1. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi



Yüklə 33,68 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2022
ölçüsü33,68 Kb.
#74703
  1   2   3   4
1 Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqic


1.Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi.
24 — 26 aprel kunlari poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar ko‘magida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. Qisqacha aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor tashkilotlar ishtirokida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham aynan shu muddao mujassamdir.
Biz nimalarni maqsad qildik? Eng avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirayapmiz.
Mazkur anjuman ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etishda bevosita qatnashayotgan ishtirokchilar taklif va mulohazalari hamda tajribalarini konstruktiv muhokama qilish, o‘zaro fikr almashish uchun xalqaro platforma vazifasini o‘taydi. Bu format shak-shubhasiz, O‘zbekistonning ochiqligini, faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro va chet el tajribasini o‘rganish asosida aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etishga tayyorligini ham namoyish qiladi.
Shuni alohida aytish kerakki, mazkur g‘oya Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Umumevropa kasaba uyushmalari mintaqaviy kengashi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Va uning ishida ushbu tashkilotlar mutasaddilari, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiyot hamda huquq sohasidagi milliy va chet ellik ekspertlar qatnashishi kutilayotir.
Forum o‘z dasturida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchi hamkorligi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishi uchun ishtirokchilarning bevosita joylarga safar uyushtirishi ham ko‘zda tutilgan. Qolaversa, anjumanda yalpi majlislardan tashqari, aholining real daromadi va bandligini izchil amalga oshirish orqali faol ijtimoiy himoya, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘nalishidagi davlat tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholi yashash sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi arzon uy-joylar qurilishi, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ro‘yobga chiqarish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish istiqbollari hamda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha munozaralar ham rejalashtirilgan.
Dasturda, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining mehnatkashlar faoliyati Byurosi (ACTRAV) shafeligida Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari yetakchilari uchrashuvi ham o‘tkaziladi.
Keling, shu o‘rinda uchinchi ming yillikka kelib global dunyoda kasaba uyushmalarining oddiy insonlar hayotidagi o‘rni, uning maqsad hamda vazifalari aynan nimalarda ustuvor darajada namoyon bo‘layotganiga e’tibor qarataylik.
Eng avvalo, bu — to‘liq va mahsuldor bandlikni ta’minlash, mehnatga munosib haq to‘lanishiga, ijtimoiy himoya va muloqotga erishish, qashshoqlikni yo‘qotish, inson huquqlari hamda kasaba uyushmalari erkinligini kafolatlash, mehnat munosabatlaridagi har qanday kamsitishlarni bartaraf etish, ayollar va erkaklar tengligini ta’minlash, bolalar mehnati hamda majburiy mehnatga butunlay chek qo‘yishga erishish, atrof-muhitni himoyalash kabi vazifalardan iboratdir. 
Afsuski, bugun global mehnat bozori bu maqsadlarga erishishda yangidan-yangi to‘siqlarga uchramoqda va ta’bir joiz bo‘lsa, ular ijtimoiy mehnat sohasining zamonaviy qurilmasi poydevorini nuratmoqda.
Eng asosiy muammolar nimalarda ko‘rinadi? Birinchi muammo norasmiy bandlik o‘sishi, norasmiy sektorning rivojlanishi va kengayishi bo‘lib, u soliq to‘lovlaridan tushadigan daromadlar kamayishiga, rasmiy sektordagi raqobatdoshlik pasayishiga, eng yomoni, ijtimoiy dasturlarning qisqartirilishi va yetarlicha moliyalashtirilmasligiga olib kelmoqda.
Ikkinchi muammo masofaviy va ijara tariqasidagi mehnat, autsorsing hamda autstaffing kabi mehnat mohiyatini tubdan yangilovchi formatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu esa o‘z-o‘zidan, mehnat munosabatlari sohasining shakl-shamoyilini keskin o‘zgartirib, ijtimoiy himoyani juda past darajaga olib keluvchi nostandart bandlik shakllarida namoyon bo‘lmoqda.
Uchinchi global muammo raqamli texnologiyalarning ijtimoiy hayotda tobora faol qo‘llanilayotganiga borib taqaladi. E’tibor bering, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tezkor rivojlanishi hisobiga yaqin 25 yilda sayyoramiz miqyosida ish joylarining 47 foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin 15 yildan so‘ng, deylik, buxgalteriya, sog‘liqni saqlash, advokatura, oliy ta’lim va xalq ta’limi sohalaridagi mavjud mansabdor xizmatchilar o‘rinlariga deyarli ehtiyoj qolmaydi... Demakki, bugungi dolg‘ali zamon bizning oldimizga asosi bundan 100 yil avval yaratilgan ijtimoiy himoyaning klassik tizimlarini qayta shakllantirishni taqozo etayotir.
Xalqaro miqyosda ijtimoiy himoya eng kam darajasining tan olingan 9 turi mavjud bo‘lib, bular tibbiy xizmat, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, boquvchisini yo‘qotishi munosabati bilan beriladigan nafaqa, kasallik bo‘yicha nafaqa, qarilik pensiyasi, oilaviy nafaqa, nogironlik bo‘yicha nafaqalarni o‘z ichiga oladi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu xizmatlarning 5 turi to‘liq, 
2 turi esa qisman ijtimoiy sug‘urta tizimi bilan qamrab olingan xodimning hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq afsuski, bugungi kunga kelib, ijtimoiy sug‘urtalangan xodimlar soni borgan sari kamayib ketayapti.
Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo aholisining 55 foizi ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘lsa, atigi 29 foizi kompleks ijtimoiy ta’minotdan foydalanish imkoniyatiga ega. Pensiya yoshidagi keksalarning 68 foizi qarilik pensiyasini oladi. Bu esa ko‘plab davlatlarda ham jamg‘arib boriladigan, ham sug‘urtali pensiya ta’minoti yetarlicha rivojlanmaganligini ko‘rsatadi. Yana bir og‘ir muammo — taraqqiy topgan yigirma birinchi asrda ham, afsuski, insonlarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqi dunyoning ko‘pgina mintaqalarida hali real haqiqatga aylanmadi. Bu, ayniqsa, aholining 56 foizi mazkur imtiyozdan mahrum bo‘lgan qishloq joylariga taalluqlidir.
Demak, bu borada muhokama qilinishi lozim bo‘lgan mavzular yetarli.
Yaqinda XMT jahon hamjamiyatiga bugungacha amaliyotda bo‘lmagan — xususiy beg‘araz yordamni eng kam darajadagi ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun yo‘naltirish haqidagi chaqiriq bilan murojaat qildi. Va, bu bilan, u o‘z tajribasida jismoniy shaxs korxona va jamg‘armalarning beg‘araz yordamlaridan ijtimoiy himoya maqsadida foydalanish mumkinligini e’tirof etdi.
O‘zbekistonda bu borada yetarli tajriba to‘plangan, ijtimoiy himoya sohasida aynan davlat va xususiy sherikchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, resurslarni fuqarolar o‘rtasida maqsadli qayta taqsimlash, ijtimoiy siyosat tizimida esa ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam markaziy o‘rin egallaydi. 
Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi. Dasturga ko‘ra, 2017 yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunali va ko‘p qavatli uylar bunyod etildi.
2017 — 2020 yillarda shaharlarda 945 ta ko‘p qavatli turarjoy qurilishi bo‘yicha dastur qabul qilingan. Kam ta’minlangan oilalar uchun Qoraqalpog‘iston
2.O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatni shakllantirish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Yüklə 33,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin