1-laboratoriya ishi



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix14.12.2022
ölçüsü1,61 Mb.
#74702
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Suyuqliklarning hajmiy kengayish koeffisiyentini aniqlash.

 
Foydali maslahatlar:
 
- Tajribani boshlashdan oldin, po’lat zoldirga tegmay, presizision shisha 
trubkaning yuqorigi uchini kaft bilan berkitish va rezina tiqinli presizision shisha 
trubkani 4-rasmda keltirilganidek qilib. Aspiratordan ajratish kerak. 
- Trubkaga ozgina havo miqdorini kiritish orqali, presizision shisha trubkaning 
yuqorigi uchiga po’lat zoldir o’tishi uchun imkon yaratish kerak.
- Yana qaytadan presizision shisha trubkaning yuqorigi uchini kaft bilan 
berkitib, rezinali tiqin bilan uni aspiratorga o’rnating.
- Tajribani boshlash uchun presizision shisha trubkadan qo’llingizni oling.
Presizision shisha trubkadagi po’lat zoldirning muvozanat balandligi (1-rasm) 
bosimga bog’liq. Agar atmosfera bosimi juda kichik bo’lsa, po’lat zoldir 
presizision shisha trubkadan aspiratorga tushib ketishi mumkin. Zoldirning
aspiratorga tushib ketishini oldini olish hamda tajribani boshlashda mos
balandlikni tanlash uchun sterjenli magnitdan foydalanish mumkin(5-rasm) 
Tajriba namunasi
Jadval 2. 10 ta ossillyasiya uchun po’lat zoldirning ossillyasiya davri T. 
Hajm =11,5 l 
Hisoblashlar va natijalar
Jadval 2. bo’yicha hisoblash, ossillyasiya davri uchun quyidagi qiymatni beradi:
T = 1.15 s
Po’lat zoldirning massasi: m = 16.5 g
Presizision shisha trubkaning diametri: d =16 mm
Trubka ko’ndalang kesimining yuzasi:A = π⋅r
2
= 2 ⋅10
-4
m

bosim: p = 1020 gPa
kolba hajmi: V =11.5 l 
(XVI) formulaga asosan adiabata ko’rsatgichi: k = 1.37
Adabiyotdagi natijalar: 
 
Qo’shimcha ma’lumot 


Solishtirma issiqlik sig’imi va mos ravishda adiabata ko’rsatgichi
temperaturaga bog’liq. Past temperaturalarda faqat ilgarilanma erkinlik
darajalari qo’zg’aladi. Temperatura oshishi bilan ikki aylanma erkinlik darajasi
qo’zg’aladi. Va nihoyat keyingi temperatura oshishida molekulalarning
tebranma erkinlik darajalari qo’zg’aladi. Tebranishlarda potensial va kinetik 
energiya mavjudligi sababli, (VI) formula bilan hisoblashda tebranma erkinlik
darajasi ikki marta hisobga olinishi kerak. Qo’shimcha tebranma erkinlik 
darajasi natijasida, molyar issiqlik sig’imi yana bir bor universal gaz doimiysi R 
qiymatiga ortadi. Chiziqli molekula CO2 to’rtta tebranma erkinlik darajasiga ega. 
(5-rasm). Tebranishlarning ikkita normal modasi molekulyar o’q bo’ylab va
ikkita boshqasi molekulyar o’qqa perpendikulyar amalga oshadi. CO2 
molekulaning qayishayotgan tebranishlari xona temperaturasida qo’zg’aladi va
shuning uchun xona temperaturasida hisobga olinishi kerak.
Bu tajriba gazsimon CO2 bilan o’tkazilishi mumkin. Bunda zoldirni 
aniqlangan ossillyasiya davrining qiymati quyidagiga teng bo’ladi: T = 1.2 s
Va shunda k = 1.26 adiabata ko’rsatgichiga ega bo’lamiz. 
Tovush to’lqinlarining tarqalishi holatlarning adiabatic almashuvidir. Bosimning 
mahalliy o’zgarishi shunchalik tez amalga oshadiki, bunda hyech qanday
issiqlik almashuvi bo’lmaydi, ya’ni: ΔQ = 0. Oqibatda adiabata ko’rsatgichi
havodagi tovush tezligi uchun Laplas tenglamasiga kiradi. (gazlarda tovush
tezligi bo’yicha tajribalarga qarang P1.7.3.4). 
4-rasm. Qayta tajribani boshlashning sxematik namoyishi (to’liq tajribani o’tkazish 
uchun foydali maslahatlarga qarang). 


5-rasm. Sterjenli magnitdan(jihozlar ro’yxatiga kiritilmagan) ixtiyoriy holatdan x 
tajribani boshlashda qanday foydalanishning sxematik namoyishi (batafsil tajribani 
o’tkazish va foydali maslahatlarga qarang. 



Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin