www.ziyouz.com
kutubxonasi
71
Qadining xamidin bilib erdi xayl
Ki, jismig‘a tufroq sari bo‘ldi mayl.
Quvosini za’f aylagan chog‘da sust,
Skandar bo‘lub erdi shahlig‘da chust.
O‘zi bo‘ldi Tengriga po‘zishpazir,
Skandarga topshurdi toju sarir.
Chu o‘g‘lig‘a taxtini qildi maqom,
O‘zi ayladi taxta sori xirom.
Hamono iki shox berdi daraxt,
Birin yo‘ndilar taxtau birni taxt.
Ne qushqaki bir shoxi maskandurur,
Yana shoxi so‘ngra nishimandurur.
Skandar chu ko‘rdi ato margini,
Yaqin erdi qilg‘ay jahon tarkini.
Chu mustavli o‘ldi bu niyat anga,
Ato qilmish erdi vasiyat anga
Ki: «Mulkumda begonani qo‘ymag‘il,
Shabistonima yonani qo‘ymag‘il!
Harimim aro kirmasun hech yot
Ki, bo‘lg‘ay anga pardadarlikda ot!
Seni istabon topqonimdin murod
Budurkim, qachon aylasam xayrbod.
Sen o‘lsang chu qoyim maqomim mening,
Babod o‘lmag‘ay nangu nomim mening».
Bu so‘z yodig‘a kelgach o‘ldi zarur,
Yeturmak ato pardasig‘a surur.
Hamiyat dog‘i mone’ o‘ldi base
Ki, yeldin zilolig‘a tushg‘ay xase.
Ato so‘gini aylagach bartaraf,
Sariru nigin topti andin sharaf.
14
Ato taxtini chun maqom ayladi,
Tuzub rud, ohangi jom ayladi.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
72
Ayog‘chi, ber ul javhari g‘amzudo
15
,
Dema g‘amzudo, jomi motamzudo.
Ki, andin sumursam g‘amim qolmasun,
Ato so‘gidin motamim qolmasun.
Mug‘anniy, qilib soz rudi nishot,
Aning birla tuzgil surudi nishot
Ki, so‘z taxtida bo‘ldum oromgir,
Bo‘lay tahniyat bazmida jomgir!
Navoiy, jahonning firibin yema,
Xirad ollida naqshu zebin dema.
Chu davron ishi bevafoliqdurur,
Fuzun shohlig‘din gadoliqdurur.
Gadoeki qayd o‘lg‘ay andin yiroq,
Muqayyad jahondordin yaxshiroq!
XVI
Himmat humoyining balandparvozlig‘i ta’rifidakim, janohhaynining soyasi quyoshning anqoyi zarrin
janohig‘a zulmat Qofida nishiman berur va azimjussalig‘i vasfidakim, bayzoning siymin bayzosin
janohayni ostig‘a yashurur va har gadog‘a ul soya tushsa, salotin aning gadoyidurur va har shohdin
soyasin olsa gado aning qoshida shoh ko‘rinur
Birovkim anga himmat o‘ldi baland,
Erur olam ahli aro arjumand.
Kishi naqdi gar bir qaro mis emas,
Agar himmati bo‘lsa muflis emas.
Ani angla mufliski, yo‘q himmati,
Chu yo‘q himmati, yo‘q aning hurmati.
Bu rasm o‘ldi oyini dayri fano
Ki, hurmat topar kimda bo‘lsa g‘ino.
Chu himmat erur kimiyoyi vujud
Ki, andin topar e’tibor ahli jud.
Birovkim, aning kimiyodur fani,
Ani desa bo‘lg‘ay el ichra g‘ani.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |