BOOT UP NUMLOCK STATUS (Kompyuterning qamrab olishiga ko’ra raqamli klaviaturaning ulanishi) – bu parametrga ruxsat etish indekator NUMLOCKni o’z ichiga oladi va raqamli klaviatura raqamlar va belgilar kodlarini hoisil qiladi, aks holda yo’nalishlar kodi INS, Del va boshqalar yuzaga keladi. OS/2 Onboard Memory > 64 Mb (OS/2 uchun belgi tanlash, agar xotira 64 Mb dan ortiq bo’lsa) – ikkita shartni bajarishga ruxsat etish talab etiladi- kompyutyerda 64 Mb dan ortiq xotira o’rnatilganda va OS/2 OT ini sifatida foydalanilganda. PCI / VGI Palette Snoop (PCI da VGI videokartasi palitrasini to’g’rilash) – agar ekranda ranglar noto’g’ri tasvirlansa, bu parametrga ruxsat etiladi. Odatda bu natija MPEG kartalar, 3D tezlatkichlar va b.kabi nostandart qurilmalardan foydalanilganda yuzaga kelishi mumkin.