Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
48
Har el bir sifatqa bo‘lub muttasif.
Jahon ichra g‘avg‘oyi xayli bashar,
Nizo’ uzra solg‘ay base sho‘ru shar.
Agar bo‘lsa ba’zig‘a ogohlig‘,
Bo‘lub lek ko‘prakka gumrohlig‘.
Solurg‘a zalolat tuniga ziyo,
Alar ichra irsol etib anbiyo.
Keraklik uchun zabtu oyin dog‘i,
Qilib nasb alarg‘a salotin dog‘i.
Vale
anbiyo ichra andoqki, shoh
Muhammad kelib, o‘zga – xaylu sipoh.
Aning ummatidin salotinda ham,
Birov keldi shoh, o‘zga bori xidam.
Qayu shohkim, dovari taxtgir,
Ne dovar, shahanshohi gardunsarir.
Bori shohlarning sarafrozi ul,
Shahi shar’oyin Abulg‘ozi ul.
Vujudidin
ofoq aro zebu zayn,
Ulus xon bin xoni Sulton Husayn
3
.
Otig‘a qazo: «doma ihsonahu»,
Yozib «xalladallohu sultonahu»
4
.
Jahon xalqidin poki zoti g‘araz,
Bu javhar kelib, ofarinish – araz.
Bu a’roz aro javhari zot anga,
Qilib pok gavharlik isbot anga.
Jahon
durji ichra samin gavhar ul,
Sipehr avji uzra munir axtar ul.
Bo‘lub qadri bog‘i falak olami,
Munir anjum ul bog‘ning shabnami.
Dema bog‘, farrux shabiston degil,
Bu shabnam bila kavkabiston degil.
Ne kavkab, ani jolai nob de,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: