Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
Alar gar shah o‘lsa, gadomen yamon,
O‘lar vaqti soyil hamon, shah hamon.
Yorurda quyosh partavidin saro,
Qachon farq o‘lur fahm zarrot aro.
Qilur vaqt bu zarralarg‘a karam,
Navoiyg‘a lutf ayla bir zarra ham.
Sazo andin ar jurmu pindor erur,
Sen ul qilki sendin sazovor erur.
Xato aylaganni hisob aylama,
Xatosig‘a loyiq azob aylama.
Karam birla jurmini kam aylagil,
Garu ul qildi kamm, lek karam aylagil.
Agar qilmading zuhdu toat nasib,
Habibingdin etgil shafoat nasib.
Dostları ilə paylaş: