1 - LABORATORIYA ISHI
Deshifrator sxemasini tuzish va tadqiq qilish
Ishdan maqsad: Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirshda deshifratorlar mantiqiy qurilmalarini o‘rganish.
Nazariy qism
Ikkilik sanoq tizimidagi raqamlarni o‘nlik sanoq tizimidagi kodga o‘zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma – deshifrator yoki dekoder deb ataladi.
Deshifrator shifratorga teskari bo‘lgan amalni bajaradi. Agar deshifratorning n adres kirishlari uning m chiqishlari soni bilan m=2n munosabat bilan bog‘langan bo‘lsa, bunday deshifrator to‘liq deb ataladi. Agar m<2n bo‘lsa, deshifrator to‘liq emas deb ataladi.
Kirish
signallari
|
Chiqish signallari
|
X0
|
X1
|
Y0
|
Y1
|
Y2
|
Y3
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
1
|
0
|
1
|
1
|
0
|
0
|
0
|
1
|
Jadval barcha kirish kombinasiyalarining chiqish qiymatlarini to’la aniqlaydi.
Keyingi bosqichda har bir chiqish funksiyasi uchun Karno kartasini tuzish va uning manimizasiyalashtirilgan ifodasini olish kerak. Lekin, ushbu holat uchun bu ma’noga ega emas, chunki Y –ning xar bir funksiyasida Karno kartasi bitta «1» egallagan.
Yuqoridagi jadval asosida quyidagi funksiyalar o’rinlidar:
Olingan ifodalarni «2VA-YUQ» hamda «2YoKI-YO’Q» elementlar bazisida qurish mumkin.
4 dan 10 ga”deshifratorning shartli belgilanishi
“4 dan 10 ga deshifrator”ning haqiqiylik jadvali (to‘liq emas)
Deshifrator blok – sxemasi
(“2 dan 4 ga”)
“NI Multisim“ da Deshifrator mantiqiy sxemasi
Bu labaratoriya ishimizda Deshifrator mantiqiy sxemasini tuzamiz bunda avvalgi laboratoriyalarimizda foydalanadigan dasturimizdan ya’ni “NI Multisim“ dan foydalanamiz.
Mantiqiy sxemani tuzishni boshlaymiz bunda “NI Multisim“dasturini ishga tushiramiz (1-rasm.)
Dasturimizni ishga tushirib oldik va mantiqiy elementlarni olib mantiqiy sxemani tuzishni boshlaymiz, “Sources” bandidan “ground” elementini va yana “ +Vcc Voltage Source ” elementlarini oldik so’ngra “ basic ” bandidan “Switch”- “SPDT” elementidan sakkiz dona olib kerakli joyga joylashtiramiz, va “Misc Digital” bulimidan “ Full-adder ” (Summator) elementlarini olib kerakli joyga joylashtiramiz dastur tushunarli bulishi uchun elementlarni ketma-ket joylashtirib boramiz. (2-rasm)
2-rasmda elementlarni tartiblashni boshladik va keyingi bosqichga utamiz.
Keyingi bosqichda “Indecators” bandidan “NEX_DISPLAY“ “DCD_HEX_DIG_RED” elementi ya’ni qiymat kursatkich elementini olamiz va kerakli joyga joylashtiramiz chiroqlarni olish uchun “Indecators” bo’limidan “PROBE” bo’limiga kiramiz va “PROBE_DIG_RED” chirog’ini ya’ni lampochkani kerakli joyga joylashtiramiz va buni (3-rasmda ) ko’rishimiz mumkin.
Quyidagi 3-rasmda elementlarni olib joylashtirdik mantiqiy elementlarni deyarli joylashtirib endi mantiqiy elementlarni bir biriga ulaymiz va ulaganimizdan so’ng chiroqlarni (13 ta) olib joylashtiramiz va dasturning asosiy qismiga utamiz olingan barcha elementlarni tartibi bilan joylashtiramiz va ulaymiz dasturimizni (4-rasm) da ko’rinishi.
Qoida: dastur ishga tushishi uchun elementlar bir-biri bilan to’g’ri va tekis ulanishiga etiborni qarating.
(4-rasm).
Вариантлар
|
Mustaqil bajarish uchun savol va topshiriqlar
|
1, 7, 13, 19, 25, 31
|
O’nlik sanoq sistemasidan faydalanib “ 5 ” sonini chiqaring ?
|
2, 8, 14, 20, 26, 32
|
O’nlik sanoq sistemasidan faydalanib “ 4 ” sonini chiqaring ?
|
3, 9, 15, 21, 27, 33
|
O’nlik sanoq sistemasidan faydalanib “ 8 ” sonini chiqaring ?
|
4, 10, 16, 22, 28, 34
|
O’nlik sanoq sistemasidan faydalanib “F ” harfini chiqaring ?
|
5, 11, 17, 23, 29, 35
|
O’nlik sanoq sistemasidan faydalanib “А ” harfini chiqaring ?
|
6, 12, 18, 24, 30, 36
|
O’nlik sanoq sistemasidan faydalanib “7 ” harfini chiqaring ?
|
Dostları ilə paylaş: |