www.ziyouz.com
kutubxonasi
61
Falak burjig‘a mahkam etti kamand.
Chu oldi jahon Hurmuz ibni Yalosh,
6
Adolat o‘tar dahr aro qildi fosh.
Yana Narsi ibni Yalosh
7
oldi taxt,
Necha kun ani komron etti baxt.
Yana qoldi Feruzi Hurmuzg‘a
8
toj,
O‘kush tojvarlardin oldi xiroj.
Yalosh ibni Feruz
9
chun bildi mulk,
Tafoxur aning adlidin qildi mulk.
Yana Xusrav ibni Yalosh
10
o‘ldi shoh,
Anga yer yuzin tutti xaylu sipoh.
Yana shahlig‘ etti Yaloshi Yalosh,
11
Kishiga aning birla bo‘lmay talosh.
Yana Ardavoni Yalosh
12
o‘ldi tund,
Aning tig‘ini ham falak qildi kund.
Yana Ardavon ibni Ashg‘on
13
bo‘lub,
Zamona aning uzrini ham qo‘lub.
Jahon oldi Gudarzi
14
Ashg‘on yana,
Anga ham jafo qildi davron yana.
Yana shoh Tiyri Gudarz edi
Ki, manzilgahi bu kuhan marz edi.
Yana bo‘ldi Gudarz Tiyri ulug‘,
Ani ham zavol ayladi qayg‘ulug‘.
Yana tutti olam yuzin Ardavon
15
Ki, chekti ani charxi axzar davon.
Bularg‘a dog‘i boqiy o‘lmay hayot,
Falak mulkni berdi bot, oldi bot.
Ketur soqiy, ul sog‘ari la’lrang,
Anga davrida zohir etma darang.
Chu yo‘qtur darange falak jomig‘a,
Ko‘ngul qo‘yma og‘ozu anjomig‘a.
Mug‘anniy, bu shahlarki chektim tiroz,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
62
Alar yodig‘a nag‘ma chek dilnavoz
Ki, nag‘mang bila bir qadah no‘sh etay,
Dame nuktadin tilni xomush etay.
Navoiy, bu shahlarki ko‘rdi jahon,
Bukun barcha tufrog‘ arodur nihon.
Chu borig‘a ul yon azimatdurur,
Zamone xush o‘lmoq g‘animatdurur.
XIV
To‘rtunchi tabaqa sosoniylar erdilarkim, jahon mulkida jahon mulkida jahonbonliq qildilar va rub’i
maskun mamlakatin bildilar
Navosozi dehqoni ozarparast,
Bu nav’ etti so‘z rishtasin borbast
Ki, to‘rtunchi xayl ulcha shoh erdilar,
Falakqadru anjumsipoh erdilar
Ki, holo adamdur alarg‘a mafar,
Yigirmi durur, dog‘i to‘quz nafar.
Biri Ardasher ibni Bobak
1
edi
Ki, ba’zi el oni valiy ham dedi.
Yana erdi Shopur
2
bin Ardasher
Ki, shohe edi kordonu daler.
Ul etti baqo mulki sori xirom,
Qo‘yub o‘g‘li Hurmuzni
3
qoyim-maqom.
Yana tegdi Bahromi Hurmuzg‘a
4
toj,
Jahon ichra adlidin o‘ldi rivoj.
Yana qildi Bahromi Bahrom
5
jahd
Ki, dahr etti toza aning birla ahd.
Yana o‘g‘lig‘a dahr aro kom edi
Ki, Bahromi Bahromi Bahrom6 edi.
Yana qildi Narsini
7
charx arjumand,
Ham oxir adam sori surdi samand.
Yana Hurmuzi Narsi
8
etti g‘uluv
Ki, qadri falakdin oshurdi uluv.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |