Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
57
Yana dahr dorosi Zahhok
11
edi, 
Ki, el qoni to‘kmakta bebok edi. 
Necha kun ishiga ko‘rundi sabot, 
Borur chog‘ ko‘rundi anga asru bot. 
Faridun
12
edi so‘ngra ofoqgir, 
Anga bori ofoq farmonpazir. 
Boshi uzra toji Kayoniy bo‘lub, 
Dirafshi aning koviyoniy bo‘lub. 
Manuchehr
13
bo‘ldi valiahd anga 
Ki, masnad edi bu kuhan mahd anga. 
Furot arig‘in ul ravon ayladi, 
Shajar ektiyu bo‘ston ayladi. 
Yana topti Nuvdar
14
jahondin navo, 
Jahon mulkiga bo‘ldi farmonravo. 
Vale dahr komin ravo qilmadi
Anga dog‘i olam vafo qilmadi. 
Yana shohlig‘ qildi Afrosiyob
15

Vale qildi Eronni zulmi xarob. 
Zamonida gar erdi obod kam, 
Ani qo‘ymadi charx obod ham. 
Bo‘lub Zob Tahmospning
16
navbati, 
Falakdin o‘tub chatrining rif’ati. 
Musallam anga erdi avrangu toj 
Ki, bog‘ishladi yeti yilliq xiroj. 
Chu olam tihi bo‘ldi Tahmospdin, 
Zamon zebu far topti Garshosbdin
17

Falak tavsanin garchi rom ayladi, 
Chu vaqt o‘ldi, ul ham xirom ayladi. 
Bari dahrning sarfarozi edi
Vale dahrdin barcha bozi yedi. 
Ketur soqiy, ul jomi jamshedsoz 
Ki, qilg‘ay jahondin meni beniyoz. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
58
Chu yo‘q shohlig‘ rasmi ogohlig‘, 
Yerur maydin ogohlig‘ – shohlig‘. 
Mug‘anniy, «ajam»
18
ichra tutqil nag‘am, 
Sig‘ur anda zikri «Muluki ajam». 
Alar Peshdod erkanin yod qil, 
Manga sen dog‘i tarki bedod qil. 
Navoiy, ajab yerga yetmish so‘zung, 
Ne eldur bular, xud bilursen o‘zung! 
Adab birla shohona sog‘ar sumur, 
Dimog‘ing chu garm o‘ldi afsona sur! 
XII
Ikkinchi tabaqakim kayoniylardurur alarning oliy taxtlari va kayoniy Tojlarin boshdin-ayoqqacha 
demak 
Birovkim, bu so‘z ayladi ibtido, 
Qilur «Furs tarixi» bu nav’ ado 
Kim, erdi Kayoniy ikkinchi guruh 
Ki, olamda erdi alardin shukuh. 
Bulardin burung‘ini bil Kayqubod
1
Ki, erdi xiradmandu odilnihod. 
Magar Rustam
2
ul vaqt edi navjuvon 
Ki, bo‘ldi aning ollida pahlavon. 
Yana tutti Kovus
3
ofoqni, 
Tama’ ayladi charxi nuh toqni. 
Sipahdori Gudarz
4
erdiyu Tus,
5
Siyovushqa6 yorutti nori majus. 
Yana bo‘ldi Kayxusravi
7
pokroy, 
Jahon ahlig‘a roy ila kadxudoy. 
Sipahdor anga Tusu Gudarzu Gev
Faromarz ila Rustamu Zolu Nev
8

Yana bo‘ldi Luhrosb
9
mulk uzra shoh, 
Ko‘pi Balx
10
erdi anga taxtgoh. 
Yaqindin anga tiyra bo‘ldi basar 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin