Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
83
Sanga garchi jonbaxsh keldi kalom, 
Yaqin erdikim aylagay qatli om
5

Senu saltanat tarki – so‘zmu bo‘lur, 
Badilingni ko‘rguchi – ko‘zmu bo‘lurg‘ 
Bugun olam ichra sen ul shohsen 
Ki, aflok sirridin ogohsen. 
Jahon ichra sen bilmagan yo‘q ulum, 
Bilur olam ahli, nekim ahli Rum. 
Falak sham’i royi muniring sening, 
Maloyik charog‘i zamiring sening. 
Jahon ko‘rmagan sen kibi xusrave, 
Quyoshtal’ate, Mushtariy6 partave. 
Qilib adl royingdin andoq zuhur 
Ki, gul birla xurshiddin atru nur. 
Vujudingda pinhon xiradyorlig‘, 
Jamolingda paydo jahondorlig‘. 
Bu himmatki zoting aro bordur, 
Sanga Rum sultonlig‘i ordur. 
Bilurbizki bu mulk erur kam sanga, 
Umid ulki, tushgay jahon ham sanga. 
Falak sayridin oshkoru nihon 
Ki, hukme yozilmish: seningdur jahon. 
Yana kimsa farmonravo qilmag‘il, 
Jahon ahlini benavo qilmag‘il. 
Agar sen bu ishni qabul etmagung, 
Bu mulk ahli faryodig‘a yetmagung. 
Qo‘yub mulki mavrusinga yonani, 
Ravo ko‘rsang uy ichra begonani. 
Qila olmayin bu balo ixtiyor, 
Borimiz qilurbiz jalo ixtiyor! 
Chu tushsak gadoliqqa har mulk aro, 
Xudo so‘rg‘usi sendin ul mojaro». 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
84
Bu so‘z deb ulus bo‘ldilar ashkrez, 
Bosh aylab yalang, chektilar rustaxez. 
Skandarki mundoq alomat ko‘rub, 
Alomat demaykim, qiyomat ko‘rub. 
Pushaymon bo‘lub degan aqvolig‘a, 
Buzuldi base ko‘ngli el holig‘a. 
Solib ul sifat sidq oyin sifot, 
Degandin aning ko‘ngli ichra uyot. 
Ham atboining yaxshi niyatlari, 
Yana ham atosi vasiyatlari 
Ayon etti bir nav’ ta’sir anga 
Ki, bermak mahol erdi tag‘yir anga. 
Bo‘lub xotiri haddin ortuq malul, 
Ulus iltimosini qildi qabul. 
Rizo zohir etgach, shahi navjuvon, 
Arastuyi7 farzona qo‘pti ravon. 
Olib tojni aylabon arjumand, 
Aning boshidin ayladi sarbaland. 
Ravon tutti aytib sano, bir qo‘lin, 
Balinosi8 dono yano bir qo‘lin. 
Iki ganji hikmat ani yo‘ldabon, 
Chiqordilar avrang uza qo‘ldabon. 
Topib maqdamidin biyik poya taxt, 
Quyosh boshi uzra solib soya baxt. 
Arastu bila o‘q, Balinos edi 
Ki, bu Xizr edi, ul bir Ilyos
9
edi. 
Xaloyiqqa yuzlandi bir inbisot 
Ki, o‘lturgali yetti mufrit nishot. 
Nisor ul qadar sochti yaxshi-yamon 
Ki, qildi nujum arzni osmon. 
Adadsiz surur ahlig‘a bo‘ldi sur, 
Aningdekki sur ahli qildi surur. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin