www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
Chu istab tarab tab’i ozodasi,
Quyub nazm jomig‘a so‘z bodasi.
Aning jur’asi elni mast aylabon,
Demay mastkim, mayparast aylabon.
Ne jomeki, may jur’asidin name,
Tarashshuh qilib, mast o‘lub olame.
Bu yanglig‘ki jomi maoniy tutub,
Malak xaylig‘a do‘stgoniy tutub.
Bo‘lub chun aning jomidin jur’achash,
Bo‘lub charx so‘filari jur’akash
Ki, mash’uf o‘lub jomi mastonag‘a,
Garov aylabon xirqa mayxonag‘a.
Yangi oyni jomi hiloliy qilib,
Nechakim to‘la bo‘lsa xoli qilib.
Janohayn o‘lub sukrdin xokro‘b,
Gahi dastafshon, gahi poyko‘b,
Bu nav’ o‘lsalar Arshi A’zam eli,
Ne bo‘lg‘ay, xayol ayla, olam elig‘
Chu ul jomdin obi hayvon topib,
O‘ni jon berib, gar biri jon topib.
Dema jom ila mayki, nazmi ravon,
Yeru ko‘k elin ayladi notavon.
Qayu nazm, balkim jahon ofati,
Jahon ofati yo‘qki, jon ofati.
Yeshitmakligi zavqnok aylabon,
Vale darki ma’ni halok aylabon.
G‘azal dardu so‘zini, vah-vah, ne dey,
Desa masnaviy, Alloh-Alloh, ne dey!
Agar nazmdin borcha uslub anga,
Bori bir-biridin erur xo‘b anga.
Vale masnaviy o‘zga olamdurur
Ki, ta’big‘a holo musallamdurur.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
36
Bo‘lub jilvagar tab’i ko‘zgusida
Ki, sabt ayladi «Xamsa» o‘trusida.
Yerur andin ortuqki, o‘ksuk emas,
Yel andin der ortuqki, o‘ksuk demas.
Aning baytig‘a gar fuzundur adad,
Vale yo‘qturur munda ma’nig‘a had.
Necha anda durji daqoyiqdurur,
Vale munda durri haqoyiqdurur.
Bo‘lur oni bahru muni kon demak,
Ani ko‘ngul, ammo muni jon demak.
Burun jilva aylab ayon «Tuhfa»si,
Berib olam ahliga jon tuhfasi.
Yana «Subha»
3
jon rishtasin tor etib
Ki, har muhra bir durri shahvor etib.
Chu Yusuf
4
so‘zin oshkor aylabon,
Zulayho kibi elni zor aylabon.
Chekib xoma «Layliyu Majnun»
5
sari,
Yuz ofat solib tog‘u homun sari.
Bu damkim qilib xomasin durfishon,
Skandar hadisidin aytur nishon.
Shak ermaski, fath aylabon xushku tar,
Skandar kibi olg‘usi bahru bar.
Bukun komil ul nav’ mafhum emas,
Burun bor ekan dog‘i ma’lum emas.
Birov ko‘ngli ollindakim sofdur,
Agar zarkash, ar bo‘ryobofdur.
Agar bo‘lsa o‘z fannida bebadal,
g‘animatdur ul borchag‘a filmasal.
Birovkim anga nafas qudsiysifot,
Nafas birla o‘lganga bergay hayot.
Qayu kimsakim ahli idrokdur,
Anga jon fido qilsa ne bokdur.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |