Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com



Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
1
Alisher NAVOIY 
 
SADDI ISKANDARIY
 
I
Xudoyo, musallam xudoliq sanga
1

Birov shahki, da’bi gadoliq sanga. 
Xudovandi bemislu monandsen, 
Xudovandlarga xudovandsen. 
Zabardastlar zerdasting sening
Biyiklar kelib borcha pasting sening. 
Sanki ko‘rguzub mavj daryoyi jud, 
Sen aylab ayon korgohi vujud. 
Vujud ahlining komi judung bila, 
Kelib jud qoyim vujudung bila
2

Vujudung qachon qilsa zohir qidam, 
Bo‘lub borcha ashyo vujudi adam. 
Zamoneki kavnayn ma’dum edi, 
Adam tangnoyida maktum edi. 
Ne kun orazidin bor erdi nishon, 
Ne tun turrasi anda anbarfishon. 
Sahardin falak zoli ro‘ toza yo‘q, 
Shafaqdin yuziga aning g‘oza yo‘q. 
Ne afloku, ne muttasil anda davr
Ne el, ne aning davridin elga javr. 
Ne olam diyoridin osor ham, 
Ne paydo diyor ichra dayyor ham. 
Sen ul nav’ mavjud eding, bal vujud 
Ki, budungg‘a yo‘q erdi nangi nabud. 
Ayon bo‘lmayin bahri zotingg‘a mavj, 
Aning mavjig‘a ne hazizu ne avj. 
Jamolingki mehri jahontob o‘lub 
Xafo pardasi ichra noyob o‘lub. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
2
Jamolingg‘a chunkim zuhur istading, 
Quyoshingg‘a ifshoyi nur istading. 
Bu nav’ iqtizo ayladi xo‘blug‘ 
Ki, qilg‘aysen izhori mahbublug‘. 
Chu mahbubluq amri pinhon emas 
Ki, to bo‘lmag‘ay oshiq imkon emas. 
Chu bori husng‘a ishq loyiq base, 
Kerak bo‘ldi husnungg‘a oshiq base. 
Chu bir junbush etti ayon bahri zot, 
Padid o‘ldi amvojdin koinot. 
Iki harf amrin qilib nuktavar
Ayon aylading muncha dilkash suvar. 
Chu qilding malak xaylini jilvasoz, 
Alar qismati bo‘ldi zikru niyoz. 
Iki, uchu to‘rt ochilib parlari, 
Harimi jaloling kabutarlari. 
Tilab ul kabutarlar oromini, 
Yasading falak qasrining tomini. 
Chu aflok tarhig‘a chekting qalam
Havo safhasig‘a chekildi raqam. 
To‘quz gunbad ul nav’ chekting baland 
Ki, vahm anda rust aylay olmas kamand. 
Kelib bir-biri ichra har bir nihon, 
Fazo har biriga jahon dar jahon. 
Alar javharini basit aylading
Birin sekiziga muhit aylading. 
Bori bir-biri javfida to‘-bato‘, 
Biri birga vobast o‘lub mo‘-bamo‘. 
Borin tab’ bir jonib aylandurub, 
Burung‘i borin tab’ ila yondurub. 
Bo‘lub ul sekizning madori anga, 
Taharruk aro ixtiyori anga. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin