1-Laboratoriya ishi. Mavzu Electronics Workbench dasturi imkoni MATERIAL ANOLOG UMUMIY LB
Window menyusi oynalar bilan ishlash operatsiyasini amalga oshiradi;
Help menyusi yordam ko’rinishidagi ma’lumotni chaqirish uchun ishlatiladi;
Electronics Workbench dasturlash muhitida modellashtiriluvchi sxemaning sintezi quyidagi amallar ketma-ketligidan iborat:kerakli komponentalar sichqoncha vositasida elementlar panelidan ishchi sohaga ko’chiriladi va bir-biri bilan o’tkazgichlar yordamida ulanadi.So’ngra komponentalar parametrlarining qiymatlari o’rnatiladi. Sxemaga kerakli virtual test uskunalari ulanadi: ossillograf,funksional generator,voltmetr,ampermetr,amplituda - chastotaviy xarakteristikani chizgich (Bode plotter), mantiqiy analizator va b. Sxemaning ishi virtual manbaga ulagich tugmachasini bosish bilan faollashtiriladi. Shundan so’ng asboblarning ekranlarida kerakli parametrlarning qiymatlarini yoki jarayonning grafik tasvirini kuzatish mumkin. Bunda tahlil natijalari, mas.VAX, AchX, ossillogrammalar keyingi laboratoriya ishini rasmiylashtirgunga qadar saqlanishi mumkin. Raqamli qurilmalarniing ishlashi mantiq algebrasiga asoslangan. Mantiq algebrasi ikkita asosiy tushuncha, ya’ni mulohazalarning chin yoki yolq’onligi bilan ish ko’radi. Chinlik sharti mantiqiy bir “1” bilan, yolg’onlik sharti esa, mantiqiy nol “0” bilan belgilanadi.
Mantiqiy funksiyalar 0 yoki 1qiymatlarni qabul qiluvchi mantiqiy o’zgaruvchilardan tuziladi. Argumentlar va mantiqiy funksiyalarning qiymatlarini kirish mantiqiy o’zgaruvchilari va chiqish mantiqiy funksiyalarining barcha mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan kombinatsiyalari ko’rinishidagi jadvalda tasvirlash qulay. Bunday jadval chinlik jadvali deb ataladi. Har qaysi mantiqiy funksiyaga o’zining mantiqiy elementi mos keladi. Asosiy mantiqiy funksiyalar va ELECTRONICS WORKBENCH V5.12 ALT ida ularga mos keluvchi mantiqiy elementlar quyidagi jadvalda keltirilgan.