Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
20
Bo‘lub raf’ o‘zluk aro pardasi,
Padid o‘ldi vahdat saropardasi.
Niqob
anda yetmish ming etti zuhur,
Aning ko‘pragi zulmat, ozrog‘i nur.
Ki, raf’ etti borin hidoyat yeli,
Hidoyat yeli yo‘q, inoyat yeli.
Yaqinroq sig‘indi visol istabon,
Visol avjig‘a ittisol istabon.
Nekim istabon
aylar erdi havas,
Tamomig‘a Haq yetkurub dastras.
Yorub vasl xurshididin ayn anga,
Muayyan bo‘lub qobi qavsayn anga.
Taallumg‘a yetmay «shadidul-quvo»,
Ko‘zi topti «mo zog‘», o‘zi «mo tag‘o»
12
,
Necha ikilik naqshi nobud o‘lub,
Bir-o‘q vahdati sirf mavjud o‘lub.
Qilib mayl ummat nizomig‘a ham,
Yonib «Li maalloh» maqomig‘a ham.
Qilib mustami’liqda arzi niyoz,
Topib Haq taolodin ismoi roz.
Agar maxfiy, ar fosh o‘lub Haq so‘zi,
O‘zi aytibu ham eshitib o‘zi.
Ko‘rub bahri g‘ufronni chun mavjnok,
Tilab osiy ummat gunohini pok.
Bu maqsudini arz qilg‘on zamon,
Talab birla topmoq bo‘lub tav’amon.
Chu topib tilab topmag‘onni kishi,
Kirib ko‘ngliga avd qilmoq ishi.
Kelib g‘unchau bog‘i
rizvon yonib,
Yetib qatrau bahri Ummon yonib.
Topib har ne maqsudkim istabon,
Bo‘lub borcha mavjudkim istabon.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: