Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

 
III 
Ul Rasuli amin na’tikim, risolat xutbasida muborak alqobi sayyid ul-mursalin keldi va ul shafe’ ul-
muzannibin vasfikim, humoyun sifoti «Va mo arsalnoka illo rahmatan lil-olamin» yozildi, alayhi 
afzalus- salavot va akmalut - tahiyot 
Zihi anbiyo xaylining sarvari
Boshing uzra sarxaylliq gavhari. 
Demay anbiyo qavmu xayling sening, 
Bori ofarinish tufayling sening. 
Tutub gavhari zoting avval vujud, 
Bo‘lub so‘ngra mavjud budu nabud. 
Zamoneki nurungg‘a bo‘lmay zuhur, 
Ne zulmat bo‘lub zohir ul dam, ne nur. 
Chu Haq aylab ul nurni sham’i jam’, 
Aning nuridin yorutub jam’i sham’. 
Bu mash’al chu o‘z shu’lasin yorutub, 
Rusul sham’i andin yorug‘luq tutub. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
12
Demaykim rusul, har nekim topti ruh, 
Bu kibritdin borcha topib futuh. 
Ne kibrit, gugirdi ahmar ham ul. 
Ne gugird, iksiri akbar ham ul. 
Vujudingdin aylab qazo kimiyo
Misin oltun aylab bori anbiyo. 
Bu sabqatki, zotingg‘a berdi Ahad, 
Sanga Bul-bashar tong yo‘q o‘lmoq valad. 
Atoliqqa suratda payvand erur
Vale asli fitratda farzand erur. 
Ajab yo‘q sen o‘lmoq ato, ul sabiy, 
Bu ma’nig‘adur dol «Kuntun-nabiy»
1

Qachonkim, valad bo‘lsa Odam sanga, 
Bas ahfod erur o‘zgalar ham sanga. 
Xiradg‘a solib ajz zoting sening
Xirad ahlig‘a mu’jizoting sening. 
Chu Musog‘a
2
«Tavrot» etib Haq bayon, 
Sanga ul bayon ichra mu’jiz ayon. 
Bo‘lub chunki Dovud
3
qismi «Zabur», 
Sening mu’jizing anda aylab zuhur. 
Chu Isog‘a
4
«Injil»
5
nozil bo‘lub, 
Haq anda sifotingg‘a qoyil bo‘lub. 
Kalomeki sendin topib intizom
Aning lafz bar lafzi mu’jiznizom. 
Nechakim kutubi osmoniy kelib, 
Borisinda sendin nishoniy kelib. 
Bo‘lub chun zuhuri valodat sanga, 
Bo‘lub fosh nuri saodat sanga. 
Aning partavidin nechukkim quyosh
Madoyin bo‘lub Makka
6
ahlig‘a fosh. 
Sujudungg‘a butlar bo‘lub yerga past, 
Aningdekki, but ollida butparast. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin