Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
42
Qulog‘im bu holat aro bir xurush –
Yeshittiki, der erdi farrux surush
Ki: «Yey bulbuli zori alhonsaro,
Vale so‘z riyozida dostonsaro.
Navo
ichra ming lahnsozing qani,
Dasotini xotirnavozing qanig‘
Sanga oncha Haq lutfi voqe’durur
Ki, to turk alfozi shoe’durur.
Bu til birla to nazm erur xalq ishi,
Yaqin qilmamish xalq sendek kishi.
Sanga turk aqolimin aylab raqam,
Azalda nasib aylamish yakqalam.
Nasib
etti aylab seni marzbon,
Sinoni qalam birla tig‘i zabon.
Ki, bu mulk aro qahramon bo‘lg‘asen,
Ulus ichra sohibqiron bo‘lg‘asen.
Bu yo‘l qat’idin toymog‘ing ne edig‘
Ko‘rub «Xamsa» sustoymog‘ing ne edig‘
Qayu ishki, bo‘lmish muyassar sanga,
Bo‘lurmu bu andesha bovar sangag‘
Ki Haq lutfi bo‘lmay bo‘lub erkin ul,
Ul ochmay yorub erkin ollingda yo‘lg‘
Ne ishgaki el sundung, ul
4
tutti el,
Muni ham alarning yana biri bil.
Agar ochmasa Haq hidoyat yo‘li,
Va gar tutmas o‘lsa inoyat qo‘li.
Kim, o‘lg‘ay
zaif odamizodi xas
Ki, ishta tavonolig‘ etgay havas.
Xususanki, sen barchadin pastsen,
Demay xaski, tufroqqa hamdastsen.
Ham eldin sanga ko‘prak afkandalik,
Havosingg‘a dog‘i parokandalik.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: