www.ziyouz.com
kutubxonasi
53
Sharaf gulshanida xiromon tazarv.
Saxo ravzasida gulafshon nasim,
Ato vardida ruhparvar shamim.
Kamol avjining xusravi anjumi,
Hamul anjuman aynining mardumi.
Vafo gulbunining ochuq vardi ul,
Saxo bahrining javhari fardi ul.
Kelib saltanat aynu, ul nuri ayn,
Badiuzzamon ibni Sulton Husayn.
Zihi xilqating nur, bal ruhi pok,
Malak zikri sha’ningda ruhi fidok.
Maloiksifat pok zoting sening,
Malakvash jame’i sifoting sening.
Yig‘ib yaxshiliq birla yaxshi qiliq,
Qiliqdek boshingdin-ayoq yaxshiliq
2
.
Latofat nihon istab ahli jahon,
Jahoni latofat sen aylab nihon.
Nihon lutfung ar bemadoro bo‘lub,
Yoshurg‘on soyi oshkoro bo‘lub.
Quyoshkim, erur nur sochmoq ishi,
Netib nur ila oni yopqay kishi.
So‘zungdin yetib elga quti hayot,
Xizr suyini gum qilib ul uyot.
Gar ul suv berib Xizr umrig‘a mad,
Bu so‘zdin ulusqa hayoti abad.
Chu bi xosiyat bo‘lmay ul suv aro,
Nihon aylab o‘zni qorong‘u aro.
So‘zung aylabon umrbaxshandaliq,
Yuzungdin xaloyiqqa farxandaliq.
Yo‘q ulkim, mute’ ahli biynish sanga
Ki, ma’muri amr ofarinish sanga.
Yo‘q ulkim bo‘lub amru farmon bila
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
54
Ki, umrungg‘a aylab duo jon bila.
Yeshitgan malakson sifoting sening,
Duo birla istab hayoting sening.
Falak himmating avji ollinda past,
Falak ahli xuddomingga zerdast.
Qo‘lung himmat avjida chun ochilib,
Nujum ul diramkim, quyi sochilib.
Yeshik xayli oni qabul etmayin
Ki, jam’ aylamakka nuzul etmayin.
Diram yo‘qki, bahri kafing dur sochib,
Sahob, o‘ylakim yerga mo‘ldur sochib.
Bu yanglig‘ yog‘inlar bila ul sahob,
Berib charx bo‘stonig‘a obu tob.
Tun ul bo‘ston ichra sunbul kibi,
Vale kun ochilg‘on sarig‘ gul kibi.
Yoyib sunbuli mushk isin dahr aro
Ki, davron shabistonin aylab qaro.
Chu sorig‘ gulin charx bog‘i ochib,
Tabaq birla oalmg‘a oltun sochib.
Aningdekki bo‘lg‘onda ul zarfishon,
Yetib borcha olamg‘a andin nishon.
Alo, to quyosh zarfishon o‘lg‘usi,
Sahob ilgi gavharfishon o‘lg‘usi.
Qadah – bazmi ayshing aro zarnigor,
Javohir qilib oni gavharnigor.
To‘lub ul qadah la’li raxshon bila,
Ne raxshanda la’l, obi hayvon bila.
Sen ichmakka aylab anga iltifot,
Damo-damki bo‘lsun mumiddi hayot.
Ketur soqiy, ul mayki raxshandadur,
Aning nash’asi fayz baxshandadur.
Ko‘ngul maskanin lavnidin gulshan et,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |