www.ziyouz.com
kutubxonasi
3
Yana birda sabt aylading sobitot,
Anga sayr, ammo bularg‘a sabot.
Tushub davr aro jomi nilufariy,
Anga berk yuz ming sharaf gavhari.
Murassa’ javohir bila bo‘lsa jom,
Vale davr aro jom topsa xirom.
Necha bor esa sayr zohir anga,
Ne tong mahkam o‘lsa javohir anga.
Bo‘lub jilvagar yuz tuman mohvash,
Vale jilva ichra sukun birla xush.
Yana birni undur hisor aylading,
Birovni anga qal’ador aylading.
Muhandis shiori taammul ishi,
Tahammulliq ul nav’ bo‘lmay kishi.
Batiyravlig‘i hilm ayog‘i kibi,
Garonjonlig‘i sabr tog‘i kibi.
Ko‘zidin balo raxnasi ochilib,
Damidin nuhusat o‘ti sochilib,
Qaro yuz bila charxi gardunnishin,
Nechukkim, xaros uyi ichra chibin.
Yana birni bir ma’bad etting vase’,
Aning obidi qadr aro bas rafe’.
Saodat ziyosin sochib mehrson,
Yuzinda sharaf hullasi taylason.
Topib «Kimiyoyi saodat»qa yo‘l,
Falak xonaqohida g‘azzoliy ul
3
.
Falak gunbadi ichra qandildek,
Vayo Arsh burjida Jibrildek.
Bo‘lub yaxshiliqqa munir axtare,
Xaridor, ya’ni deyin Mushtariy.
Yana birni bir maqtal etting ajib,
Aning sokini qotili, bas muhib.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
4
Kishi tig‘idin topmayin bahr amon,
Beshinchi mamolikda ul qahramon.
Kelib lam’ai tig‘i barqi balo,
Hamul suv aro xalq g‘arqi balo.
Bo‘lub sheva el bo‘ynin urmoq anga,
Itik tig‘ ila bosh uchurmoq anga.
Kesuk boshning kosasin jom etib,
Vale qon may o‘rnig‘a oshom etib.
Kelib ish anga charx davrida qahr,
Qadah davrida, o‘ylakim qatra zahr.
Yana birni bir ravza qilding nazih,
Muqimi aning hurdin ham farih.
Demay hurkim, charx mulkida shoh,
Anga taxti feruza oromgoh.
Sipehr ahlining zeb ila zayni ul,
Demay ayni ul, qurratul-ayni ul.
Bo‘lub zoti raxshanda mir’ot anga,
Guvoh ushbu da’voda zarrot anga.
Biri gunbadi charxi gardon aro,
Aningdekki, zar shamsa ayvon aro.
Yana birni toqi baland aylading,
Muqim anda bir no‘shxand aylading.
Quyosh chehralik sho‘xi barbatnavoz
Ki, jon rishtasi tor anga, cholsa soz.
Chu torig‘a daston guzorish berib,
Bag‘irlarg‘a tirnog‘i xorish berib.
Qachon xushnavo lahn bunyod etib,
Agar Aqli Kull bo‘lsa faryod etib.
Qayonkim yetib barbatidin nag‘am,
Ne yo‘l anda topib kudurat, ne g‘am.
Falak toqida un chekib ko‘ngli tinch,
Bo‘lub, o‘ylakim doira ichra sinch.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |