Mavzu: Korxonaning iqtisodiy salohiyati va uning oshirishga ta’sir etuvchi omillar tahlili. Reja Kirish


Korxonaning moliyviy barqarorligi tahlili



Yüklə 278,28 Kb.
səhifə4/10
tarix31.03.2022
ölçüsü278,28 Kb.
#54487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Korxonaning iqtisodiy salohiyati va uning oshirishga ta’sir etuvchi omillar tahlili

2 Korxonaning moliyviy barqarorligi tahlili

«To’lov qobiliyati» va «kredit qobiliyati» tushunchalaridan farqli o’laroq «moliyaviy barqarorlik» ancha keng tushuncha hisoblanadi, chunki korxona faoliyatining turli jihatdan baholashni o’z ichiga oladi. Ushbu tushunchalar o’zining iqtisodiy mazmuni va hisoblash metodikasiga ko’ra bir-biridan tamomila farqlanadi.V.G.Artemenko, M. V. Bellendir («Finansoviy analiz», izdatelstvo «Delo i servis», M. 1999g., s.27) ta‘kidlaganidek, moliyaviy barqarorlik korxonaning moliyaviy holati mohiyatini ifodalaydi, korxonaning to’lov qobiliyati esa – korxonaning moliyaviy holati namoyon bo’lishining tashqi shakli, chunonchi, tegishli darajada moliyaviy barqarorliksiz na korxonaning to’lov qobiliyati, na uning balans likvidligi bo’lishi mumkin.

U yoki bu sana uchun moliyaviy holat barqarorligini tahlil qilish bu sanadan oldingi davr mobaynida korxona moliyaviy resurslarni qanchalik to’g’ri boshqarganligini oydinlashtirishga imkon beradi. Muhimi, moliyaviy resurslar holati bozor talablariga mos bo’lishi va korxonaning rivojlanish ehtiyojlariga javob berishi lozim, chunki etarli bo’lmagan moliyaviy barqarorlik korxonaning to’lov qobiliyatini izdan chiqarib, unda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun mablag’lar bo’lmasligiga olib kelsa, ortiqcha moliyaviy barqarorlik – korxona xarajatlarini ortiqcha zahiralar bilan og’irlashtirib, taraqqiyotga to’sqinlik qilishi mumkin.

Shunday qilib, moliyaviy barqarorlik mohiyati moliyaviy resurslarni samarali shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan belgilanadi.

O’z navbatida, moliyaviy barqarorlik korxonaning moliyaviy-xo’jalik va ishlab chiqarish faoliyati bilan har tomonlama bog’liq. Tabiiyki, ishlab chiqarish hamda korxona faoliyatining ham ichki, ham tashqi shart-sharoitlari ta‘sirini o’zida aks ettiradi.

Moliyaviy barqarorlikka ta‘sir o’tkazuvchi ichki omillar sifatida quyidagilar namoyon bo’ladi:



  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) tarkibi, uning to’lovga qobil umumiy talabdagi ulushi;

  • to’langan ustav kapitali miqdori;

  • korxonaning xarajatlari va daromadlari nisbati;

  • mulk va moliyaviy resurslar holati, jumladan zahiralar va ehtiyot qismlar, ularning tarkibi va tarkibi.

Tashqi omillarga xo’jalik yuritishning iqtisodiy shartlari, jamiyatda hukmron texnika va texnologiyalar, to’lovga qobil talab va iste‘molchilarning daromad darajasi, davlatning soliq va kredit siyosati, korxonalar faoliyati ustidan nazorat bo’yicha qonunchilik hujjatlari, tashqi iqtisodiy aloqalar, jamiyatdagi qadriyatlar tizimi va boshqalar ta‘siri kiritiladi.

Moliyaviy barqarorlik korxona faoliyatining butun jarayonini belgilab beruvchi eng muhim dastak va shart hisoblanadi. Korxona moliyaviy barqarorligini tahlil qilish muhimligi va mo’ljallanganligi ham shundan kelib chiqadi.

Korxona faoliyatining moliyaviy barqarorligini tahlil qilishni boshlashdan avval uni baholashga yondashuvni ishlab chiqish zarur. U moliyaviy barqarorlik tushunchasini konkretlashtirishdan, uning mohiyati va mazmunini ta‘riflashdan, uning darajasini baholash ko’rsatkichlari tizimini chegaralashdan iborat.

Moliyaviy barqarorlik tushunchasi moliyaviy tahlil bo’yicha darslik va o’quv qo’llanmalari mualliflari tomonidan turlicha talqin qilinadi




Moliyaviy barqarorlik mazmuni va mohiyati


Yüklə 278,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin