Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
Yasoding kasofat birining ishin
Kim, ul bo‘ldi bu ishdin asfalnishin
Berib bu tazavvujg‘a
payvand ham,
Padid aylading necha farzand ham.
Biriga hajar jismidin to‘shadur,
Anga naqd balkim jigargo‘shadur.
Biriga numu jilvasidin hayot,
Qadi jilvada nayshakar, bal nabot.
Birin lutf aro javhari jon deyin,
Anga obxo‘r obi hayvon deyin.
Munga tegru g‘ilding marotibnavard
Ki, ochting bashar gulbuni ichra vard.
Ochilg‘och
bu gulshanda inson guli,
Ne inson guli, bog‘i rizvon guli.
Tanig‘a sharafdin duvoj aylading,
Boshin ham sazovori toj aylading.
Qilib ko‘nglini roz ganjinasi,
Yuzin aylading zot oyinasi.
Anga
aylagach nuri husnung zuhur,
O‘qubon malak xayli Alloh nur.
Chu bu nav’ mavjud qilding ani,
Maloyikka masjud qilding ani.
Qayu ko‘zguda tutsa aksing vujud.
Maloyik nechuk qilmag‘aylar sujud.
Bosh indurmagan aylab izhori ta’n,
Ne tong ta’m nuni anga tavqi la’n.
Chu berding anga rutba mundoq baland,
Qilib ko‘nglini sevmaging arjumand.
Chu ishqing o‘ti soldi ko‘ngliga tob,
Quyoshning yuzidin ketordi sahob.
Quyoshingg‘a xud mone’i yo‘q edi,
Hijobi aning o‘zlugi-o‘q edi.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: