Mavzu: Korxonaning iqtisodiy salohiyati va uning oshirishga ta’sir etuvchi omillar tahlili. Reja Kirish



Yüklə 278,28 Kb.
səhifə3/10
tarix31.03.2022
ölçüsü278,28 Kb.
#54487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Korxonaning iqtisodiy salohiyati va uning oshirishga ta’sir etuvchi omillar tahlili

Kis = Av + Am + Nf + Xk

Bunda; Av-asosiy vositalarning (kapitalning) o‘rtacha qiymati; Am - aylanma mablag‘larning (kapitalning) o‘rtacha qiymati;



Nf - nomoddiy aktivlarning o‘rtacha qiymati;

Xk - xodimlarning o‘rtacha «shartli qiymati».

Agar ushbu formuladagi natijani “U” deb, omillarni Xin deb belgilasak yuqoridagi formulaning matematik ko‘rinishini quyidagicha ifodalash mumkin:



n

У =  хi = Х1 . Х2 . Х3 ... . Хn i=1


Ushbu matematik modelga tahlilning an'anaviy usullarini qo‘llab amaliy ma'lumotlardan foydalangan holda natijaning o‘zgarishini ta'minlovchi barcha omillar ta'sirini hisoblab chiqsa bo‘ladi. Buni amalga oshirish uchun buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlar asosida korxona iqtisodiy potensialiga kiruvchi kategoriyalarni alohida elementlari bo‘yicha ham aniqlash mumkin. Buning tarkibiy tuzilishi quyidagi chizmada keltirilgan Shunday qilib ushbu chizmadagi ko‘rsatkichlar yig‘indisi korxona iqtisodiy potesiali summasining umumiy hajmini ifodalaydi. Ammo joriy yilda ularning qancha qismi ishlatilganligini, qay darajada samaradorlikka erishganligini bilish uchun shu tahlil qilinayotgan davrga to‘g‘ri keladigan qismini ham aniqlash lozim. Bu faqat nazariy jihatidan emas, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega.

Korxona iqtisodiy salohiyati (potensiali)ning tarkibiy tuzilishi

Iqtisodiy tahlilning maqsadi va asosiy vazifalaridan biri tahlil qilinayotgan ob'ekt yoki kategoriyani to‘g‘ri va batafsil baholash uchun uni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqishdan hamda ularni nazariy va metodologik jihatdan asoslashdan iboratdir.

Korxonaning iqtisodiy salohiyati bu keng qamrovli va teran tushuncha. Uning holati va undan foydalanish darajasi to‘g‘risida to‘liq xulosa chiqarish uchun albatta ko‘rsatkichlar tizimidan (sistemasidan) foydalanish lozim. Ammo ko‘rsatkichlar sonining ko‘pligi yoki ozligiga qarab o‘rganilayotgan ob'ekt yoki kategoriyani baholash uchun yetarli yoki kam degan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Shu tufayli ko‘rsatkichlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish lozim.

Ko‘rsatkichlar haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, eng avvolo ularni ilmiy asoslangan holda tasniflash lozim. Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlar juda ko‘p belgilari bilan tasniflanadi. Ammo biz ushbu ishda korxona iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni faqat iqtisodiy mazmuni bo‘yicha tasnifini ko‘rib chiqamiz. Chunki ko‘rsatkichlarni ushbu belgisi bilan tasniflash iqtisodiy xulosa chiqarish uchun yetarli bo‘ladi

Korxonani moliyaviy salohiyati tahlili Korxona iqtisodiy salohiyati (potensiali) samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga, ta'kidlanganidek, quyidagilar kiradi.

-iqtisodiy salohiyatning natijaviyligi (Isa);

-iqtisodiy salohiyatning daromadligi (Isd);

-iqtisodiy saloxiyatning foydaliligi (rentobelligi); (Isr)

-iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi moddalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar

Iqtisodiy salohiyatning natijaviyligi 1 so‘m iqtisodiy salohiyat qiymatiga necha so‘m natijaviy ko‘rsatkich (sotilgan mahsulot, tovar mahsuloti va h.k.) to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi va uning aniqlanish formulasi quyidagicha

Q / Is Bu yerda Q-natijaviy ko‘rsatkich summasi Iqtisodiy salohiyatning daromadligi 100 so‘m iqtisodiy salohiyat qiymatiga necha so‘m daromad to‘g‘ri kelishini ifodalaydi va u quyidagi formula bilan aniqlanadi:

(D x 100) / Is Bu yerda D-daromad summasi

Iqtisodiy saloxiyatning foydaliligi 100 so‘m iqtisodiy salohiyat qiymatiga necha so‘m foyda to‘g‘ri kelishini ifodalaydi va uning aniqlanish formulasi quyidagicha:

(F x 100) / Is Bu yerda F-foyda summasi.

Iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi moddalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi moddalar (Asosiy vositalar, aylanma mablag‘lar, nomoddiy aktivlar va mehnat salohiyati) samaradorligini o‘rganishda ko‘rsatkichlar tizimi shaklida foydalaniladi


Yüklə 278,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin