Birdan bar natijasi issiqlikning batamom ishga aylantirishdan iborat bo’lgan jarayonni amalga oshirib bo’lmaydi. Bu qonunni yana shunday ta’riflari bor:
1) Klaizius: Issiqlik o’z-o’zidan sovuq jismdan issiq jismga o’tavermaydi.
2) Tomson (Kelvin): Biror jismni issiqligini bu jismni sovutishdan boshqa hech qanday ta’sir ko’rsatmasdan ishga aylantirib bo’lmaydi.
3) Ostvald: Ikkinchi jins abadiy dvigatelni amalga oshirib bo’lmaydi, ya’ni issiqlikni to’la ishga aylantiradigan mashinani qo’rib bo’lmaydi.
4) Bolsman: Tabiat ehtimoli kam bo’lgan holatdan ehtimoli ko’proq bo’lgan holatga o’tishga intiladi.
Termodinamikaning 1-va 2-qonunlari empirik qonunlardir. Termodinamikaning 2-qonuni faqat ma’lum chegaragacha to’g’ri bo’ladi. Termodinamikaning asoschilaridan biri Saddi Karno foydali ish koeffitsienti eng katta bo’lgan siklni taklif etgan. Bu siklni Saddi Karno sikli deyiladi. U ikki izoterma va ikki adiabatadan iborat bo’lgan qaytuvchi aylanma jarayondir. Karno siklining foydali ish koeffitsienti:
, (7.2)
ifoda yordamida aniqlanadi, bu yerda T1 – isitkichning va T2 – sovutkichning termodinamik temperaturalari.
REAL GAZLAR
Ideal gazlar uchun holat tenglamasi quyidagicha edi:
PV RT. (8.1)
Real gazlar bosimi uncha yuqori bo’lmasa va temperatura yetarli yuqori bo’lganda bu tenglama bilan tavsiflanadi. Ammo bosim ortsa va temperatura kamaysa, real gazlar uchun (8.1) tenglamadan ancha chetlanishlar kuzatiladi. Buning sababi shu-ki, (8.1) tenglama chiqarilganda ikki faktor hisobga olinmagan:
molekulalar o’z o’lchamlariga ega;
molekulalararo ta’sir kuchlari mavjud. Van-der-Vaals bu ikki faktorni hisobga olib real gazlar uchun holat tenglamasini chiqardi. Bu tenglama Van—der—Vaals tenglamasideyiladi va quyidagi ko’rinishga ega:
(P RT. (8.2)
Bu formula bir mol gaz uchun yozilgan bo’lib, istalgan m massali gaz uchun u quyidagi ko’rinishda yoziladi: