www.ziyouz.com
kutubxonasi
43
Ne ko‘nglungda quvvat, ne jismingda zo‘r,
Nechukkim, oyog‘ ostida qolsa mo‘r.
Bosilg‘ochki yanchilsa mo‘ri zaif,
Ne ish qilg‘ali bo‘lg‘ay, oyo, harifg‘
Agarchi sen ul mo‘ri pajmurdasen
Ki, davron jafosidin ozurdasen.
Vale Haqdin o‘lsa inoyat sanga,
Tulu’ etsa mehri hidoyat sanga.
Necha mo‘r esang baxt o‘lub rahnamun,
Sanga ajdaholarni qilg‘ay zabun.
Ko‘nguldin tavahhumni aylab adam,
Ilik ishga ur, yo‘lg‘a qo‘yg‘il qadam!»
Chu hotif manga bu nido ayladi,
Men etgan adoni ado ayladi
5
.
Shukuh oncha yuzlandi jonim sari,
Tavon ham tani notavonim sari
Ki, bo‘ldi nazar nargisi bog‘cha,
Ko‘ngul g‘unchasin xud ne dey, tog‘cha.
Yetib g‘aybdin chun bu neru manga,
Bo‘lub so‘z demak mayli asru manga.
Qazodin ko‘rub garm hangomani,
Yo‘nub «Xamsa» tahririg‘a xomani.
Ko‘ngul ichra shavq o‘tig‘a ishtiol,
Ko‘ngulsizga nazm etgali ishtig‘ol.
Ne yanglig‘ki bor erdi qildim shuru’,
Nechukkim murod erdi topti vuku’.
Qalamni chu kog‘aznigor ayladim,
Ko‘p a’jubalar oshkor ayladim.
Ne g‘oyatki tab’im haroson edi,
Yuz oncha bitir vaqt oson edi.
Guhar ul qadar sochtim ofoq aro
Ki, javf o‘ldi gum bu kuhan toq aro.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
44
Davotimki, ochti do‘koni guhar,
Do‘koni guhar yo‘qki, koni guhar.
Hamonoki yur chog‘da losin aning,
Siloya qilurda qarosin aning.
Tomizg‘onda har qatrae su anga,
Su o‘rnida tomg‘ondur inju anga.
Qayu qatra suv, balki daryoyi jarf
Ki, qilmish anga Haq davotimni zarf.
Davot ermas ul o‘zga olam degil,
Ne olam, ani charxi a’zam degil!
Gar ul charxdin yo‘q nishone anga,
Nedur yuz jahoni maoni anga.
Bo‘lub kilkim andoq dilovar nahang
Ki, bahri maoniyda qilmay darang.
Qayonkim bu suvda tavof aylabon,
Suni jung yanglig‘ shikof aylabon.
Maalqissa: ayturda ul masnaviy,
Agarchi bor erdim alar payravi.
Vale der zamon qaysi bir daftarin,
Sochib bahri andeshaning gavharin.
Anga zebu ziynatlar ettim fuzun
Ki, vasfi erur sharh etardin uzun.
Kam afsona kilk etti tahrir anga
Ki, yo‘l topmamish xatti tag‘yir anga.
Chu Haqdin edi keldi poku silig‘,
Qayu yergakim bo‘ldi ortuqsilig‘.
Bu yanglig‘ yetib to‘rti itmomig‘a,
Biri yetmamish erdi anjomig‘a
6
.
Shuru’i dog‘i nopadidor o‘lub
Ki, tag‘yir vaz’ig‘a dushvor o‘lub.
Latoyif topilmas edi oncha ham,
Yana to‘rtiga lohiq o‘lg‘oncha ham.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |