Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
7
Chu raf’ aylading ul hijobin aning
Fuzun aylading ishqi tobin aning. 
Seni ko‘rdi har yonki soldi ko‘zin, 
Chu bori sen o‘ldung, iturdi o‘zin. 
Ajab holkim, bo‘lsa ayni shuhud, 
Chiqorg‘oy birov jonidan shavqi dud. 
Zihi turfa ma’shuqi oshiqnavoz 
Ki, qilmoqqa o‘z husnini jilvasoz. 
Karam birla xalq aylagay olame, 
Bu olamda maqsud anga odame. 
g‘araz odame anga olam tufayl
Nekim g‘ayri olamdur, ul ham tufayl. 
Kishi ko‘rmamish hargiz andoq kishi 
Ki, oshiqqa oshiqlik o‘lg‘ay ishi5. 
Yaqin anglasam g‘ayr bordur adam, 
O‘zung oshiqu ishqu ma’shuq ham. 
Chu ma’shuqu oshiq sen o‘ldung tamom, 
Sanga ishqu ushshoqdin vassalom. 
II
Munojot ul Karimi Xalloq va mukarrami alal-itloqqakim, karamining «kof»i sarkashlik bila yozuq 
«qof»ini yerga past qilur va «ro»si royi olamoro bila ma’siyat «ayn»in ko‘r etar va «mim»i lutfi emim 
bila xato xattig‘a afv raqami chekar va o‘z jurmi oloyishin demak va bahri g‘ufronidin amon istamak
Lakal-hamd, yo Akramal-Akramin, 
Karam ahlin etgan gadoyi kamin. 
Karim o‘lsa olamda har nav’ shoh, 
Anga sen karam qilding ul dastgoh. 
Karamdin kishi qayda sochqay diram
Diram sen anga qilmog‘uncha karam. 
Karam ahli gar sohibi toj erur, 
Ki, xoni navolingg‘a muhtoj erur. 
Anga sen xazoyin eshigin ochib, 
Chu sochmoqqa amr aylabon, ul sochib. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
8
Bas, ul filhaqiqat karamkesh emas, 
O‘zung Mukrim, ul bir sabab besh emas. 
Chu sen Mukrim, ahli karamdur sabab, 
Desam Akramul-Akramin ne ajab. 
Munga o‘zga ma’ni dog‘i bordur, 
Akobir so‘zidin namudordur 
Ki, ayni karamdin qachonkim Iloh
Gunahkordin o‘tkarur bir gunoh. 
Karam fartidin budur oning ishi, 
Kim ul ishga o‘zga tutulmas kishi. 
Ulusqa agar ul gunoh ishdurur, 
Qiyomatqacha afvu baxshishdurur. 
Bu yanglig‘ karamdin rasuli amin 
Seni etmish ul Akramul-Akramin. 
Ilohiy, alarkim gunahkor ekin
Sen o‘tkarmagan ne gunah bor eking‘ 
Chu har mujrimekm, sen etting karam, 
So‘rulmas hamul jurm ila o‘zga ham. 
Agar afv birla karam budurur, 
Bori xalqning jurmi ma’fudurur. 
Sangakim karamdur bu g‘oyatqacha 
Kim el ma’fu o‘lsa nihoyatqacha. 
Chu daryoyi rahmatqa solg‘anda mavj, 
Quruq qolmamish ne hazizu ne avj. 
Necha menda jurm o‘lsa behad padid
Ne yanglig‘ bo‘la olg‘amen noumid. 
Necha ma’siyatdin tabahkormen, 
Nihoyatdin ortuq gunahkormen. 
Qadimni xijolat yuki xam qilib 
Anga jurm sarborliq ham qilib. 
Tutoshib vujudumg‘a hirmon o‘ti, 
Ne hirmon o‘ti, balki isyon o‘ti. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin