Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
52
Munung nuktasi obi hayvon berib.
Gar ul sa’y birla olib xushku tar,
Bu besa’y bazl aylabon bahru bar.
Alo, to Skandardin o‘lg‘ay nishon,
Muni tut jahonda Skandarnishon.
Mute’i
qilib bahr ila barni ham,
Baru bahr olg‘on Skandarni ham.
Mulozimlarini Skandarfar et,
Adolat uyin Saddi Iskandar et.
Ayoqchi, tut oyinagun sog‘are,
Ne sog‘arki, mir’oti Iskandari!
Hamul ko‘zgu birla ko‘zum ravshan et,
Ko‘ngul g‘unchasin, o‘ylakim gulshan et.
Mug‘anniy! Chu gulshanda bazm o‘ldi rost,
Budur xostkim tuzsang ohangi «Rost»!
7
U ohangdin bizni qilsang xushon
Ki, bo‘lsoq sarandozu domanfishon!
Navoiy, chu bazm o‘ldi orosta,
Qadahdin tutub mohi nokosta.
Bu
shohona majlis aro boda ich,
Va lekin qachon tutsa shahzoda, ich!
X
Xilofat taxtining toji zebandasi va saltanat tojining mulk baxshandasi, jahondorlig‘ kishvarining sohib
sariri va jahonkushoyliq sipehrining mehri muniri Sulton Badiuzzamon
1
bahodir madhida.
Xirad bog‘ining sarvi ozodasi,
Zamon ahlining shohu shahzodasi.
Hayo gulistonida abri mutir,
Adab osmonida mehri munir.
Asolat
sipehrida raxshanda mehr,
Adolat jahonig‘a oliy sipehr.
Saodat bahorida ozoda sarv,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: