1. Korporativ boshqaruv tizimida ichki auditning o\'rni
Fayl va aktivlarning xavfsizligi. Kutilmagan hodisalarni oldini olish maqsadida, kerakli fayl va hujjatlarni yonmaydigan seyflarda saqlash, o’t o’chirish moslamalariga ega bo’lishi va kerakli qo’llanmalar bo’lishi kerak. Elektr tizimining uzilishi yoki texnika tizimining ishdan chiqishi hisobga olgan holatda, kerakli ma’lumotlar va fayllarni qo’shimcha xotirada saqlab borish va zaxira elektr ta’minoti bilan ta’minlash.
Vazifalarni bajarilish bosqichlarini belgilovchi maxsus sxemalar bilan faoliyatni qat’iy belgilab berish. Bu kabi sxemalar bo’limlarning javobgarligi, ruxsat etilgan faoliyatlar bo’yicha, nazorat jarayonini hamda har bir faoliyatning qoidalari bo’yicha ma’lumotni o’z ichiga olgan bo’lishi lozim. Sxemadagi ma’lumotlar tushunarli holatda bo’lishi lozim va bu holat ma’lumotning xodimlarga o’z vaqtida etib borishida muhimdir.
Hisobga olish va nazorat qilish tizimiga yangi informatsion texnologiyalarni jalb qilish. Korporativ turdagi yirik iqtisodiy salohiyatga ega bo’lgan yirik korxonalarga, yangi va sifatli dasturlar bilan ta’minlangan texnologiyalar bosqichma-bosqich o’tish maqsadga muvofiqdir. Bu holat quyidagiga yordam beradi:
-mijozlar talablarini bajarish quvvatidagi muammolarni hal etish;
-xodimlarning faoliyat tizimidagi salohiyatini oshiradi;
-korxonaning boshqarish rejimini real masshtabdagi vaqtgda amalga oshirishini ta’minlaydi;
-tarmoqlar o’rtasidagi o’zaro aloqadagi faoliyatni amalga oshirilish samarasini oshiradi;
-ma’lumotlarni kompyuter tizimiga qo’l bilan kiritilishida yo’l qo’yiladigan kamchiliklarni bartaraf etadi.
Nazorat faoliyatini amalga oshirilishini hujjat bilan tasdiqlanishi. Muhim nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi har bir mas’ul shaxs, nazoratni amalga oshirilayotganligini tasdiqlash maqsadida muntazam ravishda yozma shaklda imzo bilan tasdiqlagan holatda hisobot berib borishi lozim. Bu kabi hisobot belgilangan koordinatsion markazga taqdim etilishi lozim. Hisobotni tekshirgan shaxs tomonidan ushbu hisobot tekshirilganligini tasdiqlash maqsadida imzo qo’yishi lozim. Bu qoida amalga oshirilishi ichki nazoratning har bir pog’onasini nazoratini tekshirib borish imkonini beradi.
Ichki nazoratchilarning majburiyatlarini doimiy ravishda qayta taqsimlash (rezervlarning, ichki auditorlarning hamda buxgalterlarning) nazoratning foydaliligini oshirish hamda o’z vazifalarini suiste’mol qilinishini oldini olish maqsadida xodimlar o’rtasida majburiyatlarni qayta taqsimlab borilishi lozim.
Buxgalterning majburiyatlarini doimiy ravishda qayta taqsimlanishi quyidagilarga yordam beradi:
-buxgalter tomonidan har bir faoliyatning o’zaro nazorati tufayli kamchiliklarning yuzaga kelishi ehtimoli kamayadi;
-bitta uchaskada ishlash orqali bir xil ishdan toliqishni oldini oladi va buxgalter ishining samarasini oshiradi;
-buxgalteriya xodimlarining uddaburonligini oshiradi.
Har tomonlama nazorat. Korxonaning boshqaruvi va uning rivoji uchun har bir tarmoqni har tomonlama nazorati muhimdir. Tekshiruv tadbirini rejalashtirishda, iqtisodiy, yuridik, ilmiy-texnikaviy hamda ijtimoiy bo’limlarini har tomonlama o’rganish lozim. Yo’riqnomani noto’g’ri tushunish, muhokamalarda xatolik, shaxsning beparvoligi, javobgar shaxsning parishonxotirligi yoki charchaganligi, jamoa o’rtasida kelishmovchiliklar, o’z lavozimini suiste’mol qilish va odobsizlik qilish hammasi ichki audit menejeri yoki xodimlar bo’limi e’tiborida bo’lishi lozim.
Nazorat obektlarning o’zaro bog’liqlarini tushunish. Agar biror-bir obektning nazoratida oqsoqlik yuzaga kelsa, bevosita muammoni yuzaga keltirgan vaziyat bilan ish olib borish. Bunday yondashish oqsoqlikning yuzaga kelishi sababini aniqlash hamda kelgusida takrorlanmasligini ta’minlaydi.
Tekshiruv jarayonida ichki audit tomonidan, kompyuter xotiralariga saqlab qo’yilgan buxgalteriya operatsiyalarida pul harakatlari noto’g’ri hisob raqamlarda aks ettirilganligi aniqlansa, bu holatda quyidagi choralar amalga oshiriladi:
buxgalteriya hisobi shakli bo’yicha yo’l quyilgan kamchiliklarni aniqlash
hamda ularni bartaraf etish;
amaliy buxgalteriya dasturining sifati yoki hajmi, dastur-texnika
kompleksiga baho berish;
v) xatoni e’tibordan chetda qoldirgan buxgalterning professional bilimiga baho
berish.