Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
77
Ne maskan bo‘lub kecha bir bum anga
Ne kunduz yemak vajhi ma’lum anga. 
Kishi birla yo‘q mutlaqo ulfati, 
Bo‘lub xalq g‘avg‘osidin kulfati. 
Niyoz ahli chun qilsalar ixtilot, 
Qilur so‘zda zohir gahi inbisot. 
Nasoyih der elga bag‘oyat mufid 
Ki, olamdin elni qilur noumid. 
So‘z ichra bu taqrib tartib etar 
Ki, elni fano sori targ‘ib etar!» 
Skandar eshitgach dedikim: «Yurung, 
Ani qayda bo‘lsa, topib kelturung!» 
Ravon hukm ila har taraf surdilar, 
Topib shoh bazmig‘a yetkurdilar. 
Yalang erdi boshu, ayog‘i yalang, 
Yaqo chokidin ko‘ksi dog‘i yalang. 
Jahon shug‘li gardiga silkib etak, 
Tutub iki ilgiga iki so‘ngak. 
Skandar anga ehtirom ayladi
O‘z ollinda oliy maqom ayladi. 
Dedi: «Bu so‘ngaklardin afsona ayt, 
Ne so‘rsam, javobin aning yona ayt!» 
Dedi: «Go‘rlardin qilurda guzar, 
Necha bu so‘ngaklarga soldim nazar. 
Zamirimg‘a lekin nihon qoldi bu 
Ki, shahning qayudur, gadoning qayug‘ 
Chu o‘lganda birdur bu iki mato’, 
Tiriklikda nevchun qilurlar nizo’g‘» 
Kelib bu kalomi Skandarga xush
Dedi: «K-ey zabonovari borkash, 
Seni toptim asru biyik nuktalik, 
Agar bor esa himmating ham biyik. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
78
Seni kishvaringda qilay arjumand
Berib shohlig‘, poyang aylay baland». 
Dedi: «Himmat o‘lmish manga hamnishast, 
Sen istardek ermas, vale asru past 
Ki, tark aylabon faqr sarmoyasin
Pisand etgamen shohlig‘ poyasin. 
Yemas rub’i maskunga rag‘bat manga, 
Tilar to‘rt sarmoya himmat manga: 
Biri andin o‘ldi hayoti abad 
Ki, yo‘qtur aning intihosig‘a had. 
Yana bir: yigitlikki topmay xalal, 
Qariliq bila bo‘lmag‘ay ul badal. 
Yana bir: g‘inoyi muabbaddurur 
Ki, ollinda iflosqa raddurur. 
Yana: shodlig‘kim, yo‘q oning g‘ami, 
Adam bo‘lg‘ay ul surning motami». 
Skandarni hayrat zabun aylabon
Dedi, bosh uyotdin nigun aylabon 
Ki: «Yey farruxoyinu farxundaroy, 
Bu uqdangdin ul bo‘ldi mushkilkushoy 
Ki, bu dayr aro topsang ogohliq
Sanga faqr berdi, manga shohliq. 
Agarchi meni ayladi arjumand, 
Sanga berdi himmatni mendin baland». 
Gadoyeki bo‘lg‘ay biyik himmati: 
Anga past erur shohlig‘ rif’ati. 
Chu himmat baland o‘ldi ersa faqir, 
Ko‘ziga erur asr shohi haqir. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin