O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
“Dasturiy injinering” fakulteti 310-20 guruh talabasi
Burxanov Baburning mobil ilovalarni ishlab chiqish fanidan
1-labaratoriya ishi Discover Uzbekistan
Ishning maqsadi: 1-labaratoriya Ishida biz yaratmoqchi bo’lgan mobil ilovaga bo’lgan ehtiyojni o’rganamiz va
shu asosida o’zimizning ilovamizni boshlang’ich qismini shakllantiramiz.
Nazariy qism:Men labaratoriya ishini bajarishdan oldin qanday ilovalar qilish mumkinligi haqida o’yladim va bir nechta mobil ilovalar bilan tanishdim.Shularning ichidan Discover Uzbekistan mobil ilovasini labaratoriya ishini bajarish jarayonida yaratishga qaror qildim.
“Discover Uzbekistan” mobil dasturini yaratishda uni quyidagicha bosqichlarga ajratdik:
1. Platformani tanlash: dastlab dasturni qaysi platforma (Android, iOS, Windows Phone) uchun yaratmoqchi ekanligimizni aniqlaymiz. Mobil dasturlar uchun eng keng tarqalgan platforma Android.Shuning uchun biz android platformasini tanlaymiz.
2. Talablarni tahlil qilish: talablarni tahlil qilib, foydalanuvchilar uchun ilovaning qanday imkoniyatlari mavjud bo’lishi va interfeysning qulay hamda jozibador bo‘lishi kerakligini ta’minlashimiz mumkin.
3. Foydalanuvchi interfeysining dizaynini ishlab chiqish: mobil ilovani yaratishda bir necha ilovalarning foydalanuvchi interfeysining prototipi va dizaynini yaratish (UI) tahlil qilindi ,sababi bu o‘ta muhim bosqichdir. UI foydalanuvchi uchun aniq va oson tushuntirilishi kerak.
4. Mobil ilovaning kodini yozish: dasturning kodini ishlab chiqish Java, Swift yoki Kotlin kabi dasturlash tillarida amalga oshirilishi mumkin.
5. Testlash va xatolashtirish: ilovaning tegishli faoliyat ko‘rsatishiga va xatolarga ega emasligiga ishonish uchun test o‘tkazish.
6. Dasturlarni “play market”ga yuklash: dasturni dasturlar do‘koniga yuklash (Google Play, App Store), foydalanuvchilar uni o‘z uskunalariga yuklash va o‘rnatish uchun.
7. Qo‘llab-quvvatlash va yaxshilash: ilovani qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash va foydalanuvchilarning o‘zgarayotgan ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun uning faoliyatini takomillashtirish.
Xulosa
Bu android telefonlar uchun yaratilgan dasturiy vosita hisoblanadi.Bu dastur orqali foydalanuvchi O’zbekistonning diqatga sazovor joylari xaqida malumot olishi mumkin .Ilova gidni o’rnini bosishi ko’zda tutilgan shuning uchun beshta tilga tarjima qilingan va zamonaviy , qadimiy qadamjolarning joylashuvi kritilgan .
Ilovaning moliyaviy jihati O’zbekistonning turizim tizimini rivojlantirish .