1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi


-mavzu. Ispaniya yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə46/80
tarix21.03.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#88977
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi

6-mavzu. Ispaniya yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari.
Ilk yangi davrda Ispaniya. Qirol va grandlar. XVII asrning ikkinchi yarmida Ispaniyaning iqtisodiy va siyosiy ahvoli. “Ispan merosi” uchun urush (1701-1714). Ispaniyada Filipp V va Ferdinand VI hukumronligi. Karl III ―ma`rifatli absolyutizmi». Absolyutik tuzumning inqirozi. Manuel Godoy. Ispaniya Napoleon urushlari yillarida . Mustaqillik uchun urush. Birinchi inqilob. 1808 yil 2 may qo‘zg’oloni. 1812 yil Kadis konstitutsiyasi. Ferdinand VII ichki va tashqi siyosati. Ikkkinchi inqilob (1820-1823).Uchinchi inqilob(1834-1843).To‘rtinchi inqilob (1854-1856). Beshinchi inqilob (1868-1873). Birinchi respublika. Ispaniya Burbonlarning tiklanishi. Ichki va tashqi siyosat. “El–Pardo pakti”. Anarxistlar, sotsialistlar va muxtoriyatchilar. Mustamlakalardan mahrum bo‘lish. XIX asoning oxiri –XX asrning boshida Ispaniyaning siyosiy-iqtisodiy ahvoli. Marokash masalasi. Siyosiy kurashning keskinlashuvi. Ispaniya Birinchi jahon urushi yillarida.
7-mavzu. AQSh yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari.
Shimoliy Amerikada mustamlakalarning barpo etilishi.Ingliz mustamlakalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat. Mustaqillik uchun urushning zamini va shart-sharoitlari. Mustamlakalar va metropoliya o‘rtasidagi ziddiyatlar. Mustaqillik uchun urush va AQShning tashkil topishi. AQShning davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. AQSh XIX asrning birinchi yarmida: taraqqiyotning asosiy tendetsiyalari. AQSh hududlarining kengayishi. Ikkipartiyali tizimning shaklllanishi. Shimol va Janub o‘rtasidagi ziddiyatlar. Fuqarolar urushi 1861-1865 y.y. Qulchilikning bekor qilinishi. Janubni Rekonstruktsiyalash (1865-1877yy). AQSh 1877-1914 yillarda: ichki siyosat va ijtimoy- iqtisodiy munosabatlar. XIX asrning oxirgi choragi- XX asr boshida AQSh-ning tashqi siyosati. AQSh Birinchi jahon urushi yillarida.
8-mavzu. Portugaliya yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari.
Portugaliya Ispan Gabsburglari hukmronligi ostida. “Portugaliya manifesti” va mustaqillikning tiklanishi. Absolyutik monarxiya sharoitida Portugaliyaning ichki va tashqi siyosati. Markiz Pombalaning faoliyati. Islohotlar. Portugaliya Frantsuz inqilobi va Napoleon urushlari yillarida. 1822 yil Konstitutsiyasi. 1826 yil Xartiyasi. Fuqarolar urushi 1824-1834 yy. “Xartiyachilar” va “Sentyabrchilar» o‘rtasidagi qarama-qarshilik. XIX asr o‘rtalarida Portugaliyada ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat. XIX asrning ikkkinchi yarmida Portugaliyaning davlat tuzumi. Monarxiya va ikki partiyali sistema: “Rejenerados” (“Uyg’onish”) va Taraqqiyot partiyasi. Respublikachilar partiyasining tuzilishi. Iqtisodiyot va siyosat. XIX asrning oxiri- XX asrning boshida Portugaliyaning xalqaro ahvoli. 1910 yil inqilobi. Portugaliya Birinchi jahon urushi yillarida.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin