1. Korporativ boshqaruv tizimida ichki auditning o'rni



Yüklə 32,68 Kb.
səhifə2/4
tarix24.05.2023
ölçüsü32,68 Kb.
#121427
1   2   3   4
1. Korporativ boshqaruv tizimida ichki auditning o\'rni

Har bir sub’ektning nazorat oldida bo’lishi. Tashkilotda faoliyat ko’rsatib kelayotgan xar bir sub’ektning nazorat ostida bo’lishi. Har bir subektning biriqtirilgan ishni bajarishni boshqa subektlar tomondan tekshirilishi, lavozim majburiyatda qayd etilishi lozim. Bir qator sub’ektlar tomondan ichki nazoratning qanday darajada olib borilayotganligini birinchi navbatda korxona rahbari qiziqishi lozim. Shuning uchun ham bu kabi sub’ektlar faoliyatining nazorati, tashkilot rahbari har xil turdagi ekspertlar yoki tashqi audit xizmatidan foydalanish mumkin.

  • Qiziqishlarni cheklash. U yoki bu chetlashishlar holatlarida “nozik nuqta”larni tuzatib boradigan maxsus sharoitni yaratish kerak.

  • Birinchi darajali nazoratni bir kishiga yuklamaslik. Bu holat, ya’ni nazoratni bir kishiga yuklash, o’z faoliyatini suiste’mol qilish yoki boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

  • Boshqaruvning aralashuvi. Ichki nazorat tizimining faoliyati haqqoniyliksiz samarali bo’lmaydi, bu holatda boshqaruvning aralashuvi foydali bo’ladi.

  • Ichki nazorat sub’ektlarining insofliligi va to’g’riligi. Agar ichki nazorat faoliyatni olib boruvchi shaxslar bu kabi xislatlarni o’zida jam qilmas ekan, ideal darajada tashkil etilgan ichki nazorat tizim faoliyati ham samarali bo’lmaydi.

  • Ichki nazorat tizimi metodologiyasining maqbulligi. Tekshiruv maqsadi va vazifasi va oqilona bo’lishi lozim. Nazorat funktsiyasining taqsimlanishi, ichki nazorat tizimi va qo’llaniladigan metodlar maqsadga muvofiq bo’lishi kerak.

  • Nufuz. E’tiborga loyiq bo’lmagan faoliyat ustidan nazorat olib borishning foydasi yo’q va bu kerakli bo’lgan narsalar ustidan nazoratdan chalg’itadi. Qanchalik qiyin bo’lmasin strategik ahamiyatga ega bo’lgan joylarda nazoratni o’rnatish lozim.

  • Optimal markazlashuv. Ichki nazorat dinamiklik, barqarorlik, uzluksizlik talablari asosida tashkil etilganligi bu tashkilot tarkibiy tuzilishini optimal darajada tashkil etilganligini hamda ichki nazorat tizimi tashkilotning hajmi va murakkablik darajasiga javob berishi lozim. Har bir tizimda o’ziga xos kamchiliklar mavjud. Masalan ma’lumotning sekin harakati, qarorni kech qabul qilinishi yoki yuqori va quyi o’rindagilarning e’tiborini bir biriga mos kelmasligi.

    Har bir variantning kuchli va kuchsiz tomonlarini baholash lozim.

    1. Yagona javobgarlik. Har bir nazorat vazifasi bir markazning javobgarligiga biriqtirilgan bo’lishi lozim. Mas’uliyatsizlik yuzaga kelmasligi uchun alohida vazifalarni bir necha markazlarning javobgarligiga biriqtirilishiga yo’l qo’ymaslik kerak .

    2. Bo’sh joylarni potentsial faoliyatini ta’minlash. Alohida sub’ektlarning vaqtinchalik bo’lmasligi, ichki nazorat jarayonining buzilishiga olib kelmasligi kerak. Buning uchun har bir xodim, o’zidan yuqorida yoki past o’rindagi hamda bir yoki bir necha xodimning nazorat faoliyatini amalga oshira bilishi kerak. Bu esa har qanday holatda ish faoliyatining to’xtab qolmasligini ta’minlaydi.

    3. Qat’iy belgilanganlik. Ichki nazorat tizimining foydalilik funktsiyasi tashkilotda nazorat tizimining qat’iy belgilangan qoida qay darajada bo’ysunishiga bog’liq. Albatta hamma narsani nazoratga olish qiyindir, bu vaziyatda nazoratni o’rnatish uchun qat’iy qoida belgilash lozim.

    4. O’zaro hamkorlik va muvofiqlik. Nazorat tashkil etilish jarayonida, tashkilotning har bir bo’g’inining aniq hamkorligi ostida bo’lishi lozim.

    5. Fayl va aktivlarga ruxsatsiz kirishga yo’l qo’yilmaslik. Ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishga to’sqinlik qilish va nazoratni o’rnatish uchun quyidagi choralarni ko’rish lozim:

    -binoga ruxsatsiz kirmaslik (qo’riqlash, ruxsat berish rejimi, signalizatsiya, kuzatuv tizimini yo’lga qo’yish);
    -kompyuter va boshqa ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirilishiga (kompyuter tizimini parollash) hamda texnik vositalar orqali ma’lumotlarning chetga chiqishiga yo’l qo’ymaslik (eshitish va kuzatuv moslamalarini hamda fotoaparatning ruxsatsiz olib kirilishi);
    -korxonaning xo’jalik sirlarini xodimlar tomonidan olinishida belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali berilishini yo’lga qo’yish. Bunda korxonaning xo’jalik sirlarini chetga chiqishini oldi olinadi.


    1. Yüklə 32,68 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin