1.Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir ishlab chiqaruvchi bozorga o’z mahsuloti bilan mustaqil chiqadi. O’z mahsulotini bozorda sotish sharoitlarni yaxshiroq yaratgan korxona boshqa shunga o’xshash tovarni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan yaxshiroq holatda bo’ladi. Bu xolisona talabiga ko’ra, har bir korxona o’z taraqqiyot yo’lini bozor talabiga muvofiq tuzish va ishlashi kerak. Har bir korxonada rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish zarurligi ayni shunda o’z ifodasini topadi.
Strategiya maqsadlarni shakllantirish tamoyillaridan va ularga erishishning muvofiq siyosatidan iborat bo’ladi.
Strategiyani amalga oshirish korxonaning iqtisodiy quvvati doimiy kuchayishini, ishlab chiqarilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlashi kerak.
Korxona resurslariga va imkoniyatlariga quyidagilar kiradi: