Darchada qidirish lozim bo’lgan ma’lumot turini aniqlash lozim. Qidiruv darchasida quyidagi bo’limlar mavjud: Fayllarni qidirishning kengaytirilgan imkoniyatlari ham mavjud. Buning uchun har bir darchani kengaytirish yoki qisqartirish tugmalarini bosish lozim. Kengaytirilgan ko’rinishdagi qidiruv darchasida oxirgi o’zgartirish kiritilgan vaqt bo’yicha, fayl tahminiy hajmi bo’yicha va boshqa qo’shimcha ko’rsatkichlar (operatsion tizimga tegishli kataloglarda yashirib qo’yilgan katalog va fayllarda) buyicha qidiruv amalga oshirish mumkin. Qidiruv jarayonini boshlash uchun Найтиtugmasini bosish lozim. Qidiruv natijasi qoniqarli bo`lmasa, qidiruv ko’rsatkichlarini o’zgartirish uchun Nazad tugmasi bosilib, yangi qidiruv belgilari (ko’rsatkichlari) kiritiladi.
Papka va fayl yaratish darchasi
Katalog va fayl ustida amalla bajarish imkoniyatlari darchasi
Fayl yoki katalog nomini o’zgartirish uchun ob’ektni belgilab sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi. Paydo bo’lgan darchadan (8-rasm) Переименовать ( ingliz tilida “rename”) bo’limi tanlanadi. Obyekt nomini o’zgartirishni F2 funksional tugmasi yordamida amalga oshirish ham mumkin. Bunda obyekt nomi belgilangan va atrofida qora ramka bor vaziyatga o’tadi. Kerakli yangi nom kiritilib, Enter tugmasini bosish bilan berilgan nom qabul qilinadi. Fayl yoki kataloglardan nusxa ko’chirish uchun fayl belgilanib siqonchaning o’ng tugmasi bosiladi. paydo bo’lgan darchadan (8-rasm) Копировать (copy) bo’limi tanlanadi (Ctrl+C). Bunda foydalanuvchining ko’ziga sezilarli o’zgarish ro’y bermaydi. Nusxalanayotgan fayl yoki katalog faqat kompyuterning qisqa muddatli (operativ) xotirasida saqlanib turadi. Nusxa ko’chirish jarayonini tugatish uchun xotiradagi obyektni kerakli joyga qo’yish lozim. Buning uchun fayl yoki katalogni joylashtirish joyini tanlab, sichqonchaning o’ng tomonini bosib paydo bo’lgan darchadan Вставить (paste) bo’limini tanlash yoki Ctrl+V tugmalarini bir vaqtda bosish lozim.
Windows operatsion tizimlarida Kontekst menyu(Контекст меню) atamasi mavjud bo`lib, bu menyu “Ishchi stol” ning bo`sh joyida, yoki dasturlarning ishchi oynalarida sichqonchaning o`ng tugmasini bosganda hosil bo`ladi. Kontekst menyu qaysi dastur muhitida murojaat qilinayotganligiga qarab, ushbu dasturning hususiyatlariga bog`liq tarzda o`zgarib turadi. “Ishchi stol”ning kontekst menyusi 6.1-rasmda keltirilgan. Kontekst menyuda foydalanuvchiga biror dasturda ishlashni yengillashtiruvchi buyruq va amallar ro`yxati joylashgan bo`ladi.
Xulosa: Men bugungi labaratoriya ishimda yangi fayillar va papkalar yaratish ularni nomini ozgartiriash nusxa kochirishlar va fayillarni izlashni organib oldim.
Bajardi: Andijon iqtisodiyot va Qurilish institute Ahmadjonov Otabek 18k guruh talabasi.