Mavzu: Korxonaning iqtisodiy salohiyati va uning oshirishga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
Reja
Kirish
1.Korxonaning iqtisodiy salohiyati tahlilini maqsadi, vazifalari va axborot manbalar.
2.Korxonaning moliyaviy barqarorligi tahlili
3.Korxonaning moliyaviy salohiyati tahlili
4.Korxonaning iqtisodiy salohiyatigа ta’sir etuvchi omillar tahlili
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati
Kirish.
Mustaqillik davrida o‘tayotgan har bir kun jamiyatimizning mazmun jihatidan yangilanayotganligidan dalolat berib kelmoqda. Yangi iqtisodiy kategoriyalar, tushunchalar hayotimizga shu darajada tezlik bilan kirib kelmoqdaki, ularni idrok qilish, nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qilish, metodologik muammolarni hal qilishga ko‘pincha ulgurish qiyin bo‘lmoqda. Bunday yangi iqtisodiy tushunchalardan biri korxonaning iqtisodiy salohiyati (potensiali) tushunchasidir.
O‘zbekistonda va boshqa hamdo‘stlik mamlakatlarida chop etilayotgan tahlilga oid adabiyotlarda korxonaning moliyaviy - xo‘jalik faolitini tahlil qilishda asosan uning tasarrufidagi aktivlarni o‘rganish bilan cheklanib qolmoqda. Bu bizning fikrimizcha, korxonaning iqtisodiy faoliyatini to‘liq tahlil qilish uchun nazariy va metodologik jihatdan yetarli emas. Chunki korxonaning iqtisodiy faoliyati bevosita unda sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq.
Iqtisodiy jarayonlarning sodir bo‘lishida faqat korxonaning aktivlari emas, balki boshqa elementlari ham ishtirok etadi. Masalan, ishlab-chiqarish jarayonini olaylik. Uning sodir bo‘lishi uchun albatta modiy - texnik ta'minoti, ya'ni uskunalar, jihozlar , bino, xom-ashyo kabilar zarur. Ammo har qanday ilg‘or tehnika, yuqori sifatli xom-ashyo o‘z-o‘zidan iqtisodiy jarayonni sodir qilib, moddiy ne'mat ishlab chiqarmaydi. Unga albatta odamning aralashuvi, ya'ni jonli mehnatning mushtarakligi va ishtiroki zarur.
Demak, iqtisodiy jarayonlarni sodir etish uchun moddiy boyliklar bilan birgalikda jonli mehnatning ham ishtirokini ta'minlash lozim ekan. Shundagina ishlab chiqarish jarayoni sodir bo‘lib yangi mahsulot yaratilishiga erishish mumkin. Shu mahsulotning sotilishi esa korxonaning barcha xarajatlarini qoplab foyda olishini ta'minlaydi. Shundagina ishlab chiqarishning provard maqsadi amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: |