e’tirof etadi. XX asrning boshida fransuz faylasufi P.Lapi qadriyatlar nazariyasini ifodalash uchun «aksiologiya» (yunon. «axios» – «qadriyat», «logos» – «fan», «ta’limot») atamasini muomalaga kiritdi. Keyinchalik, aksiologiya muammolari fenomenologiya, germenevtika, ekzistensializm va boshqa falsafiy yo‘nalishlarning vakillari tomonidan tadqiq etildi. Aksiologiya nimani o‘rganadi? Aksiologiya – falsafaning qadriyatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘limi (yunon. «axios» – «qadriyatlar», «logos» – «bilim»: qadriyatlar haqidagi fan). Qadriyatlar ulkan falsafiy ahamiyatga ega. Qadriyatlar tushunchasi insonning 7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 112 dunyoga bo‘lgan munosabatining alohida jihatini namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada teranroq anglab etish imkonini beradi. Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi, chunki insonning hayot tarzini, uning hayvonot dunyosidan ajralish darajasini aynan qadriyatlar tavsiflaydi. Qadriyatlar shaxsning hayot faoliyatida fundamental ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar odamlarni jipslashtirish, ularni hamjamiyatlarga birlashtirishning muhim omili hisoblanadi. Umumiy qadriyatlarning mavjudligi fuqarolar, ijtimoiy birliklar va guruhlarning tinch-totuvligini ta’minlaydi. Qadriyatlar muammosi jamiyat rivojlanishining o‘tish davrlarida, tub ijtimoiy o‘zgarishlar jamiyatda mavjud bo‘lgan qadriyatlar tizimlarida o‘zgarishlar yasab, odamlarni yo o‘zlari ko‘nikkan eski qadriyatlarni saqlash, yo turli partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar, harakatlarning vakillari tomonidan taklif qilinayotgan, hatto majburiy tarqatilayotgan yangi qadriyatlarga moslashishga majbur etuvchi davrlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar va mo‘ljallarni yo‘qotish yoki vujudga kelgan qadriyatlar tizimi-dan voz kechish esa muqarrar tarzda jamiyatning tanazzulga yuz tutishi va parchalanishiga olib keladi. Qadriyatlar – madaniyatning tizim yaratuvchi muhim omili. Qadriyatlar mazmuniga qarab butun jamiyat haqida hukm chiqarish mumkin. SHu sababli, qadriyatlar nima, qadriyat va bahoning o‘zaro munosabati qanday,qaysi qadriyatlar inson uchun eng muhim va qaysilari ikkinchi darajali, degan savollar bugungi kunda olamshumul ahamiyat kasb etadi. Aksiologiyaning predmetini barcha turdagi qadriyatlar, ularning tabiati, turli qadriyatlarning bir-biri, ijtimoiy va madaniy omillar hamda shaxs strukturasi bilan aloqasi tashkil etadi. Aksiologiya ta’limotiga ko‘ra, qadriyatlar muayyan normativ kategoriya bo‘lib, ular maqsad, ideal, mayl, intilish, qiziqish predmeti sanalgan hamma narsani qamrab oladi. Quyidagilar bu nazariyaning asosiy tushunchalari va kategoriyalari hisoblanadi: yaxshilik, qadr-qimmat, foyda, ahamiyat, baho, g‘alaba,hayotning mazmuni, baht, hurmat va hokazo. «qadriyat» tushunchasining falsafiy mazmuni nimada? Qadriyat mohiyati va tabiatining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Qadriyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiydir va ob’ekt-sub’ektli xususiyat kasb etadi. Ma’lumki, jamiyat bo‘lmagan joyda qadriyatlar mavjudligi haqida gapirishning o‘zi behudadir. Zero, narsalar, voqealar, ularning inson Bilan, sotsium hayoti bilan aloqasisiz, o‘z holicha qadriyatlar bilan bog‘lanmaydi. Xullas, qadriyatlar doim insoniy qadriyatlar hisoblanadi va ijtimoiy xususiyat kasb etadi. Bu insoniylashgan tabiatga, ya’ni butun sivilizatsiyagagina emas, balki, hatto ko‘p sonli tabiat ob’ektlariga ham taalluqli. Masalan, kisloroddan iborat bo‘lgan atmosfera Erda inson paydo bo‘lishidan ancha oldin mavjud bo‘lgan, lekin kishilik jamiyati vujudga kelganidan keyingina atmosferaning odamlar hayoti uchun ulkan ahamiyati haqida so‘z yuritish imkoniyati tug‘ilgan. 2. Qadriyat insonning amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladi. Insonning har qanday faoliyati muayyan maqsadni belgilashdan boshlanadi va mazkur faoliyat ayni shu maqsadga erishishga bag‘ishlanadi. Maqsad – individga o‘zining muayyan ehtiyojlarini qondirish imkonini berishi mumkin bo‘lgan faoliyatning pirovard natijasi haqidagi insonning tasavvuri. SHunday qilib, individ o‘z faoliyatining mo‘ljallangan natijasiga avval-boshdanoq qadriyat sifatida qaraydi. SHu sababli, inson natijaga erishishga qaratilgan faoliyat jarayonining o‘ziga ham o‘zi uchun muhim, qadrli bo‘lgan jarayon sifatida yondashadi. Albatta, insonning har qanday faoliyati va uning har qanday natijalari emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy ehtiyojlarga va odamlarning manfaatlariga mos keladigan faoliyat va natijalargina qadriyatlarga aylanadi. Qadriyatlar qatoriga narsalargina emas, balki g‘oyalar, munosabatlar, faoliyat usullari ham kiradi. Biz moddiy ne’matlarni ham, insoniy xattiharakatlar ezguligini ham, davlat qonunlarining odilonaligini ham, olamning go‘zalligini ham, aqlning ulug‘vorligini ham qadrlaymiz. 3. «Qadriyat» tushunchasini «muhimlik» tushunchasidan farqlash lozim. qadriyat «muhimlik» tushunchasi bilan nisbatlashadi, lekin u bilan ayniy emas. Muhimlik qadriyatga 7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 113 bo‘lgan munosabatning faollik, qizg‘inlik darajasini tavsiflaydi. Nimadir bizni ko‘proq, nimadir kamroq ta’sirlantiradi, nimadir bizni o‘ziga nisbatan butunlay befarq qoldiradi. SHuningdek, muhimlik qadriyat xususiyatigagina emas, balki «aksilqadriyat», ya’ni ziyon xususiyatiga ega bo‘lishi ham mumkin. YOmonlik, ijtimoiy adolatsizlik, urushlar, jinoyatlar va kasallik lar jamiyat va shaxs uchun ulkan ahamiyatga ega, lekin bu hodisalarni qadriyatlar deb nomlash odat tusini olmagan. Qadriyat tushunchasining yuqorida keltirilgan umumiy tavsifidan kelib chiqib, unga quyidagi ta’rifni berish mumkin: «Qadriyat – bu borliq rang-barang elementlarining ob’ektiv ahamiyati bo‘lib, ularning mazmuni jamiyat sub’ektlarining ehtiyojlari va manfaatlari bilan belgilanadi». Baholash. Aksiologiyaning asosiy kategoriyalari qatoriga qadriyat bilan bir qatorda hajman juda keng tushuncha – «baholash» ham kiradi. Baholash – buyumning inson faoliyati, uning ehtiyojlarini qondirish uchun ahamiyatini anglab etish vositasi. Baholash sub’ektning o‘z hayoti va faoliyati uchun hodisalarning ijtimoiy ahamiyatini aniqlashidir. U insonga hodisalar dunyosida mo‘ljal olish imkonini beradi, uning faoliyatini yo‘lga soladi. Baholash universaldir: u sezgilar va aql-idrok darajasida, emotsiyalar va tuyg‘ular, tasavvurlar, idroklar, mulohazalar, mayllar, istaklar, intilishlar, afzalliklar va albatta, faoliyat ko‘rinishida ro‘yobga chiqib, inson hayot faoliyatining barcha turlariga ta’sir ko‘rsatadi. Baholashning mohiyatini teranroq anglab etish uchun uni «qadriyat» bilan solishtirish o‘rinli bo‘ladi. Baholash va qadriyat – bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, lekin ularning o‘rtasida jiddiy farq ham mavjud. Xo‘sh, bu farq nimalarda ko‘rinadi? Birinchidan, qadriyat biz baho berayotgan narsa, ya’ni baholash predmeti bo‘lsa, baholash – bu baho berish jarayoni, ya’ni aqliy faoliyat bo‘lib, uning natijasi o‘laroq borliqning muayyan predmeti biz uchun qanday qimmatga ega ekanligi aniqlanadi. Predmetni yoki uning xossasini foydali, yoqimli, yaxshi, chiroyli deb topib, biz baholashni amalga oshiramiz. Ikkinchidan, faqat ijobiy ahamiyat kasb etuvchi qadriyatlardan farqli o‘laroq («salbiy qadriyatlar» bo‘lishi mumkin emas), berilgan baho ijobiy bo‘lishi ham, salbiy bo‘lishi ham mumkin. Biz muayyan predmetni yoki uning xossasini foydali emas, balki zararli deb, topishimiz, muayyan xatti-harakatni yomon, axloqqa zid deb, baholashimiz, ko‘rilgan filmni mantiqsiz deb, qoralashimiz mumkin. Bunday fikrlarning barchasi baholash hisoblanadi. Uchinchidan, qadriyat amaliy munosabat mahsuli sifatida ob’ektiv hisoblanadi. Baholash esa, sub’ektivdir. U ob’ektiv qadriyatning sifatigagina emas, balki baholovchi sub’ektning ijtimoiy va individual fazilatlariga ham bog‘liqdir. Ayni shu sababli, ayni bir hodisa ayni bir davrda yashayotgan odamlar tomonidan turlicha baholanishi mumkin. Ehtiyojlar va qadriyatlar. Insonga nima muhim? Muhimliklar dunyosi qadriyatlar dunyosi bilan ayniymi? Inson faoliyatining birinchi manbai va harakatlantiruvchi kuchi ehtiyojlardir. Inson ehtiyojlari uning hayotini,xususan jismoniy, aqliy, ma’naviy, ishlab chiqarishga doir, oilaviy hayotni saqlash yoki o‘zgartirish zaruriyatining ifodasi sifatida vujudga keladi. Ijobiy yoki salbiy aloqalar va munosabatlarning butun rang-barangligi tegishli ehtiyojlarni u yoki bu tarzda vujudga keltiradi. Inson bu ehtiyojlarni anglashi yoki anglamasligi yoinki noto‘g‘ri anglashi mumkin. Ammo, har qanday sharoitda ehtiyojlar insonni faoliyatga da’vat etadi. Bu faoliyat samarali yoki samarasiz, puxta o‘ylangan yoki spontan va tartibsiz bo‘lishi mumkin. Ehtiyojlar tashqi muhit predmetlari va sharoitlariga yoki ichki, ma’naviy uyg‘unlikka erishishga muhtojlik sifatida anglanadi. Ular tashqi dunyo bilan muayyan munosabatlarda namoyon bo‘lib, ob’ektlarni, o‘zlari yo‘naltirilgan mavjud borliqni ham, o‘z manbai sanalgan sub’ektning muhim xususiyatlarini ham tavsiflaydi. SHaxs faolligining teran asosi sanalgan ehtiyojlar inson faoliyatini ularni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiruvchi mo‘ljallar, mayllar va manfaatlarda o‘z rivojini topadi. Aynan ehtiyojlar inson ongining nisbiy mezoni, uning mayllari, manfaatlari, didlari va ideallarining poydevori hisoblanadi. Inson ehtiyojlari o‘zgaruvchan, harakatchan, o‘zaro bog‘langan va birbirining o‘rnini bosishga qodir. Ularning ayrimlari vujudga keladi, ba’zilari yo‘q bo‘ladi, ayrimlari 7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 114 aktuallashadi, ba’zilari ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Inson ehtiyojlari sifat jihatidan cheksiz va kengayishga qodir, zero, ularning shakllanishi individlarning bir-biri va jamiyat bilan ijtimoiy aloqalarining ko‘p sonliligi va intensivligini aks ettiradi. Ijtimoiy hayotning, ijtimoiy munosabatlar majmuining murakkablashuvi va differensiatsiyalanishi, moddiy va ma’naviy hayotning o‘z me’yorlari va qadriyatlari bilan rivojlanishi, inson ma’naviy hayotining jo‘shqinligi – bularning barchasi uning ehtiyojlari o‘zgarishi va rivojlanishini belgilaydi. Garchi, qadriyatlar ehtiyojlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular bilan uzviy emas. Ehtiyojlar harakatchan, qadriyatlar nisbatan barqarordir; ehtiyojlar ierarxiyaviy bo‘lib, ularning ierarxiyasi muntazam ravishda o‘zgaradi, qadriyatlar esa nisbatan o‘zgarmas va individ tomonidan uning ijtimoiylashuvi jarayonida o‘zlashtiriladi. Bu hayotning har qanday sohasida yuz bergan yangiliklarga nisbatan ancha keng tarqalgan muxolifatni izohlaydi. Masalan, rim imperatorlari xristian dinining qimmatini tan olgunlariga qadar xristianlar asrlar mobaynida quvg‘in qilinganlar. Belorusiyalik mashhur rassom Mark SHagalning o‘ziga xos ijodi, garchi butun dunyoda yuksak baholangan bo‘lsa-da, o‘z vatanida hanuzgacha tan olinmagan va uncha ma’lum emas. Sezann ijodi rassomning o‘limidan keyingina tan olingan, uning tiriklik paytida esa mazkur buyuk musavvirning asarlari Parijdagi zamonaviy san’at ko‘rgazmalarida biror marta ham namoyish etilmagan, chunki nufuzli hay’at uning asarlarini diqqatga sazovor deb hisoblamagan va shu kabilar. Ayni hol shu bilan izohlanadiki, ehtiyojlar anglanishi yoki anglanmasligi yoinki noto‘g‘ri anglanishi mumkin. SHu sababli amalda muhim hodisalar qadriyatlar sifatida idrok etilmasligi, amalda qimmatga ega bo‘lmagan narsa esa, yanglish tarzda qadriyat sifatida tasavvur qilinishi mumkin. Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli. Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: 1. Inson va jamiyat uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar. Bu shunday qadriyatlarki, ularsiz jamiyat va insonning normal faoliyati izdan chiqmaydi. 2. Kundalik hayot va ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar. Bu guruhga aksariyat moddiy va ma’naviy qadriyatlar kiradi. Bular insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, jamiyatning normal faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qadriyatlardir. 3. Oliy qadriyatlar – bu o‘z ahamiyatiga ko‘ra eng yuksak darajada turuvchi, odamlarning fundamental munosabatlari va ehtiyojlarini aks ettiruvchi qadriyatlardir. Oliy qadriyatlarsiz nafaqat inson shaxs sifatida kamol topa olmaydi, balki jamiyat ham normal hayot kechira olmaydi. Oliy qadriyatlarning mavjudligi doimo individning shaxsiy hayoti chegarasidan chetga chiqish bilan bog‘liq. Ular individni uning o‘zidan yuksak bo‘lgan, uning hayotini belgilaydigan, uning taqdiri uzviy bog‘liq bo‘lgan narsalar bilan oshno etadi. Ayni shu sababli oliy qadriyatlar odatda umuminsoniy xususiyat kasb etadi. Insonning o‘zi qadriyat hisoblanadimi, degan savolning ikki tomoni bor 1) inson uchun boshqa odamning va umuman insonning qimmati nimada? 2) uning o‘z hayotining qimmati nima bilan o‘lchanadi? Tafsilotlarga berilmay shuni qayd etamizki, bu savollarga javoblar aniq va uzil-kesil bo‘lishi mumkin emas. Gap shundaki, individning boshqa odamlarga qiziqishi odamlar qandayligigagina emas, balki uning o‘zi qandayligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bunga yana shuni qo‘shimcha qilish joizki, inson hayotining va insonning qimmati to‘g‘risidagi masalaning qo‘yilishi tarixiy sharoitlar bilan bevosita bog‘liq. Masalan, O‘rta asrlarda feodal o‘z krepostnoyini o‘ldirishi jinoyat hisoblanmagan va jazoga tortilmagan. Hozirgi vaqtda har bir kishining yashash huquqi tan olingan va odam o‘ldirish u yoki bu tarzda jazolanmaydigan mamlakat mavjud emas. Xullas,inson – alohida, mutlaq qadriyat. Qolgan barcha qadriyatlar inson manfaatlari nuqtai nazaridan baholanadi. Har bir shaxs hayotda ma’lum bir maqsadni ko‘zlab harakat qiladi. Biroq uning maqsadi ma’no va mazmuni jihatdan har xil bo‘lishi mumkin. Qadriyatlar ierarxiyasi. Qadriyatlar shaxs va jamiyat ehtiyojlari, manfaatlari bilan belgilangani bois, ular murakkab tuzilishga va alohida ierarxiyaga ega bo‘ladi. Qadriyatlar ierarxiyasi zamirida 7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 115 tirik mavjudot sifatidagi inson hayoti uchun zarur bo‘lgan fundamental qadriyatlar (tabiiy boyliklar, moddiy yashash sharoitlari – turar joy, oziq-ovqat mahsulotlari, sog‘liqni saqlash va sh.k.) va insonning ijtimoiy mohiyatiga, uning ma’naviy tabiatiga bog‘liq bo‘lgan oliy qadriyatlar yotadi. Birinchi guruhga moddiy (utilitar) qadriyatlar, ikkinchi guruhga esa ma’naviy qadriyatlar kiradi. qadriyatlarning birinchi guruhi insondan tashqarida yotuvchi maqsad bilan belgilanadi, ikkinchi guruh ichki asosga ega.Moddiy, utilitar qadriyat vositaning qimmatidir, zero, narsaning foydaliligi u nimaga xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘lsa, shu vazifa bilan belgilanadi. O‘z vazifasini bajargach, bu narsa qadriyat sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.Moddiy, utilitar qadriyatdan farqli o‘laroq, ma’naviy qadriyat o‘ziga to‘q xusu- siyat kasb etadi va o‘zidan tashqarida yotuvchi motivlarga muhtoj bo‘lmaydi. Utilitar pragmatik qadriyatlar faoliyat maqsadini belgilasa, ma’naviy qadriyatlar inson faoliyatining mazmunini belgilaydi. SHunga mos ravishda shaxsning ma’naviy dunyosi ham o‘z ierarxiyasiga ega bo‘ladi. Inson ma’naviyati uchta: ma’rifiy, axloqiy va estetik asoslarni o‘z ichiga oladi. Ularga ma’naviy ijodkorlarning uch tipi: donishmand (biluvchi), taqvodor (avliyo) va san’atkor mos keladi. Bu asoslarning o‘zagi ma’naviyatdir. Bilim bizga haqiqatning tagiga etish uchun imkoniyat yaratib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsa, axloqiy va estetik asos insonning o‘z egoistik «Meni» chegarasidan chetga chiqib,ezgulik urug‘ini sochish qobiliyati va ehtiyojini nazarda tutadi.Ma’naviy qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular noutilitar va noinstrumental xususiyat kasb etadi: ular boshqa biror narsaga xizmat qilmaydi, aksincha, boshqa barcha narsalar ularga bo‘ysunadi va oliy qadriyatlar bilan bog‘liq holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Oliy qadriyatlarning yana bir xususiyati shundan iboratki, ular muayyan xalq madaniyatining o‘zagi hisoblanadi. Madaniyatda odamlarning fundamental umuminsoniy qadriyatlari: tinchlik, salomatlik va insoniyat hayoti mujassamlashadi. Madaniyatda muloqot qadriyatlari (do‘stlik, mehribonlik, ishonch, oila), turmush tarzi qadriyatlari (ijtimoiy adolat, erkinlik, inson huquqlari va shu kabilar haqidagi tasavvurlar) o‘z ifodasini topadi. Oliy qadriyatlar yo‘l tanlash vaziyatlarining cheksiz to‘plamida ro‘yobga chiqadi. SHunday qilib, qadriyatlar tushunchasi shaxsning ma’naviy dunyosi bilan uzviy bog‘liq. Aqlidrok, oqilonalik, bilimlar insonning maqsadga muvofiq faoliyatini belgilovchi ongning eng muhim elementlari hisoblansa, ular negizida shakllanuvchi ma’naviyat o‘z hayot yo‘lini, o‘z faoliyatining maqsadlari va mazmuni hamda ularga erishish vositalarini tanlash to‘g‘risidagi masalani u yoki bu tarzda echayotgan inson hayotining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar qatoriga kiradi. Xulosalar. Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida o‘z holicha emas, balki vujudga kelgan qadriyatlarga munosabatlar tizimi zaminida muhim o‘rin egallaydi. Qadriyatlarning butun rangbarangligini uch asos: ijtimoiy hayot sohalariga, sub’ektlarga, qadriyatlarning jamiyat hayotidagi roliga ko‘ra tasniflash mumkin. Quyidagilar inson uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi: qadriyat sifatidagi hayot, qadriyat sifatidagi sog‘liq va qadriyat sifatidagi erkinlik.


Adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b 2. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947sonli Farmoni. 3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.
Yüklə 31,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin