3. Korrupsiyaning ko‘rinishlari va davlat, jamiyat xavfsizligiga tahdidi Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda.
Mamlkatimizda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash 2016 yilning oktyabr oyidan boshlandi.
SHu yilning 14 oktyabrida O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning konstitutsiyaviy qonunchilik tashabbusi asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi va 2017 yil 4 yanvardan boshlab kuchga kirdi.
Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaga toqat qilmaslik muhitini yaratish ko‘zda tutildi.
YUqori bo‘g‘inli korrupsiyauyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqador bo‘lmaydi. Bunda yuqori lavozimlarda ishlaydigan mansabdorlar davlat mulklarini o‘marishga ( qo‘shib yozish, pora olib ishga joylashtirish, urug‘aymoqchilik va hakozalarga urinayotganligi ma’lum bo‘lmoqda) harakat qiladilar.
O‘rta bo‘g‘inli korrupsiyauyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqada bo‘ladi. Bunda yuqori lavozimlarda ishlaydigan mansabdorlar jinoiy guruhlardan pora olib turadi va ularning jinoiy faoliyatlarini amalga oshirishda rahnomalik qiladi, hamda sezilib qolayotgan jinoyatlarini yopishga harakat qiladi.
Mayda bo‘g‘inli korrupsiyauyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqasi bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Mayda bo‘g‘inli korrupsiya o‘rta va kichik lavozimli rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi. Mayda ko‘rinishlar kommunal xizmat tarmog‘ida, soliq, yig‘im, jarima kabi aholidan olinadigan tulov sohalarida, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishga ruhsat beruvchi idoralarda, davlat nazoratini amalga oshiruvchi xizmatlarda seziladi.
Korrupsiya ko‘rinishlari Korrupsiya nafaqat bizning xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka balki tahdid soluvchi real muommodir. SHunday ekan, mazkur xodisaga qarshi kurash masalalari faqatgina bizga taalluqli bo‘lmay balki butun jahon hamjamiyati muammosi bo‘lmog‘ii lozim Mustaqil O‘zbekiston xalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga doimo tayyordir.
Nazorat savollari
Korrupsiya tushunchasini izohlab bering?
Korrupsiyaning shakllarini nimalardan iborat?
YUqori, o‘rta va mayda bo‘g‘inli korrupsiya deganda nimani tushunasiz?
Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro hujjatlardan qaysilarni bilasiz?
Ijtimoiy hayotda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining tutgan o‘rni.