Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
69
Skandarni donog‘a topshurdi chust 
Ki, donishning avroqin etgay durust. 
O‘ziga sharaf bildi dono muni 
Ki, ul voqif erdi valodat kuni. 
Boqib charxning borcha holotig‘a, 
Kavokibning iqbolu ofotig‘a. 
Ko‘rub mustaqimin, bilib roje’in,
10
Yozib erdi mavludining tole’in. 
Qilib hukmlar anjum arqomida
Raqamlar qo‘yub erdi ahkomida 
Kim, ul tifli farruxpayi pokzod,
11
Shahe bo‘lg‘usi poku farruxnihod. 
Yeti ko‘k uza shavkati yetgusi
Yurub rub’i maskunni fath etgusi. 
Kirib shohlar qullari sonig‘a, 
Bo‘yun qo‘yg‘usi tavqi farmonig‘a. 
Sipehr avjig‘a yetkurub himmatin, 
Falak toqida cholg‘usi navbatin. 
Chu hay’atda tab’i jadal qilg‘usi, 
Falak mushkilotini hal qilg‘usi. 
Qilib xurdadon tab’i hikmatni qism, 
Base yerda soz etgusidur tilism. 
Riyoziy bila tuzgusidur rasad
Ilohiy bila fitna ollig‘a sad. 
Jahon mulkini chun maqar qilg‘usi, 
Tengiz ichra yillar safar qilg‘usi. 
Anga haq nasib aylabon xushku tar, 
Yurub fath qilg‘usidur bahru bar
12

Hakim anglamish erdi chun barcha hol
Bu iqboldin bo‘ldi ishratsigol. 
Murattab qilib lavhi irshodini, 
Anga qildi ta’lim bunyodini. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
70
Qayu ishni ta’lim qilg‘on zamon, 
Yeshitmak hamon erdi – bilmak hamon. 
Bilib bo‘lmas erdi tavaqquf anga
Qilur erdi turluk tasarruf anga. 
Bu yanglig‘ki te’dod bo‘ldi sifot, 
Hamono o‘n onchani kasb etti bot. 
Bilik kasbini qildi to joni bor, 
Hunar bildi onchaki imkoni bor. 
Chu tutti musallam kamolotin el, 
Dilovarlig‘ amrig‘a chust etti bel. 
Ne ishkim sipohig‘a naf’ aylagay 
Ki, andin adusini daf’ aylagay. 
Gahi markab uzra silahsho‘r edi, 
Yayog‘liqda gah varzishi zo‘r edi.
13
Demaykim, o‘qi ochti tori zirih 
Ki, tori taxayyuldin ochti girih. 
Sinoni bila tikti axtar ko‘zin, 
Ne axtar ko‘zin, charxi axzar ko‘zin. 
Aning tig‘i xoroni qildi shikof 
Ki, kemuxti g‘abrodin etti g‘ilof. 
Kamandinki chin-chin qila boshladi, 
Falak qal’asi burjig‘a toshladi. 
Qachon gurzini qildi xoronabard
Qatig‘ xoradin ko‘kka yetkurdi gard. 
Chu maydon aro zo‘r rasmin tuzub, 
Churuk ip kabi ajdahoni uzub. 
Va gar royi birla bo‘lub chorasoz, 
Dilovarlig‘u kuchga bo‘lmay niyoz. 
Bori ishda bir yerga yetti ishi 
Ki, mumkin emas andoq o‘lmoq kishi. 
Atosi dog‘i chun surub erdi umr, 
Vido’ etgali yetkurub erdi umr. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin