Microsoft Word da tahrirlashda tartib qoidalariga e’tibor bering!!!!!!!
Axborot komunikatsiya texnologiyalari va Aloqa harbiy instituti
Ma’naviy Ma’rifiy ishlar uslubu
T-22 _guruh
Bajardi : To’lqinboyev Nodirbek
Tekshirdi : Abdujamilov A
Toshkent 2022
Obodlik ko’ngildan boshlanadi
Hikoya :
“Bir qishloqda ikki o’g’illi inson bor ekan . U spirtli ichimliklarga ruju qo’ygan ekan . Farzandlariga e’tibor bermas va topgan barcha pulini ichkilikka sarflar ekan . Oradan vaqtlar o’tibdi u inson vafot etibdi . Ikki o’g’illardan birisi katta korxonani boshlig’i bo’libdi , baxtli va tinch hayotga ega bo’libdi . Ikkichisi esa ichkilikka ruju qo’ygan , qamoqxonalarda umri o’tadigan insonga aylanibdi . Bu ikki xil holatni ko’rgan bazi qishloqdoshlari ikkisidan ham so’rashibdi “Qanday qilib bu holga kelding “ deb . Shunda birinchi o’g’il “Otamni sizlar ham tanisizlar , Boshqa qanday yo’l tanlashim mumkin edi” deydi.
Ikkinchi o’g’il ham huddi shunday javob beradi.”
Bu hikoyadan shuni tushunishimiz mumkunki : atrofdagi harqanday vaziyatdan har bir inson turlicha hulosa chiqarishi mumkin.
“Odobni odbsizdan o’rgan “ maqoli ham bejiz emas.
Yani to’g’ri hulosa chiqara olsak har qanday ishda ham bir hikmat bor.
To’g’ri qarorlar qabul qilish uchun aqlni shu bilan birga iymonni ham rivojlantirishimiz kerak . Iymoni va aqli butun xalqqa ega davlatning kelajagi ham porloq bo’ladi . O’z yurtini sevgan inson uning kelajagi uchun harakat qiladi , o’z ustida tinimsiz ishlaydi . O’z maqsadlari yo’lida turli mashaqqatlarga uchraydi . Lekin o’z maqsadlaridan aslo voz kechmaydi . Davlatni rivojlantirish , obod qilish insonni o’zidan boshlanadi .
Axir aytishadiku “Obodlik ko’ngildan boshlanadi”.
Xalqimiz tabiatan bunyodkorlikni, yaratuvchanlikni, obodlikni yaxshi ko‘radi. Buni yurtimizning har bir go‘shasidagi odamlarning turmush tarzidan, hayotiy tutumlaridan ham bilsa bo‘ladi. Deylik, bir kishi qurilish boshlasa, qo‘ni-qo‘shnisi, yaqinlari qarab turmaydi, hashar bo‘layotgan xonadonga albatta kirib keladi. Har biri o‘z hissasini qo‘shsam deydi. Bunday paytlarda hazil-mutoyiba va hamjihatlik, orzumandlik kayfiyati hukmron bo‘ladi. To‘g‘ri-da, odam uy timsolida o‘zining orzu-havasini quradi. Shuning uchun har bir qo‘yilgan g‘ishtdan, yuksalishdan ko‘ngli tog‘dek o‘sadi. Bu uyda yaxshi kunlar ko‘p bo‘lsin, deb niyat qiladi. Ana shunday ezgu niyatlar bilan odamlarning ongu tafakkuri o‘zgarib, nurlanib boradi.
Muhtaram Prezidentimizning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” kitobida keltirilgan “Ozod va obod yurtda yashaydigan, yangicha fikrlaydigan odamlarning uylari ham, ularning hayoti, turmushi ham go‘zal va farovon bo‘lishi kerak”, degan so‘zlarida katta hayotiy haqiqat aks etgan. Kitobni o‘qirkanmiz, ko‘z oldimizda bugun mamlakatimizda keng quloch yoygan yangilanish jarayoni bor bo‘yi bilan gavdalanadi. Bu jarayon – Istiqlolning ilk kunlaridanoq Yurtboshimiz tomonidan jamiyatga tatbiq etilgan ezgu g‘oyalarning hosilasidir.
Bizning ota bobolarimiz ,ajadodlarimiz o’g’ir kunlarni , yo’qchilini , azobni ,adolatsizliklarni boshlaridan o’tkazganlar.Lekin bunday kunlarda ham kelajakka bo’lgan umidlarini aslo so’ndirmaganlar . Jadidlar ularga qorong’u yo’llariga mash’ala , “Yo’qchilikda och qolgan ko’ngillarida ozuqa “ bo’lganlar . Kerak bo’lsa o’z hayotlaridan , ozodliklaridan voz kechganlar , lekin yurtimiz , xalqimizning ozodlikka tinchlikka bo’lgan umidlaridan voz kechmaganlar.
Bunday mard insonlarni maxbusga aylantirishning iloji yo’q.
Mahbusxona ularni faqatgina tanalarinigina bandi etolgan xolos , Umidlarini ,maqsadlarini , Iymonlarini emas.
Jadidlar
Mana shunday sharoitda bizni asl ildizlarimizga, azaliy qadriyatlarimizga, o‘zligimizga qaytarish, ko‘ngillarga obodlik, ruhiyatga ravshanlik olib kirish uchun Prezidentimiz ishni tarixiy adolatni tiklashdan boshladi. Sho‘roning qattol siyosati tufayli oyoqosti qilingan muqaddas ziyoratgohlar tiklandi, nomi unut bo‘lgan buyuk daholarimiz, aziz avliyolar, mutafakkir zotlarga ehtirom ko‘rsatildi. Ularning tabarruk xoki yotgan maskanlarni ziyorat etish ming-minglab ko‘ngillarga obodlik, xalq ruhiyatiga poklik, o‘ziga ishonch, g‘urur-iftixor bag‘ishladi.
Navoiy hazratlari aytganlaridek:
Dostları ilə paylaş: |