Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
14
Quyoshingg‘akim banda yuz badrdur,
Iki zulf iki laylatul-qadrdur.
Demay zulf, iki gesuyi anbarin,
Qarorib alar atridin mushki Chin.
Sabo Chin
8
sari andin eltib shamim,
Bo‘lub Chin dog‘i nofai mushkin nasim.
Nedin bo‘ldi
Chin nofasi mushkfom,
Bulardin agar qilmadi mushk vom.
O‘rulganda topib chu tobu shikanj,
Iki anbarin af’i, ul jism ganj.
Qachonkim tarar chog‘da tobin ochib,
Sabo bargi gul uzra sunbul sochib.
Yuzung sunbuli anbarinfom aro,
Saodat tazarvi tushub dom aro.
Qushekim sanga
bastai dom emish,
Azozildek farruxanjom emish.
Ayog‘ingg‘a tayreki afgandadur,
Agar chug‘z bo‘lsunki, farxandadur.
Birovkim erur ganj vayronasi,
Ne g‘am ajdaho bo‘lsa hamxonasi.
Alarkim o‘lumga davo qildilar,
Aso tashlabon ajdaho qildilar.
Ochilg‘och
kalomingdin obi hayot,
Ani to‘rt burqa’g‘a soldi uyot.
Chu habli matining ayon qildi zo‘r,
Munung ayladi ajdahosini mo‘r.
Ne Muso-yu, Isoki, bori milal,
Chu shar’ing ayon bo‘ldi topti xalal.
Zihi oftobi risolatpanoh
Ki, anjumdek etting rusuldin sipoh.
Vale chunki xurshiding etti zuhur,
Kavokib sipohin nihon qildi nur.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: