Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
82
Kim, ul yog‘durub abri ehsonini,
Yeramdek qilib mulk bo‘stonini.
Adu xaylin oshuftahol aylasun,
Sanam zulfidek poymol aylasun.
Necha shu’lai
fitna yoqsa aduv,
Qilich selidin ursun ul o‘tqa suv.
Raiyatqa qilsa qalamzan sitam,
Qalamzanning ilgini qilsun qalam
3
.
Musofir yo‘li rishtasin uzmasun,
Qaroqchi qarosini ko‘rguzmasun.
Qilib zabt ila mahkam o‘g‘ri yo‘lin,
Ulus molidin qisqa qilsun qo‘lin.
Adam aylasun zulm ta’limini,
«Lam»i jahd etib «lom» ila «mim»ini
4
.
Adolat
qilurning topib holatin,
Fuzun qilsun elga aduv olatin.
Nekim Haq buyurmish, bo‘lub payravi,
Haq aytur ulus ilgin etsun qaviy.
Berib zulmgustarga farsudaliq,
Raiyatqa yetkursun osudaliq».
Tugatgach so‘zin shohi ravshanzamir,
Ulus chektilar
har tarafdin nafir
«Ki, ey xusravi odili dodgar,
Nega aylading bizni faryodgarg‘
Yetar chog‘da adlingdin elga navo,
Bu yanglig‘ nedin zulm ko‘rdung ravog‘
Ne so‘zlar edikim bayon aylading
Ki, bu xalq bag‘rini qon aylading.
Bu so‘zlar deguncha, oqiz qonimiz
Ki, bo‘lsun yo‘lungda fido jonimiz!
Sen o‘lg‘uncha
bu el boshidin yiroq,
Yiroq bo‘lsalar jonidin yaxshiroq.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: