Termodinamika. Ichki energiya. Termodinamikaning



Yüklə 52,31 Kb.
səhifə1/4
tarix20.09.2023
ölçüsü52,31 Kb.
#145781
  1   2   3   4
5 mavzu kimyo


TERMODINAMIKA.
ICHKI ENERGIYA. TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNI

Jismning ichki energiyasi deb undagi zarrachalarning harakat va o’zaro ta’sir energiyasini hamda jism ichida issiqlik muvozanatini ta’minlovchi nurlanish energiyasini tushunamiz. Termodinamik usulga asosan jism bir holatdan ikkinchi holatga o’tganida ichki energiyasining o’zgarishi jismni bir holatdan ikkinchi holatga o’tkazish uchun berilishi zarur bo’lgan issiqlik va sarflanishi zarur bo’lgan ish yig’indisi bilan o’lchanadi.


Termodinamikaning birinchi qonuni shunday deydi: sistemaga berilgan issiqlik miqdori sistemaning ichki energiyasini o’zgarishiga va sistemaning tashqi jismlar ustida ish bajarishga sarflaydi.
Q U2-U1 A, (5.1)


Q — sistemaga berilgan issiqlik miqdori, U1 va U2 - sistema ichki energiyasining oldingi va keyingi qiymatlari, A — sistemaning tashqi jismlar ustida bajargan ishi.
Q va A algebraik kattaliklar va ular holat funksiyalari emas. (5.1) dan ko’rinadiki Q ning birligi ish yoki energiya birligidan kelib chiqadi, XBS da issiqlik miqdorining o’lchovi — Joul.
Termodinamikaning 1-qonuni izoxorik protsess uchun:


Q U, (5.2)

ko’rinishda yoziladi. YA’ni gazga berilgan issiqlik miqdorining hammasi ichki energiyaga aylanadi.


Agar pqconst bo’lsa, u holda hajm V1 dan V2 ga o’zgarganda gazning bajargan ishi


A P*(V2-V1), (5.3)

bo’lganligi uchun termodinamikaning birinchi qonuni bu protsess uchun quyidagicha bo’ladi:


Q U2-U1 P*(V2-V1), (5.4)



Yüklə 52,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin