Sezgi a’zolarini faoliyati buzilmaydi – masalan optik illyuziyalar.
Patologik, affektiv, va narkotik holatlar – masalan og‘riq, qo‘rquv yoki mast holatlarda.
Shunga ko‘ra illyuziyaning uchta turi farqlanadi:
Affektiv illyuziyalar – insonning emotsional holatlari, ko‘pincha qo‘rquv natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, qorong‘u ko‘chadan yolg‘iz shoshilib ketayotib, burchakda turgan axlat idishini manyakka o‘xshatib yuborish.
Diqqat-e’tibor illyuziyalari – u diqqat e’tiborni ortishi yoki kamayishi bilan kechishi mumkin. Masalan, birovni kelishini kutayotganingizda diqqatingiz kuchayib har qanday shovqin qadam iziga o‘xshatilaveradi. Yoki diqqatni pasayib ketishiga misol: imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan charchagan student kitobning bir qatorini bir necha marotaba qaytarib o‘qiyverishi.
Idrokda illuziya
Pareydolik illyuziyalar – u tasavvuri (fantaziyasi) kuchli odamlarda kuzatiladi. Masalan, gilamdagi har xil naqshlar turli xil hayvonlarga yoki mahluqlarning yuzlariga o‘xshab ketishi.
Illyuziya va optik gallyutsinatsiyaning farqi nimada?
Gallyutsinatsiyada odam aslida mavjud bo‘lmagan obektlarni bor qilib ko‘radi.
Illyuziyada odam bor narsalarni adashtirib ko‘radi.
Idrok predmetliligini ta’minlashda harakatlarning o‘rni haqida gap ketganida, idrokning motorli tarkibiy qismi haqida so‘z yuritishimiz lozim, motorli tarkibiy qismga jismni paypaslayotgan qo‘l harakati; ko‘rinib turgan shaklni kuzatib chiqayotgan ko‘z harakatlari; tovush chiqarayotgan hiqildoq harakatlari va h.k.lar kiradi.