13-mavzu. Shimoliy Afrika mamlakatlari yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari. Sudan ilk yangi davrda.Fung va Darfur. Sennar sultonligi. Sudanni Misrga qo‘shib olinishi. XIX asrda Sudanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. Maxdichilar davlati. Efiopiya bilan munosabatlar. Sudanda ingliz-misr kondominiumining o‘rnatilishi. Liviyada usmoniylar hukmronligining o‘rnatilishi. Liviyada deylar tartiboti. Qoramanli sulolasi hukmdorlarining boshqaruvi. Yevropa davlatlari bilan shartnomalar. Xorijiy davlatlarning Liviya ishlariga aralashuvi. To‘g’ridan-to‘g’ri usmoniylar boshqaruvining tiklanishi. Tripoli tanzimot islohotlari davrida. Liviyada italyanlar hukmronligining o‘rnatilishi. Jazoir ilk yangi davrda. Dengidagi qaroqchilik masalasi. Usmoniylarga nisbatan qaramlik. Deylar tartiboti. XVIII asrda Jazoirning ichki va tashqi holati. Frantsuzlarning Jazoirga bosqini. Ozodlik urushi. Abd-al-Qodir davlati. Frantsiyaning Jazoirdagi mustamlakachilik siyosati. Milliy-ozodlik harakati. “Yosh jazoirliklar”. Tunis ilk yangi davrda. Tunisni egallash uchun kurash. Tunisda usmoniylar tartibotining o‘rnatilishi. Notinch davr. Deylar. Tunisda Xusayniylar sulolasi. Islohotlar. 1861 yil konstitutsiyasi. Moliyaviy inqiroz. Frantsuzlar protektoratining o‘rnatilishi. Marokash ilk yangi davrda. Ichki siyosiy vaziyat va xalqaro ahvol. Sa`diylar sulolasining inqirozi. Marokash XVII o‘rtalari –XIX asrning birinchi yarmida: ichki siyosiy vaziyat va xalqaro ahvol. Frantsiya va Ispaniya bilan urushlar. Yevropaliklar ta`sirining kuchayishi. Madrid konferentsiyasi. Marokash ustidan Frantsiya va ispaniya protektoratining o‘rnatilishi.
14-mavzu. Janubiy Afrika yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari. Janubiy Afrika ilk yangi davrda. Gollandlarning Ost-Indiya kompaniyasi faoliyati. Kap mustamlakasining barpo etilishi. Burlar. Kap mustamlakasini Angliya tomonidan bosib olinishi. “Inglizlashtirish” siyosati. “Buyuk trek”. Oranj va Natal. Janubiy Afrika xalqlarining mustamlakachilarga qarshi kurashi. “Kafr urushlari”. Kosa qabilalariga qarshi harakatlar. Natal uchun ingliz-bur kurashi. Natalni Angliya tomonidan anneksiya qilinishi. Burlar davlatlarining tashkil topishi. Olmos va oltin konlarining kashf etilishi. Janubiy Afrikaga yevropaliklar oqimining ortib borishi. Transvaalning inglizlar tomonidan anneksiya qilinishi. Ingliz-zulus urushi. 1880-1881 yillardagi ingliz-bur urushi. Janubiy-Afrika Respublikasining e`lon qilinishi. Janubiy Afrikada ingliz-german raqobati. “Bechuanalend protektorati”. Sesil Rods va Britaniyaga tegishli Janubi-Afrika kompaniyasi. 1899-1902 yillardagi ingliz-bur urushi. Janubi-Afrika Ittifoqi. Dominion.