1. Kirish Populyatsiya tushunchasi. Populyatsiya strukturasi



Yüklə 36,54 Kb.
səhifə2/5
tarix26.12.2023
ölçüsü36,54 Kb.
#198041
1   2   3   4   5
POPULYATSIYALARDA ENDIVIDLAR SONI MIQDORI VA TAQSIMLANISH STRUKTURASI

2. Populyatsiya tushunchasi
Populyatsiya – tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashish reaksiyasiga ega bo‘gan, o‘z-o‘zini ishlab chiqaruvchi, bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiluvchi bir turga mansub har xil individlar majmuasidir. Bu o‘z-o‘zini boshqaruvchi ochiq sistema bo‘lib, tur mavjudligining elementar formasidir. Tabiatda turlar ikki guruhga ajratiladi.
Polimorf turlar - bir-biridan farq qiluvchi bir nechta populyatsiyalar mavjud bo‘ladi.
Monomorf turlar - bitta populyatsiyasi mavjud. Ikkala turlar populyatsiyasi ham har xil yashash muhitining tа’siri tufayli sodir bo‘ladi. Biologik polimorfizm qanchalik yaqqol ko‘zga tashlansa, individlar shuncha rang-barang bo‘ladi va tashqi muhitning ritmik va tasodifiy o‘zgarishlariga asosan moslashadi. Shu sababli mo‘tadil mintaqada tarqalgan turlar tropik, ekvatorial mintaqadagi turlarga nisbatan murakkab strukturaga ega. Doimo tor arealda yashovchi turlarga nisbatan keng doirada, akvotoriyada yashovchi turlar polimorf sanaladi.
Bu birinchi navbatda energetik hamda hayotiy resurslardan foydalanish hisoblanadi.
Energiya o‘zlashtirilishi – populyatsiyalar strukturasi to‘g‘ri-ligi va rivojlanishining asosiy tendensiyasi sanaladi.N.P.Naumov (1977) tа’kidlaganidek «muhit organizmlar uchun o‘zaro aloqala-rini to‘plash va uzatish uchun platsdarm bo‘lib qolmasdan popu-lyatsiya а’zolari uchun biologik signal berish maydoni ham sanaladi».
Ko‘pgina hollarda suv havzalarida plankton va neyston orga-nizmlarning alohida populyatsiyasini aniqlash nihoyatda mushkul bo‘ladi.
Ayniqsa suvda yashovchi organizmlar ichida bir turga mansub individlarning uzoq vaqt davomida aloqasi davom etadi, lekin bu populyatsiya o‘z-o‘zini ishlab chiqarmaydi. Bu biotopda individlar turli yo‘llar bilan (daryo oqimi, shamol va hakozolar) tashqaridan keltiriladi. Bu psevdopopulyatsiya deyiladi.
Populyatsiyalarning biologik sistema sifatida yangi xarakterli sifatlari alohida individlar xususiyatidan kelib chiqmaydi. Bu populyatsiya miqdori, zichligi, dispersiya, jinsiy va yosh struktu-rasi, organizmlararo o‘zaro aloqa, tug‘ilish soni va biomassa-sining o‘sishi, o‘lim va boshqa xarakterli belgilardir.
Yuqorida ko‘rsatilgan xarakterli belgilar parametrlari doimo o‘zgarib turadi (tur imkoniyatlari diapazonida). Sistemani o‘z-o‘zini rivojlantirish hisobiga biosferadagi maksimal roli ortadi.

Xar bir tur organizm tabiatda ma’lum maydonni ishg’ol qiladi va bu maydon turning areali deyiladi. Odatda turning areali juda katta maydondan iborat bo’ladi.Shu sababli tur arealining turli qismlarida yashash muhitining xususiyatlari turlicha bo’ladi.Arealning turli qismlarida yashovchi individlar ham o’z xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.Arealning ma’lum qismida yashovchi individlar yigindisi populyatsiya deb qaraladi. Populyatsiyaga to’liqroq qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin: ―O’z-o’zini boshqarishga qobiliyatli, shu turning boshqa individlaridan zamonda va makonda alohidalashgan bir turga mansub organizmlar majmui populyatsiya deb ataladi‖ Odatda, ayrim olingan turlar ko’p populyatsiyalarni uz ichiga oladi. Populyatsiya guruhli birlashma bo’lib, ayrim olingan individlar ega bo’lmagan quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 1) Populyatsiya soni - populyatsiyadagi individlarning umumiy soni; 2) Populyatsiya zichligi - maydon birligidagi individlar soni; 3) Tug’ilish - vaqt birgigi ichida paydo bo’lgan yangi individlar soni; 4) O’lim - ma’lum vaqtda nobud bo’lgan individlar soni; 5) Populyatsiya sonining o’sishi- o’lim va tug’ilish o’rtasidagi farq; 6) O’sish tezligi - vaqt birligi ichida populyatsiya sonining o’zgarishi. Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri o’z-o’zini boshqarishidir, ya’ni uzoq muddat sonini bir xilda saqlab turishidir.Bu xususiyat populyatsiya gomeostazi deyiladi.Populyatsiya tushunchasi ekologiyaning markaziy tushunchalaridan biridir.Ekologiyaning populyatsiyalarni o’rganuvchi bo’limi ―populyatsiyalar ekologiyasi‖ deb ataladi. Populyatsiyalar ekologiyasi XX-asrning 30-yillarida paydo bo’lgan va bu fanning asoschisi ingliz olimi Ch.Elton hisoblanadi.



Yüklə 36,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin