1-labaratoriya ishi
Mavzu: C++ tilida matematik masalalar uchun chiziqli dastur tuzish.
Labaratoriya ishi maqsadi:
chiziqli jarayonlar ustida masalalar bajarish.
Nazariy qism:
C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o’z navbatida B va BCPL
Tillaridan kelib chiqqan .BCPL 1967-yilda Martin Richards tomonidan
tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo’ljallangan
edi. Ken Thompson o’zining B tilida BCPL ning ko’plab xossalarini kiritgan
va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyasini yozgan .
BCPL ham , B ham tipsiz til bo’ lgan . Ya’ni o’zgaruvchilarning ma’lum
bir tipi bo’lmagan – har bir o’zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat
bir bayt yer egallangan . O’zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa ,
ya’ni butun sonmi ,kasrli sonmi yoki harfdekmi ,dasturchi vazifasi
bo’lgan .
C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 – yilda
Ilk bor Bell labaratoriyasida , DEC PDP -11 kompyuterida qo’llanadi.
C o’zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko’p muhim tomonlarini
O;z ichiga olish bilan bir qatorda o’zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir
qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi . Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda .C mashina arxitekturasiga bog’langan tildir. Lekin mashina arxitekturasiga bog’langan tildir .
Lekin yaxshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter
platformalarida ishlaydigan qilsa bo’lsa .
1983 –yilda ,c tili keng tarqalgani tufayli ,uni standartlash
harakati boshlandi .Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi . 1989-yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o’zgarishlar yoki umuman o’zgarishlarsiz juda ko’p kompyuter platformalarida ishlaydi .
C++ 1980 –yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko’p qo’shimchalarni o’z ichiga olgan ,lekin eng asosiysi u obyektlar bilan dasturlashga imkon beradi.
Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoqda . Buni ta’minlash uchun obyektli dasturlash g’oyasi ilgari surdi .Huddi 70- yillar boshida strukturali dasturlash kabi programmani hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi obyektlar orqali tuzish dasturlash sohasini inqilob qildi .
C++ dan tashqari boshqa ko’p obyektli dasturlashga yo’naltirilgan tillar paydo bo’ldi. Shulardan eng ko’zga tashlanadigani Xerorning Palo Altoda joylashgan ilmiy qidiruv markazida tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir . Smaltalda hmma narsa ob’yektlarga asoslangan .C++ esa gibrit tildir . C++ funksiya va obyektlarning juda boy kutubxonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o’ganish ikki qismga bo’linadi. Birinchisi bu C++ ni o’zini o’rganish , ikkkinchi esa C++ ning standart kutubxonasidagi tayyor obyekt funksiyalarni qo’llashni o’rganishdir.
C++ dasturida yangi kutubxona yaratish
Dostları ilə paylaş: |