www.ziyouz.com
kutubxonasi
55
Nazar hujrasin tobidin ravshan et.
Mug‘anniy, surude chek andoq baland
Ki, tushsun sipehr ahlig‘a dilpisand!
Unung savtini oliy ovoza et,
So‘z ovozasin ko‘ngluma toza et!
Navoiy, so‘z ayturda farzona bo‘l,
Chu ish boshingga tushti, mardona bo‘l!
Bahona tariqini barbod qil,
Surub doston, nukta bunyod qil!
XI
Bu gavharfishonliqdin chun ulug‘ maqsud tarix ilmi maxzanig‘a vuquf topmog‘lig‘ va bu javohir
nishonliqdin kulliy murod salotini moziya holoti makshuf bo‘lmog‘ erdi, ul jihatdin Ajam mulukikim,
to‘rt tabaqa voqe’dururlar, alar ahvolidin ijmol tariqi bila ixtisor etildi va avvalg‘i tabaqakim
peshdodiylardurur peshnihod alar ishlari sharhin qilindi
Bu tarix surat nigorandasi,
Bu yanglig‘ bo‘lur so‘z guzorandasi:
Ki andinki Odam alayhissalom,
1
Xilofat saririda tutti maqom.
Anga tegrukim, shohi Makkiy laqab,
Ne Makkiy laqabkim, Rasuli arab
Muhammadki
2
erdi rusul shohi ul,
Laduniy ulumning ogohi ul.
Qilib Haq ani sayyidal-mursalin,
3
Risolat uza bo‘ldi masnadnishin.
Bu mobayn aro voqe’ o‘lg‘on muluk
Ki, ko‘rguzdilar shahlig‘ ichra suluk.
Ko‘p ettim tavorix o‘qur sori mayl,
Hamonoki bor erdilar to‘rt xayl
Ki, tarix tahririn etgan raqam,
Bitibdur alarni «Muluki ajam».
Agarchi ko‘p o‘lmishdurur ixtilof
Ki, bor ixtilof aylaganlar maof
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
56
Ki, solmishdurur imtidodi zamon,
Havodiski, om aylamish osmon.
Tavorix vaz’ig‘a behad futur
Ki, andin bu fan ichra bo‘lmish qusur.
Vale ulcha bergaylar andin xabar,
«Nizom ut-tavorix»
4
erur mu’tabar.
Qilib o‘zgalar birla tatbiq ham,
Bu sarnoma fihrastin ettim raqam.
Bularniki sabt ayladim to‘rt qism,
Yeshit emdi borig‘a tarixu ism.
Burung‘ig‘a keldi laqab Peshdod,
Ikinchi emishlar Kayoniynihod.
Uchunchiga Ashkoniy o‘ldi laqab,
Yana birga Sosoniy o‘ldi laqab.
Vale Peshdod
5
o‘ldi o‘n bir kishi,
Burun saltanat keldi bu qavm ishi.
Alar peshvosi Kayumarsi6 rod
Kim, ul qo‘ydi taxt uzra oyini dod.
Tutub gar jahonni asosi aning,
Dadu vahsh charmi libosi aning.
Yana bir jahondor Hushang
7
edi
Ki, zebandai toju avrang edi.
Anga yo‘q xiradmandlig‘ ichra had,
Bitib nusxae «Jovidoni xirad».
Chu ul bordi, Tahmuras
8
o‘ldi padid,
Anga bog‘ladi olam ahli umid.
Base shahr olamda qildi bino,
Nishopuru Marvu Sipohon
9
yano.
Yana surdi Jamshid
10
olamg‘a raxsh
Ki, ham taxtgir erdi, ham tojbaxsh.
Xaloyiqqa ko‘p yetkurub intifo’,
g‘arib amr ko‘p ayladi ixtiro’.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |