Mavzu: Klassik iqtisodiy maktabning to’la shakllanishi. Adam Smet va Davit Rikardo iqtisodiy ta’limotlari. Klassik iqtisodiy maktabga muqobil g’oyalarning moxiyati.
Reja:
1. Klassik iqtisodiy maktabning to'la shakllanishi.
2. A. Smitning iqtisodiy g'oyalari. Uning «Xalqlar boyligi...» asaridagi iqtisodiy qarashlar
3. D.Rikardoning iqtisodiy ta'limoti
4. K.Rodbertusning iqtisodiy g’oyalari XVIII asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho'qqiga ko'tarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda Angliyada chuqur iqtisodiy, sosial va siyosiy o'zgarishlar ro'y berayotgan edi.
Angliya jahonda eng rivojlangan va sanoatlashgan davlatga aylana boshladi,
iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda kapitalistik munosabatlar hal qiluvchi o'rinlarni egalladi. Mamlakatda yuksak rivojlangan qishloq xo'jaligi va tez o'sayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib borilardi. Yangi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol bo'lib, ishchilar, sohibkorlar, er egalari lendlordlar va fermerlar bor edi. XVIII asr o'rtalariga kelib
Angliyada amalda dehqonlar, ya'ni yomenlar sinfi chegaralash agrar islohoti tufayli tarix saxnasidan tushdi. Kapitalning dastlabki jamg'arilishi natijasida hosil bo'lgan pul kapitali (manbalari: past ish haqi, mustamlaka siyosati, ayniqsa noekvivalent savdo, qul savdosi, erlarning dehqonlardan tortib olinishi, bosqinchilik urushlari va boshqalar) tobora ko'p miqdorda sanoat va qishloq xo'jaligiga qo'yila boshladi. Yirik markazlashgan manufakturalar va kapitalistik fermalar tobora muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Agar XVIII asr boshida mamlakat hali agrar holatda bo'lsa, sanoatning iqtisodiyotdagi hissasi tobora tez o'sib bordi. Angliya industrial agrar davlatga aylandi. Manufakturalar soni oshdi, ulardagi ishchilar soni ko'paydi, ishchilarning ahvoli nihoyatda og'ir bo'lib, qattiq ekspluatasiyaga duchor qilindi.
Manufakturalar soni tez oshib borgani bilan ichki va tashki bozordagi o'sib borayotgan mahsulotlarga bo'lgan talab to'la qondirilmas edi, taklif esa etarli emas edi. Asr o'rtasida Angliya boshqa mamlakatlarga nisbatan manufakturadan fabrikaga o'tishga yaqin turar edi. Angliya sanoat inqilobi arafasida edi. Mamlakatning sanoat mahsulotlari jahon bozorida yuqori baholangan va talab tobora ortgan, ammo davlat tomonidan kiritilgan savdo-sotiqdagi proteksionizm siyosati, feodalizm davridagi bir qancha tartib va cheklashlar, qonunlar davr talabiga javob bermay qo'ydi, ularning borligi kapitalizm rivojiga to'sqinlik qilar edi. Hali kam sonli savdo va sanoatdagi sohibkorlar sinfi bu davrda progressiv o'zgarishlar tarafdori edi, ammo ekspluatasiya usullari ishchilar sinfining qarshiligiga uchray boshladi. Undan tashqari, yangi o'zgarishlarga hali ancha kuchli va uyushgan dvoryanlar sinfi ham to'siq edi. Angliya sanoati egalari erkin sohibkorlik
faoliyatini kuchaytirishni, feodalizm qoldiqlarini tugatishni talab qilardi. Shu sababli sohibkorlar sinfi yangi kapitalistik ishlab chiqarish usulini ilmiy jihatdan to'la tahlil qiladigan iqtisodiy ta'limotlarga muhtoj edi.
Shunday qilib XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi choragida Buyuk Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy g'oyalarning rivojlanishi uchun nihoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu g'oyalar A.Smit va D.Rikardo ta'limotlarida o'z aksini topdi. Bu tadqiqotlar aslida sohibkorlar mafkurasini himoya qilgan bo'lsa ham, bu mafkuraning apologetlari (ko'r-ko'rona ataylab yoqlovchilari) emasdilar, ular o'z asarlari va yaratgan ta'limotlarida bu tuzumning barcha faoliyatini to'la-to'kis ma'qullamadilar, uni bo'yab ko'rsatishga urinmadilar, bu jamiyatdagi ilg'or tomonlarni ko'rsatish bilan birga undagi ko'pgina qarama-qarshilik va nuqsonlarni ochib tashladilar, ishchilar sinfiga, uning ahvoliga achinish, rahm-shafqat va xayrihohlik munosabatida bo'lganlar. Ular tomonidan yaratilgan ta'limot ingliz klassik iqtisodiyotining asosi bo'ldi va jahon iqtisodiyot fikriga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu olimlar o'zlaridan avvalgi merkantilizm, ilk klassik maktab va fiziokratizm g'oyalarini mukammal o'rganib, shular asosida yangi iqtisodiy maktabning shakllanishini nihoyasiga etkazdilar. Aslini olganda ular bozor iqtisodiyoti asosini yaratdilar. Klassik maktabning to'la shakllanishida ayniqsa sanoat inqilobi katta rol o'ynadi (bu ibora muomalaga 75-80 yil ilgari taniqli tarixchi A.Toynbi tomonidan kiritildi va Toynbining o'zi buni 1760 yilda Shotlandiyadagi yirik Kerron metallurgiya zavodining ishga tushishi bilan bog'laydi). R.Xeylbroner va L.Turoularning fikriga ko'ra shu davrda bozor jamiyati («rnochnoe obestvo») vujudga keldi (bozor iqtisodiyoti avvaldan mavjud). Avvalgi barcha tizimlarda iqtisodiy hayotni tashkil etish usulida an'analar hokimiyati va buyruqlar doim ustun bo'lgan. Bozor tizimida esa barcha erkin bozor talablari doirasida sohibkorlik bilan ixtiyoriy shug'ullanadilar, an'analar yoki kimlarningdir buyrug'iga bo'ysungan holda ish yuritmaydilar. Bu tizimda odamlar ish tanlashda to'la erkinlikka ega bo'libgina qolmasdan, ishni ham o'zlari qidirishi kerak. Bunga qarama-qarshi bo'lgan jamiyatda qullar yoki an'analar bilan cheklangan hunarmandlar oldindan o'zlarining ma'lum vazifalarini bajarganlar va uni o'zgartirish juda katta qiyinchiliklarni tug'dirgan. Bozor tizimida har bir inson erni erkin sotib olishi yoki sotishi, ferma esa o'z navbatida osonlik bilan savdo markaziga aylanishi mumkin. Bu tizimda kapital bozori paydo bo'ladi va ishlab chiqarishda doimo boylik oqimi, ya'ni banklar va boshqa moliya kompaniyalari tomonidan tashkil etiladigan jamg'arma va investisiyalar oqimi vujudga keladi, qarz oluvchilar bu boyliklardan foydalanganligi uchun foiz to'laydilar. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan mehnat sarflari, er va kapitallar ishlab chiqarish faktorlari (omillari) deb ataladi (bu masalalar keyinroq qarab chiqiladi). Kapitalizmgacha ishlab chiqarish faktorlari umuman bo'lmagan, degan qisqacha xulosalar chiqariladi. Albatta inson mehnati, tabiiy resurslar, shuningdek er va ishlovchilar san'ati doim bo'lgan, ammo mehnat, er va kapital tovar emas edi. Mehnat krepostnoy yoki qullarning ijtimoiy vazifasiga aylanib, bu mehnatga haq to'lanmagan. Krepostnoy dehqon undan tashqari o'z xo'jayiniga erdan va qurolyarog'dan foydalanganligi uchun obrok to'lagan. Yer harbiy yoki fuqarolik hokimiyatining asosi hisoblangan. Kapital xazina yoki hunarmandlarning asbob-uskunalari sifatida qaralgan va u bozor bahosiga egabo'lmagan. Qanday qilib haq to'lanmaydigan mehnat, renta puli keltirmaydigan yer va shaxsiy xazina ishlab chiqarish faktoriga aylanib qoldi? Bu kapitalistik tuzumni keltirib chiqargan inqilob bilan bog'liq. Bu o'zgarishlar tarixan uzoq davrni (XVXVI asrlar) o'z ichiga olib, ba'zida asta-sekin, ba'zan esa to'fon kabi o'rta asrlarning urf-odatlarini emirib bordi va jamiyatni hozir biz biladigan bozor jamiyatiga olib keldi. Ayniqsa Angliyada bu jarayon ertaroq boshlandi va biz yuqorida eslatgan dehqonlarni shafqatsizlik bilan o'z erlaridan siqib chiqarish yo'li bilan amalga oshirildi. Asosiy maqsad bu erlarni lendlordlarga berish va yaylovga aylantirib, qo'y boqish, uning junidan manufakturalarda mato to'kish edi. O'z erlaridan mahrum bo'lgan ijarachilar shaharlarga ketishga va u erda o'z ishchi kuchini ishlab chiqarish faktori sifatida sotishga majbur edilar. Fransiyada ham shu kabi o'zgarishlar ro'y bera boshladi, demak, bundan shunday qisqacha xulosalar chiqarish mumkinki, bozor jamiyati uchun hayotiy zarur bo'lgan ishlab chiqarish faktorlari tarixiy o'zgarishlar tufayli yuzaga keldi. Oqibatda mehnat tovarga aylandi, avloddan avlodga meros bo'lib o'tadigan er ko'chmas mulk bo'lib qoldi va uni sotish, sotib olish mumkin bo'lib qoldi, xazina esa kapitalga aylandi. Ammo kapitalizmning iqtisodiy erkinligi ba'zilar uchun yutuq, ko'pchilik uchun esa qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Ko'tarilayotgan savdo sohibkorlar uchun yangi hayotga yo'llanma va yangi ijtimoiy holat bo'lsa, kambag'allar sinfi uchun esa o'z holatidan chiqib olish uchun imkoniyatdir, chunki avvalgi holatda bunday asos yo'q edi. Lekin iqtisodiy erkinlikning muhim tomoni yana shuki, unda har kim birovning hech qanday yordamisiz hayot girdobida yashash uchun kurashishi kerak bo'ladi. Ko'pincha savdogarlar va boshqa xodimlar bu to'fonda o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketadi. Shunday qilib, bozor tizimi bir tomondan turli qiyinchilik, ishonchsizlik, azob-uqubat
sababi bo'lsa, shu vaqtning o'zida taraqqiyot, imkoniyat va yutuqlar manbai hamdir. XVIII asrning ikkinchi yarmida «Texnik yo'nalishda»gi ishbilarmonlar guruhi iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlarni vujudga keltirdi. Sanoat inqilobidastlab engil sanoatda, xususan, to'qimachilik sohasida boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nihoyalandi. J.Key to'quv mokisini, 1733 yilda J.Xargrivs o'z qizining nomi bilan atalgan «Jenni» mexanik to'quv dastgohini kashf etdi. Mexanik K.Vud uni 1772 yilda takomillashtirdi, 1783 yilda esa S.Krompton «myulmashina»ni yaratdi, 1785 yilda E.Kartrayt mexanik to'quv stanogini ijod qildi, bu dastgoh 40 odamning ishini bajarardi. R.Arkraydning to'quv mashinasi esa bu sohaning unumdorligini keskin oshirdi.
Ishlab chiqarishning energetik bazasi qo'l va suv oqimidan 1782 yilda J.Uatt tomonidan ishlab chiqilgan bug' mashinasi ixtiyoriga o'tishi muhim o'zgarish bo'ldi, bu mashina asosida 1805 yilda bug' kemasi-paroxod yaratildi, 1811 yilda J.Stefenson parovoz yasadi, 1830 yilda esa Manchester-Liverpul temir yo'li qurildi. Metallurgiya sohasida 1735 yilda A.Derbi pistako'mir o'rniga toshko'mirdan foydalanib, domna pechidan nisbatan sifatli vako'proq miqdorda metall olish yo'lini topdi. J.Uilkinson hamma narsa, ko'prik, quvur va hatto paroxod ham metalldan bo'lishi kerak, degan g'oyani ilgari surdi. Temirdan paroxod yasalganida uning suvda suza olishiga hech kim ishonmadi. Sanoat inqilobi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda keskin o'zgarishlarga olib keldi. 17011802 yillar oralig'ida to'qimachilik rivoji tufayli Angliyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga o'sdi. 1788-1838 yillarda cho'yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming tonnagacha oshdi.
Fransiyada 1815 yildan keyingi 30 yil ichida temir olish 5 marta, toshko'mir qazish 7 marta, yuk tashish hajmi 10 marta ko'paydi. Vaholanki, A.Smit davrida Shotlandiyaning ayrim joylarida mix pul o'rnida ishlatilgan. Bu o'zgarishlar, ya'ni texnikaning kirib kelishi buyum tovarlar turini keskin oshirdi, ilgari ayrim odamlargagina tegishli bo'lgan narsalar (poyafzal, qog'oz, stul, deraza oynalari) kundalik buyumlarga aylanib qoldi. Asta-sekin kapitalizm hayot darajasining o'sishiga olib keldi, moddiy ne'matlar turi sistematik ravishda doimo ko'paydi, sifati yaxshilandi, eng muhimi bu imkoniyatlardan jamiyatning aksariyat qismi foydalandi. Bunday jarayon ilgari hech ham bo'lmagan edi. Jamiyat ishlab chiqarish apparatining absolyut ko'rsatkichlari texnika ta'siri ostida keskin oshdi. Bu jarayon ishlab chiqarishda qo'llaniladigan asbob-uskunaning ko'payishi, asosan temir keyin pulatdan yasalgan texnologiyalar ortishi bilan boshlandi. Temir oluvchi
oddiygina pechlar o'rniga gigant inshootlar paydo bo'ldi, oddiy to'quv dastgohlari ham katta uylarga zo'rg'a joylanadigan mexanizmlar bilan almashtirildi.
Agar avvalgi korxonada boryo'g'i 10 kishi ishlagan bo'lsa, XIX asrning birinchi choragida to'qimachilik fabrikalarida 700 dan ortiq ishchi bo'lgan. Ayrim korxonalardagi ishchilar soni kichikroq shahar aholisiga tenglashdi. Masalan, 1929 yil «Ford-Motor Kompani»da 174 ming odam ishlar edi, hozir ularning soni 800 mingtaga etgan. Mehnat taqsimoti nihoyatda kuchaydi, bu esa mehnat unumdorligining asosiy sababidir. Siyosiy sohada ham muhim o'zgarishlar ro'y berdi, demokratik, parlamentar institutlar yuzaga kela boshladi. Lekin shuni ham aytib o'tish kerakki, bu inqilobiy o'zgarishlarni hamma ham to'la tushunib etmadi. Masalan, A.Smit mashina va fabrikalarni ko'rgani holda manufakturani qo'lladi, Angliya kelajagi qishloq xo'jaligi bilan bog'liq deb o'yladi. 2. A. Smitning iqtisodiy g'oyalari. Uning «Xalqlar boyligi...» asaridagi iqtisodiy qarashlar Adam Smit (17231790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona chinovnigi oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta'lim oldi, u erda falsafa, adabiyot, tarix fanlari bilan birga fizika va matematikani ham o'rgandi. A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy leksiyalar o'qiy boshladi. Glazgo universitetining professori lavozimiga saylandi, keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759 yilda o'qigan leksiyalari
asosida etikaning falsafiy muammolariga bag'ishlangan o'zining
birinchi «Ahloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi. Uning iqtisodchi bo'lishiga Glazgodagi o'ziga xos siyosiy iqtisod klubidagi ishtiroki, qisman filosof va iqtisodchi David Yum bilan do'st bo'lganligi ta'sir etdi. Ammo u 1764 yilda universitetdagi ishini tashlab bir ingliz aristokratning
Adam Smit oilasiga tarbiyachi bo'lib keldi (gersog Baklyu). O'z tarbiyalanuvchisi bilan Evropa bo'ylab sayohatga chiqdi, Shveysariyada Volter, Fransiyada Didro, fiziokratlar F.Kene va A.Tyurgo, D`Alamber, Gelvesiy, Golbax va boshqa taniqli progressiv olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar olimning dunyoqarashini shakllantirishga katta ta'sir qildi.
U 1766 yilda o'z yurtiga qaytdi va o'zining bosh asari - «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to'g'risidagi tadqiqot»ni yozishga kirishdi, bu asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy prinsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar
tizimiga aylandi A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo'lib, birinchisida qiymat va qo'shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamg'arilishining shakllanishi davrida Evropaning iqtisodiy rivojlanishi, uchinchisida turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, to'rtinchisida - merkantilizm va fiziokratlarning ta'limotiga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. Bu ajoyib asar A.Smit tirikligidagi davrda to'rt marta, o'limdan asr oxirigacha uch marta takroran nashr etildi. Bu asardagi qisqacha xulosalarlar keng jamoatchilikni faqat Angliyadagina emas, balki chet ellarda ham qiziqtirib qoldi. Rossiyada bu asarning tarjimasi birinchi marta 1802-05 yillarda chop etildi. 1778 yilning boshida Edinburg shaxridagi bojxona kommissari lavozimiga
tayinlandi va umri oxirigacha shu erda ishladi. Zamondoshlarining eslashicha, A.Smit nihoyatda xushmuomalali inson bo'lgan, ammo shu bilan birga afsonoviy parishonxotir ham ekan. O'sib borayotgan sohibkorlar uchun bu asar ayniqsa asqotdi, feodalizm qoldiqlarini tugatish uchun qimmatli qurol bo'ldi. Yangi kapitalistik, ya'ni bozor iqtisodiyotining klassik ta'limoti yaratildi. A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi munosabat klassik maktab qarashlarining asosini tashkil etadi. Bunda «iqtisodiy odam» tushunchasi keyinroq paydo bo'lishiga qaramasdan, uning kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar. A.Smit tadqiqot predmeti va metodologiyasi.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy-turmush darajasini oshirish muammolari A.Smit tadqiqotining predmetini tashkil etadi. Qanday shart-sharoitlar va qanday qilib va qanday qilib insonlar yuqoriroq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar degan fikr asarning asosiy g'oyasini aks ettiradi. Iqtisodiy o'sishning pul shakli inkor etiladi va moddiy ne'matlar yaratish asosiy deb qaraladi, bular esa faqat ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi va shu sababli ustuvor deb hisoblanadi. Ammo qaysi (sanoat, qishloq xo'jaligi) soha afzalligi aniq aytilmaydi. Asarning 2-kitobida dehqonchilikka kapital qo'yish yaxshiroq samara beradi deb o'qtiriladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat tovarlarni narxi pasayish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxi esa o'sish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. Demak, shunday qisqacha xulosalar qilish mumkinki, agrar soha ustun (bu xato). Metodologik jihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm konsepsiyasiga, ya'ni fiziokratlarning tabiiy tartibi, yanada aniqroq bozor iqtisodiyoti munosabatlariga
asoslanadi. Olim o'z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba'zi bir shunday tabiiy xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog'liq emas, degan qisqacha xulosalarga asoslanadi. Ana shunday xususiyatlardan biri egoizm (xudbinlik) bo'lib, odamlar o'z xo'jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim shaxsninggina manfaatlari jamiyat manfaatariga mos tushadi, deb uqtiradi u. Har bir odam o'z shaxsiy manfaatini ko'zda tutadi, ammo bu holatda ko'p boshqa holatlardagi kabi, u «ko'rinmas qo'l» tomonidan uning niyatida ham bo'lmagan maqsad sari yo'naltiriladi... Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlarga intilganidan ko'ra ko'proq haqqoniy ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. «Ko'rinmas qo'l» - bu ob'ektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Bu qonunlar odamlarning xohish-irodasidan qat'i nazar, odatda unga qaramaqarshi harakat qiladi. Har bir odam ko'proq foyda olish uchun
kapitalni imkoni boricha qulay ishga joylashtirishga urinadi, chunki u jamiyatning emas, balki avvalo o'zining shaxsiy manfaatini ko'zlaydi. Ammo inson o'z shaxsiy manfaatini o'ylagan paytda, bu holat tabiiy, yoki aniqrog'i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat uchun ko'proq naf keltiruvchi mashg'ulotni tanlaydi va shu ish bilan
shug'ullanadi. Shunday qilib, Smitning ta'rifi bo'yicha, foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (biz Sovet hokimiyati davrida uzoq yillar davomida bu fikrga qarshi kurashib keldik).
Hozirgi davrda barchaga yaxshi ma'lum blgan «ko'rinmas ko'l» iborasi bilan birga «iqtisodiy odam» tushunchasi ham kiritildi. Unga ko'ra, shaxsiy manfaatlar tufayli savdo va almashuv jarayoni amalga oshadi. «Menga kerak bo'lgan narsani bersang, men senga kerak bo'lgan narsani beraman», qabilida, ya'ni shaxsiy manfaatlarning talabini qondirish yo'li tutiladi, ya'ni gap kimningdir sahiyligida emas.
Iqtisodiy rivojlanishning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlarning o'zaro nihoyatda samarali harakati sharoitlarini A.Smit «tabiiy tartib» deb atagan. A.Smit va uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy siyosatning tamoyili va maqsadi bo'lsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy harakatni o'rganish uchun nazariy konstruksiya yoki modeldir. Demak, jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklamaslik kerak, degan qisqacha xulosalar chiqariladi.
Bu tamoyilga ko'ra quyidagilar taklif etiladi:
1. Ishchi kuchining erkin harakati;
2. Savdoda (yer savdosida ham) to'la erkinlik;
3. Sanoat va ichki savdoni hukumat tomonidan reglamentasiya qilishga qat'iy qarshilik;
4. Erkin tashqi savdo (proteksionizmga qarshi).
Olimning bu g'oyalari keyinchalik to'la amalga oshdi. A.Smit kapitalistik jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan, shuning uchun kapitalistik munosabatlar abadiy, kapitalistik xo'jalik namoyandalarining xususiyatlari odamning tabiiy xususiyatlari kabidir, deb izohlaydi (bu fikrning qanchalik to'g'riligini tarix ko'rsatadi). A.Smitning tushunchasi bo'yicha iqtisodiy hayot shunday jarayonki, u ayrim kishilarning xohishiga bog'liq bo'lmagan ob'ektiv qonunlarga bo'ysunadi. Buqonunlar tabiiydir, insonning tabiatidan kelib chiqqan xo'jalikning «tabiiy» qonunlarini ochishga intilgan olim amalda kapitalistik ishlab chiqarishni tadqiq etdi. A.Smit iqtisodiy haqiqatga oid faktlarni qanday bo'lsa shunday holda, bevosita kuzatuvchiga qanday ko'rinsa shunday o'rganish bilan cheklanmasdan, «tabiiy baho», «tabiiy norma», ish haqi va boshqalarning nimaga bog'liq ekanligini aniqlashga urindi.
Buning uchun u mantiqiy abstraksiya yordamiga tayanib ish yuritdi. U tasodifiy voqealardan holi ravishda kapitalistik xo'jalikning ayrim xususiyatlari to'g'risida qator muhim qisqacha xulosalarlar chiqardi. Shu bilan birga u boshqa vazifa - aniq iqtisodiy hayotni izohlashni ham o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. U shu maqsadda shundokkina
ko'rinib turgan kapitalistik xo'jalik voqealarini izohladi va ma'lum sistemaga soldi.
A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib qator chuqur ilmiy qisqacha xulosalarlarga keldi, hodisalarning ichki bog'lanishi masalalariga kirib bordi. Shunga parallel ravishda u boshqa yo'ldan ham bordi, kapitalistik haqiqat to'g'risidagi bevosita kuzatish natijalarini umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi.
D.Rikardoning iqtisodiy ta'limoti
Ingliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyandasi David Rikardo (1772-1823)
Petti va Smitning iqtisodiy g'oyalarini yanada rivojlantirdi. U Londonda sohibkor
dallol yahudiy oilasida tug'ildi, 14 yoshidan otasiga yordamchi bo'ldi. Ikki yilAmsterdamda (Gollandiya) savdo maktabida ta'lim oldi. shligidayoq birjadagi qulay operasiyalar tufayli katta boylik to'pladi (1793-1812). Boyigach, tabiiy fanlar bilan, keyinchalik siyosiy iqtisod bilan shug'ullandi. U matematika, fizika, ximiya va biologiyani mustaqil o'rgandi. D.Rikardo dastlab birja dalloli, keyinroq matematika o'qituvchisi bo'ldi, ikki marta sherif (polisiya boshlig'i) etib saylandi,
1819-1823 yillarda Angliya parlamentining a'zosi edi. Parlament minbaridan
o'zining ilg'or iqtisodiy fikrlarini tarqatish maqsadida foydalandi, erkin savdoni talab etdi, proteksionizm va pul muomalasi sohasidagi davlat siyosatini tanqid qildi. Tarixiy manbalarga qaraganda, D.Rikardo 1799 yilda
kurortda A.Smitning «Xalqlar boyligi...» asarini ko'rib qoladi va unda bu fanga ishtiyoq paydo bo'ladi. Bu fan bilan mashg'ulot uning uchun asosiy sohaga aylanadi. U hammani qiziqtirgan eng asosiy muammolarga javob berishga harakat qildi. U jamiyat moddiy boyligi o'sishi uchun ijtimoiy ishlab chiqarish va taqsimotning qanday sharoitlari eng qulay va optimal degan masalaga to'xtaladi. D.Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosida pul muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, er rentasi, xalqaro mehnat taqsimoti to'g'risida funadamental fikrlar berdi. David Ricardo. Iqtisodchi J.S.Mill bilan do'stona munosabatda bo'lgan. Smitdan keyinroq yashagan D.Rikardo sanoat inqilobi natijalarini to'laroq
tushundi, uning fikrlari nisbatan teran bo'lib, klassik iqtisodni nihoyasiga etkazdi; u sanoat davrining iqtisodchisi edi. Uning dastlabki «Oltin ajdahosi to'g'risida uch
xat» (1809 y.) va boshqa asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga
bag'ishlandi. Millning tazyiqi bilan 1817 yilda uning asosiy asari bo'lgan «Siyosiy
iqtisod va soliq solishning boshlanishi» chop etildi. 1824 yilda yozilgan «Milliy
bank tuzishning rejasi» asari esa uning vafotidan keyin bosilib chiqdi.
Rikardo umrining oxirgi 4 yilini Angliya parlamenti a'zosi sifatida o'ziniig
iqtisodiy g'oyalarini amalgaoshirish uchun sarfladi. Parlamentda «non qonunlari»n
bekor qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish, erkin savdo va erkin matbuot, yig'ilishlar erkinligini qo'llovchi nutqlar bilan chiqqan. 1821y. u tomondan siyosiy iqtisod klubi tashkil etilgan. Tadqiqot predmeti sifatida «daromadlar taqsimotini boshqaruvchi qonunlarini aniqlash»dan iboratidir. Ishlab chiqarish (moddiy ne'matlar) sohasida yuzaga keladigan daromadlar taqsimlanishining ob'ektiv qonunlarini aniqlash bosh vazifadir. U Smitning g'oyalarini qo'llash bilan birga uni to'ldirdi va qarshi fikrlarni hm ilgari surdi. U kapitalistlar va ishchilarning manfaatlari bir-birlariga qarama-qarshi ekanligini ochib berdi, ma'lumki Smitda bu manfaatlar bir edi, Rikardo er egalarining manfaati ishchi va kapitalistlarnikiga qarshi deb uqtiradi. Rikardodagi bu o'zgarishlarga tarixiy, iqtisodiy va sosial omillar mavjud, ulardan eng muhimi shuki, XVIII asr oxiri va XIX asrning boshlarida Angliyada sanoat to'ntarilishi ro'y berdi va bu jarayon asosan nihoyasiga etkazildi. Oqibatda Angliya ko'p yillar davomida «dunyo fabrikasi» nomini oldi, sanoat ayniqsa tez o'sdi, ishchilar soni ortdi, shaharlar ko'paydi, lekin mehnatkashlarning qashshoqlanishi va ekspluatator sinflarning boyishi kuchaydi, ya'ni differensiasiya yuz berdi. Mashina sanoatining rivoji tufayli ish kuni 12-13 soatgacha uzaydi, mehnat sharoiti esa yomonlashdi, ishchilar mashinaning qo'shimcha qismiga aylandi, xalq ommasi
kurashga otlandi, ludditlar (mashina sindiruvchilar) harakati kuchaydi, fabrikalarga o't qo'yildi. Ammo sanoat inqilobi davrida proletariat hali yagona, uyushgan sinfga aylanmagan edi. Kapitalizm esa rivojlanayotgan tuzum edi, burjuaziya-sohibkorlar ham feodalizm qoldiqlariga qarshi chiqib, progressiv rol o'ynagan edi.
Demak, Rikardo Angliyada sanoat inqilobi davrining iqtisodchisi sifatida maydonga chiqdi (Smit esa manufaktura davrining iqtisodchisi edi). Rikardo shular tufayli iqtisodiy ta'limotni yuqoriroq pog'onaga ko'tardi.
K.Rodbertusning iqtisodiy g’oyalari
Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805-1875) Germaniyada, Shimoliy Greyfsvoldda tug’ildi. Gettingem va Berlin universitetlarida huquqdan tahsil olib, shu mutaxassislik bo’yicha ma‘lum vaqt ishladi. Burjua demokratik revolyutsiyasi yillarida parlament a‘zosi, keyinchalik vazir (ministr) lavozimlarida faoliyat ko’rsatdi. K.Rodbertus Germaniya mayda burjua iqtisodiy ta‘limoti vakili bo’lib, Sen-Simon va sotsialist- rikardochilar g’oyalari ta‘sirida edi. U utopik sotsializm va konservativ reformizm g’oyalari asosida o’zining eklektik konsepsiyasini yaratdi.1842-yilda K.Rodbertus «Davlat-xo’jalik tizimini bilish yo’lida» deb nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari «sotsial xatlar» shaklida yozilgan. U aynan shu kitobida qo’shimcha qiymat nazariyasini ko’rsatib o’tdi. U o’z fikrlarini yakunlab, shunday deb yozadi: «Agar ishlab chiqarish qanchalik yuqori bo’lsa, ishchining yashashi uchun zarur vositalardan tashqari ko’pgina iste‘mol buyumlarini yaratish mumkin. Bu chegirtma yerga xususiy mulkchilik va kapital mavjud sharoitda rentaga aylanadi va kishilar tomonidan mehnatsiz o’zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, renta olishning asosiy usuli yerga xususiy mulkchilik va kapitaldir» (К.Родбертус «К познанию нашего государственно-хозяственного строя. Пять теорем». M., 1935, стр. 115). K.Rodbertusning nazariyasi va qisqacha xulosalarlariga yuqori baho berish mumkin, chunki u A.Smit va D.Rikardo iqtisodiy ta‘limotlari bilan yaqindan tanish va bu ta‘limotlarni chuqur ilmiy tahlil qilgan edi.
Shuningdek, olim o’z xatlarining birida qo’shimcha qiymat va uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko’rsatganligini va aniq qilib tushuntirganligini yozadi. Bu bilan u o’zining qo’shimcha qiymat nazariyasidan Marks ijodiy foydalanganligini va hatto «o’g’irlab» o’ziniki qilganligini isbotlamoqchi bo’ladi. Shuni aytish zarurki, Marks ta‘limotiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o’ziga ham ma‘lum edi. Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sotsialistlari bu masalaniyana qayta ko’tardilar. Ularning asosiy maqsadlari Marks ta‘limotini kuchsizlantirish va uning ta‘sir doirasini kamaytirish edi. O’z davrida F.Engels bu fikrlar uydirma ekanligini va Rikardoning qiymat nazariyasidan so’lrikardochilar sotsialistik qisqacha xulosalarlar uchun K.Rodbertusdan oldinroq ko’rsatib foydalanganliklarini aytdi. Shuningdek, u K.Rodbertus qo’shimcha qiymatning foyda va yer rentasiga aylanish qonunini, kapitalistik sinflar o’rtasida qo’shimcha qiymatning taqsimlanishi, qonunni to’liq tushunmay, faqat renta nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko’rsatib o’tdi.
Haqiqatdan ham foyda va yer rentasini ishchilarga haq to’lamaslik samarasi deb hisoblash, bu hali qo’shimcha qiymatning ilmiy nazariyasini yaratish, degan gap emas edi. Ingliz sotsialist- rikardochilar bu masalada K.Rodbertusdan ancha ilgarilab ketdilar.
K.Rodbertusning iqtisodiy g’oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy asaridan tashqari ko’p jildli to’rtta «ijtimoiy xati»da bayon etilgan. Unda qiymatning mehnat nazariyasi sodda ko’rinishda tahlil qilingan. Qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat bilan aniqlanmasdan, balki barcha mehnat xarajatlari bilan aniqlanib, bu o’rinda bir xil mehnat xarajatlari har qanday ishlab chiqarishdan qat‘iy nazar bir xil qiymat hosil qiladi, deb ko’rsatiladi. Bundan tashqari mehnat doimo qiymatni vujudga keltirishi alohida ta‘kidlanadi. F.Engels «Falsafa qashshoqligi» asarining so’zboshisida K.Rodbertus qarashlaridagi bu holatni keskin tanqid qilib, o’zining qiymat nazariyasida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarakterini inkor etadi, deb yozadi.K.Rodbertusning fikricha, mehnat qiymat o’lchovi sifatida oltin va kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o’zgarmas o’lchov, deb hisoblaydi. Bu o’rinda «mehnat kunlari» ham izohlanadi. Lekin olim xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik tovar xo’jaligi sharoitida pulning zaruriyatini to’g’ri tushuntirib bera olmadi. K.Rodbertus o’zining taqsimot nazariyasida klassik maktab vakillari yo’l qo’ygan xatolarni takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch bosqichdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqichda K.Rodbertus ijtimoiy (milliy) mahsulotni ish haqi va rentaga bo’linishini ko’rib chiqadi. Ikkinchi bosqichda u rentani kapital va yer rentasiga bo’lishga o’tadi. Va nihoyat, uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer rentasining kapitalist va yer egalari o’rtasidagi taqsimotini ko’rib chiqadi. K.Rodbertus ijodiy faoliyatining so’nggi yillari qiymatning mehnat nazariyasidan uzoqlashib, mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta qurish loyihalarini e‘lon
qilish bilan bog’liq bo’ladi. Kapitalizmni Rodbertuschasiga isloh qilish sinfiy kurashsiz evolyutsion yo’l bilan amalga oshirishni ko’zda tutar edi. Bu yo’l keyingi islohotchilik yo’nalishidagi nazariy maktab tomonidan qo’llaniladi. Bu olimning asarlari rus tilida to’la chop etilgan.