O’rinbosarni titrlash. Modda miqdorini to’g’ri va teskari titrlash usullari bilan aniqlab bo’lmsa o’rinbosarni titrlash usullari qo’llanilishi mumkin. Bunda aniqlanayotgan moddaga biror reagent qo’shiladi. Natijada kimyoviy reaksiya sodir bo’lib, reksiya mahsuloti miqdoran ajraladi. Ajralgan moddani biror mos keluvchi titrant bilan titrlanadi. Titrantning sarf bo’lgan hajmiga asosan ajralgan reaksiya mahsulotning massasi, reksiya mahsujlotining massasiga ko’ra aniqlanayotgan modda miqdori aniqlanadi.
.Reversiv titrlash Agar aniqlanayotgan modda havoda barqaror bo’lmasa unda reagentning standard eritmasini aniqlanayotgan modda eritmasi bilan tirlanadi, bu reversiv titrlash deyiladi.
Analizda moddalar aralashmalarini aniqlashda turli titrlash usullarini birgalikda, alohida –alohida qo’llash mumkin.
Konsentrsiyasi aniq bo’lgan va uning yordamida boshqa moddaning miqdori aniqlanadigan eritmalar standart yoki titrlangan eritmalar deyiladi.
Standart eritmalarning konsentrsiyalari istalgan usul bilan ifodalanishi mumkin. lekin ko’pchilik hollarda normal konsetrasiya va titr bilan ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: |