REJA:
1 Kompyuter qismlari va ular nima uchun kerak
Tashqi qismlar
1.2 Kompyuter ekrani
1.3 Kompyuter klaviaturasi
1.4 Kompyuter sichqonchasi
1.5 Kompyuterning markaziy birligi
2 Kompyuterning ichki qismlari
2.1 Kompyuter protsessori
2.2 Kompyuterning qattiq disk
2.3 Kompyuterning quvvat g'ishtlari (zaryadlovchi)
2.4 Kompyuterning RAM
2.5 Kompyuter video karta
2.6 Kompyuterning tashqi qurilmalari
Kompyuter qismlari haqida ma‘lumot K omyuter qismlari Agar Siz stolusti kompyuteridan foydalansangiz, unda Siz u yerdagi hech bir alohida qismni "kompyuter" deb atab bo‘lmasligini bilsangiz kerak. Haqiqattan ham, kompyuter – bu ko‘plab birga ishlaydigan qismlar tizimidir. Ko‘rish va ushlash mumkin bo‘lgan fizik qismlari texnik ta’minot deb ataladi. (Boshqa tomondan, Dasturiy ta’minot texnik ta’minotga nima qilish kerakligini aytadigan yo‘l-yo‘riqlar yoki dasturlarni o‘zida mujassam qiladi.) Quyida stolusti kompyuteri tizimining asosiy qurilmalari ko'rsatilgan. Sizning tizimingiz bir oz boshqacha bo'lishi mumkin, lekin unda ushbu qismlarning ko'pchiligi mavjud.
Noutbuk kompyuterlari ham bir xil qismlarga ega, lekin ular kitob ko'rinishidagi kichkina qutiga joylashtirilgan.
Stolusti kompyuteri tizimi Keling, uning har bir qismini ko‘rib chiqamiz.
Tizimli blok
Tizimli blok- bu kompyuter tizimining asosi hisoblanadi. Odatda, bu to‘rtburchak korpus, stol ustiga yoki tagiga joylashtiriladi. Korpus ichida ko‘plab ma’lumotlarni qayta ishlovchi elektron qismlar joylashgan. Ushbu tarkibiy qismlarning eng asosiysi --kompyuterning "miyasi" vazifasini bajaruvchi Markaziy protsessor (CPU) yoki mikroprotsessor hisoblanadi. Keyingi tarkibiy qism operativ xotira (RAM) hisoblanadi va u kompyuter yoqilgan vaqtda protsessorda ishlatiladigan ma’lumotlarni vaqtincha saqlanadi. Kompyuter o‘chirilgandan so‘ng operativ xotirada saqlanilayotgan ma’lumotlar o‘chib ketadi. Kompyuterning deyarli boshqa barcha qismlari kabellar orqali tizimli blokka ulanadi. Kabellar, odatda tizimli blokning orqa tomonida joylashgan, maxsus portlar (yoriqlar)ga ulanadi. Tizimli blokning tarkibiga kirmaydigan qism, uskunani, ba’zan tashqi qurilma yoki qurilma deb ataladi.
Saqlash ombori Kompyuterda bir yoki bir nechta disk jamlovchilarimavjud, ular ma'lumotlarni metal yoki plastmassa disklarda saqlaydigan qurilmalar. Xattoki, kompyuter o‘chirilganda ham disklardagi ma’lumotlar saqlanib qoladi.
Qattiq disk Kompyuterning qattiq disk jamlovchisi ma'lumotlarni qattiq diskda saqlaydi—u mahkamlangan yoki magnit yuzaga ega platterlar majmuidan tashkil topadi. Qattiq disklar katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlay olishi tufayli, odatda ular barcha fayllar va dasturlarni o‘z ichiga oluvchi asosiy saqlash vositasi sifatida xizmat qiladi. Odatda qattiq disk tizim blokining ichida joylashgan bo‘ladi.