Dahriylik
Dahriylik (arab, dahr — vaqt, taqdir, falak) — islom paydo boʻlmasdan ilgari arab jamiyatida
keng tarqalgan aqida. "Oʻlim", "takdir", "ajalning yetishi" maʼnolarini anglatgan bu aqidaga
koʻra, insonning taqdiri oldindan belgilab qoʻyilgan, u erkin iroda yoki ixtiyor egasi emas,
peshonasiga "yozilgan" narsa, albatta, sodir boʻladi va undan qutulishning iloji yoʻq. Johiliya
arablarida narigi dunyo borligiga, bu dunyoda zahmat chekkanga u Doʻnyoda ajr, gunoh ishlar
qilganlarga azob berilishiga ishonch yoʻq edi. Borliq egasi, oliy hokimi sifatida muayyan bir
xudo emas, qandaydir "dahr", taqdiri falak, inson irodasi bilan hisoblashmaydigan va undan
yuqori turadigan tasodifiy oʻzgarishlar jarayoni tasavvur qilinardi. Ularning eʼtiqodicha,
oʻlimdan soʻng hamma narsa tugaydi, shuning uchun bugungi kun bilan yashab qolish kerak.
Bunday hissiyot Qurʼonda quyidagi soʻzlar bilan ifodalangan: "Ular deydilar: faqat bitta — bu
dunyodagi hayotimiz bor — yashaymiz va oʻlamiz; bizni dahr (vaqt, takdir) xalok qiladi" (Josiya
surasi, 24-oyat). Keyinchalik, islom adabiyotida "dahriy" soʻzi "moʻʼmin" soʻzining aksi sifatida
ishlatila boshlandi. Oʻrta asrlarda bir qancha olim, mutafakkir va shoirlar (mas, Mansur Halloj)
D.da ayblanib, shafqatsiz jazolangan. Hozir ham musulmon dunyosida D. qoralanadi. D. va
ateizm atamalari bir maʼnoni anglatmasada, shoʻrolar davrida ularni sinonim soʻz sifatida
ishlatish rasm boʻlib qolgan edi.
Ahadjon Hasanov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Dahriyli
k&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 2 oy avval MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Dahriylik&oldid=2836617
"
dan olindi
Dostları ilə paylaş: |