M harfiga oid izohli lug`atlar



Yüklə 21,08 Kb.
tarix25.08.2023
ölçüsü21,08 Kb.
#140570
M


M - harfiga oid izohli lug`atlar 

  • 2

  • 3

  • 4

  • 5

Mavj (to`lqin) - suv yuza qismining havo bosimining o`zgarishi, shamol, yer qimirlashi, suv qalqishi natijasida ro`y beradigan tebranma haarakati. Mavj suv yuzasida ketma-ket keladigan marza va ular orasidagi botiqlardan iborat. Mavjning eng past qismi mavj etagi, eng baland qismi mavj yo`li yoki qirrasi, eng baland qismi bilan eng past qismi orasidagi tik balandlik mavj balandligi, bir yo`li bilan ikkinchi yo`li yoki bir etagi bilan ikkinchi etagi orasi­dagi masofa mavj uzunligi deyila­di. Mavj ma’lum vaqt mobaynida (masalan, bir soniyada) o`tgan maso­fa mavj tezligi deyiladi. Mavj ba­landligi okeanlarda 15 m ga, dengiz zilzilasi vaqtida 50 m gacha yetishi mumkin. Mavj uzunligi 250 m gacha boradi.
Mavze- joy. Shaharning ay­rim nomlar bilan yuritiladigan qismlari. Masalan, Ko`kcha mavzei, Bo`rjar mavzei.
Mavsum- 1) fasl, yil fasli. Mavsum iqlimi, astronomic, fenologik belgilariga qarab ajratiladi. Iqlimiy yoki sinoptik mavsum astronomik faysllarga to`g`ri kelmaydi. O`rta mintaqada, jumladan, O`zbekistonda to`rtta mavsum - bahor, yoz, kuz, qish ajratiladi 2) biror ish bajariladigan davr. Masalan, chigit ekish mavsumi, baliq ovlash mavsumi, paxta terish (o`rim-yig`im) mavsumi.
Mavsumiy shamollar - fasldan faslga o`z yo`nalishini o`zgartiradigan shamollar. Quruqlikning yilning issiq faslida tez isib, havo bosimining keskin kamayishi va ayni paytda okeanlar­da salqinroq bo`lib, havo bosi­mining kattaligi natijasida quruqlik bilan okean o`rtasida esib turadi. Qishda quruqlikdan okeanga, yozda okeandan quruqlikka tomon esadi. Mavsumiy shamollar hukmron o`lkalarda (Sharqiy, Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Avstraliya va h.k.) qishning qurg`oqchil, yozning sernam kelishiga sabab bo`ladi.
Magistral (lotincha magistralis - asosiy) - 1) asosiy yo`nalish, yo`llardagi asosiy liniya (temir yo`l magistrali, suv magistra­li); 2) katta shaharlardagi serqatnov keng ko`cha; 3) elektr tarmog`i, telegraf va telefon aloqadagi asosiy kabel sim; 4) kana­lizatsiya, vodoprovod yoki gaz tarmog`idagi asosiy quvur; 5) sug`orish tarmog`ida suv havzasi, daryo, kanaldan sug`oriladigan yerlarga suv oqadigan asosiy taqsimlash kanali.
Magma (yunoncha magma - quyuq moy) -yer qa’rida murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar nati­jasida hosil bo`lgan olovsimon suyuq modda. Magma yer qa’ridan ko`tarilayotganda tarkibiy qismlarga ajralib qavatlanib tarkibidagi uchuvchan moddalar yo`qoladi, natijada turli tarkibli intru­ziv, effuziv va tomir jinslar hosil bo`ladi. Magma – yer qa`rida murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo`lgan olovsimon suyuq modda.
Magmatik tog` jinslari - magmaning sovishi va kristallanishidan hosil bo`lgan tog` jins­lari. Sovish sharoitiga qarab megmatik tog` jinslari ikkiga bo`linadi. Effu­ziv jinslar - lavaning yer yuzasida sovishidan, intruziv jinslar - magmaning yer po`stida sovishidan hosil bo`lgan magmatik tog` jinslari. Intruziv jinslar juda sekin sovib, to`la kristallanadi. Effuziv jinslar tez sovishi na­tijasida shishasimon tuzilishga ega bo`ladi.
Magnezit (Bolqon yarim orolidagi Magneziya o`lkasi nomidan) - magniy, uglerod va kisloroddan tarkib topgan oq yoki kul rang mineral. O`tga chidamli g`isht, sement tayyorlashda, qog`oz, qand ishlab chiqarishda ishlatiladi. Uralda, Sharqiy Si­bir, Uzoq Sharqda, Xitoy, Avstriya va Kanadada konlari bor.
Magnetit- temirning keng tarqalgan minerali. Temir rudasining eng muhim minerallaridan biri.
Magnit anomaliyasi – ko`p miqdorda temir rudasi bo`lgan yerlarda yer yuzasining biron qismida magnit og`ishining keskin o`zgarishi. Kursk magnit anomaliyasi ayniq­sa mashhur.
Magmatizm– magmani suyulib, yuzaga chiqib boshqa tog` jinslari bilan aralashuvi va qotishi.
Magnit anamaliyasi – yer magnit maydonining o`zgarishi.
Magnit kompas – magnit meridian bo`yicha yo`nalishni aniqlashda ishlatiladigan asbob. Yer magnit qutblariga nisbatan yo`nalishini aniqlaydi.
Magnit meridian – yer magnit maydonining kuch chiziqlari bo`ylab yo`nalgan to`g`ri chiziq.
Magnit ekvator – yer sirtiga o`tkaziladigan shartli chiziq. Yer magnit yarim sharini teng ikkiga bo`ladi.
Magnitograf– yer magnit maydoni o`zgarishlarini uzluksiz qayd etib boruvchi asbob.
Magellan bulutlar – Quyosh o`z ichiga oluvchi yulduzlar sistemasiga yaqin joylashgan ikki yulduz majmuasi.
Mador- tropik atamasining eskirgan nomi; Masalan, madori saraton - saraton tropiki, madori jad - jadi, tropigi, mador o`rmoni - tropik o`rmon.
Maydon- ochiq, tekis joy, dala yer. O`rmon orasidagi daraxtsiz sayhon yer, tog`lardagi te­kis joylar, shaharlarda ma’lum maqsadda (bozor, yig`ilish, ko`rgazma joyi) ajratilgan yalang yer. Joy nomlari tarkibida ham uchraydi: Maydontol, Maydon qishlog`i.
Makvis, makkiya - qattiq bargli, tikanli doim yashil bo`ta va daraxtchalardan iborat chakalakzorlar. Makvis, ko`pincha, O`rta den­giz mamlakatlari tog`larining O`rta qismlariga (700 m gacha) xos, o`tib bo`lmas bo`tazorlar hosil qiladi. Makvis tagida bir yillik o`t­lar o`sadi. Ko`pchilik o`simliklar tarkibida o`tkir hidli efir moylari bor.
Makon- joy. Biror tur hayvon yashaydigan, o`simlik o`sadigan joy. Bioxor, biotsenoz atamalariga yaqin keladi. Masalan, tungiz makoni – to`qay, sherlar makoni - changalzor.
Yüklə 21,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin